К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARNI MILLIY QADRIYAT VA AN’ANALAR ASOSIDA TARBIYALASHDA OILA VA TA’LIM MUASSASASINING HAMKORLIGI

Ismoilova Masturaxon Axmadaliyevna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article is about the importance of raising children on the basis of national values and traditions and forming their relationships, the further development of our national values in our spiritual and educational work, the eternal interdependence of family and values, the organization of cooperation between families and educational institutions in these processes, and the positive level of family attitude towards children. Keywords: education, upbringing, culture, continuing education, development, principles, tasks, priorities, values, traditions, customs. Mustaqil va barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy ta'lim-tarbiya o'chog'i bu oila va ta’lim muassasasidir.Jamiyatimizda bola tarbiyasi g’oyat nozik va murakkab hisoblanadi. Tarbiyaning òzi murakkab jarayon hisoblanadi. Tarbiya-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga,ularning ongini,ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon. Ta’lim-tarbiya masalasi oila hamda ta’lim muassasasi hamkorligida olib boriladigan mas’uliyatli vazifadir. Ta’lim muassasalari va olia o’zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi ayniqsa barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur. Oila va oilaviy qadriyatlar har bir inson hayotining asosi hisoblanadi. Aynan oilada shaxsiy rivojlanish boshlanadi, chunki qadriyatlar yaxlit tabiatning uyg‘un rivojlanishi uchun zarur ko‘nikmalarni singdira boshlaydi. Oila va qadriyatlar abadiy bir-biri bilan chambarchas bog‘langan va alohida mavjud emas. Agar oila yo‘q bo‘lsa, unda oilaviy yo‘nalish bexosdan o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. 148 Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini shakllantirish va o‘zaro munosabatga tayyorlash imkoniyatlarini keltirgan holda tadqiqot mavzusining dolzarbligini quyidagicha tavsiflaymiz: – Oilada bolalarni milliy qadriyatlar, fazilatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini shakllantirishda ularning individual, pedagogik-psixologik va xususiyatlarining ijobiy tomonlari hozirgi kunga kelib inobatga olinmayotgani; – Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini maqsadli shakllantirishda zamonaviy tendensiyalari tizimlashtirilmagani; – Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlari jarayonida optimal sharoitlar yuzaga keltirmayotgani; – Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini shakllantirishgayo‘naltirilgan samarali metod, shakl hamda vositalar, strategiya va texnologiyalar aniqlanib, amaliyotga joriy etilmagani; Ushbu muammolarni bartaraf etish dolzarb masala. Chunki oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini faolligi uchun sharoit yaratish;  ota-ona bolalarining qobiliyatlarini aniqlash va shakllantirish;  xulq–atvorini milliy rivojlantirish va boshqa faoliyat turlarining doimiy aloqadorligi uchun sharoit yaratish;  bolalarni ma’naviy tarbiyalash, atrof-olam bilan tanishtirish, emotsional olamini boyitish, ijodga e’tibor va qiziqish uyg‘otish;  kommunikativ munosabatlarni rivojlantirish, o‘zgalarni tinglay olish va o‘zaro fikr- mulohazalarni inobatga olgan holda ishlash malakalarini shakllantirish;  xalqimizning boy madaniy-ma’naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo‘lish hamda ularni qadrlashga o‘rgatish;  bolalarni teatr-kino madaniyatiga oshno qilish kabi ko‘nikma va malakalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini o‘zlashtirishlari ularning milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini muvaffaqiyatli olib borishlari uchun muhim sanaladi. Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, harakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi. Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga hos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi. Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir. 149 Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho be

Доказательный фрагмент

«This article is about the importance of raising children on the basis of national values and traditions and forming their relationships, the further development of our national values in our spiritual and educational…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about the importance of raising children on the basis of national values and traditions and forming their relationships, the further development of our national values in our spiritual and educational… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, upbringing, culture, continuing education, development, principles, tarbiya, ustivor yo‘nalishlar, madaniayt, urf-odat., rivojlanish, ta’lim, tamoyillar, an’ana, uzluksiz ta’lim, vazifalar, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники