Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NAFOSAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI · Turabboyeva Omadxon Olimjon qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
this article provides information about the importance of shaping, developing and using methods and tools in the educational processes of primary school students, specifically in the case of education of elegance. Keywords: primary education, education, education of elegance, culture, continuing education, development, principles, tasks and priorities. Ta’lim maskanlari bola uchun faqatgina ta’lim beribgina qolmay, balki tarbiya jarayonida xam faol ishtirok etuvchi obektlardan xisoblanadi. Umumta’lim maktablari esa bolada tarbiyaviy jarayonlarni shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Nafosat tarbiyasi - bu bolaning umumiy ta'limida nihoyatda muhim pozitsiyadir. So'nggi paytlarda ushbu muammoga qiziqish ortadi. Estetik tarbiya nazariyasi va amaliyoti har tomonlama rivojlangan, ma'naviy jihatdan boy shaxs uchun axloqiy tarbiyaning muhim manbalaridan biridir. Tanlangan mavzuning ahamiyati shundan iboratki, kelajakdagi dunyoqarashning kamoloti uchun estetik qarashlarni shakllantirish zarur. Ularsiz u voqelikni to'liq qamrab olishga qodir bo'lmaydi. Ko'plab tarbiyachilar, madaniyat arboblari maktabgacha yoshda shaxsiyat va estetik madaniyatni shakllantirish zarurdir. Chunki bu eng maqbulidir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga nafosat tarbiyasini o’rgatishning maqsadi va vazifalari juda ko’p qirrali pedagogik hamda psixologik jarayon hisoblanadi. Nafosat tarbiyasi maqsadi bir necha yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. Ularni shartli ravishda quyidagicha tasavvur etishimiz mumkin bo’ladi: -bolalarning nafosat tarbiyasiga moyilligi darajasini aniqlash; -bolalarning nafosat tarbiyasi bo’yicha bilimlari va ko’nikmalari darajasini aniqlash; -bolalarning nafosat tarbiyasi bo’yicha bajariladigan ishlarning yo’nalishlari va vazifalarini aniqlash; -bolalarda nafosat tarbiyasining to’g’ri shakllanishiga erishish. 151 Maktab yoshidagi, ayniqsa boshlangʻich sinf oʻquvchilariga nafosat tarbiyasi berishning vazifalari quyidagilardan iboratdir: -nafosatning his — tuyg’usini shakllantirish; -estetik fikr — mulohazani shakllantirish; -estetik didni to’g’ri tarbiyalash; -bolalarning ijodiy kobiliyatlarini rivojlantirish; -go’zallikni sevishga bo’lgan hayotiy ehtiyojini o’stirib borish. Bolalar go’zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo’lganliklari uchun hayajonlanish, qayg’urish, darg’azab bo’lish, quvonish, zavqlanish kabi his — tuyg’ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go’zal hodisani idrok qilganidan zavq — shavqqa to’ladi. Bolalarda kuzatish madaniyatini tarbiyalash ularning go’zallikka bo’lgan intilishlarini o’stirish uchun juda muhim. Ko’p hollarda bollar biror narsaga qarab turadilar—u, uning o’zini ko’rmaydilar, quloq soladilar—u, eshitmaydilar. Shuning uchun ularga tabiatda, o’rmonda tog’lar va cho’llarda turli tovushlarni farq qilishni o’rgatish lozim. Nafosat haqidagi tushunchalarni o’zlashtirib olish, ajaoyib san’at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o’z fikr — mulohazalarini to’g’ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. Nafosat tarbiyasi barcha yoshdagi kishilarga bab-baravar zarur. Ammo butun tarbiya tizimida, amalda isbotlanganidek, nafosat tarbiyasini singdirishni insonning bolalik davridan boshlash nihoyatda muhim, u davr inson hayotida fe’l-atvor, irodaning, did, go‘zallik tuyg‘usi va hayotiy tushunchaning paydo bo‘lishi va shakllanishi davridir. Bolalikda aql-farosat, axloqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda chiroyli, nafis, go‘zal narsalardan zavq ola bilishni, go‘zallikni dag‘allikdan, qo‘pollikdan tez ajrata olish qobiliyatini tarbiyalashimiz kerak. Go‘zallikni xunuklikdan ajrata olish, go‘zallikni sevish, unga intilish qobiliyati soddalikdan murakkablikka qarab o‘sib boradi. Bola to‘rt-besh yoshidayoq kiyinishdagi go‘zallikka, ixchamlikka, nafislikka, chiroylilikka e’tibor bera boshlaydi, to‘qqiz-o‘n yoshlarda esa yurish-turishdagi, xatti-harakatdagi go‘zallikning ham fahmiga yetadigan bo‘ladi, o‘n to‘rt-o‘n besh yoshlarda mehnatdagi, ijtimoiy hayotdagi go‘zallikni ham anglash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Lekin bu gap besh yoshli bolalarga ijtimoiy hayotdagi go‘zallik haqida tushunchalar berishning hojati yo‘q degan fikrni bildirmaydi. Yosh bolalarga ham mehnat haqida, hayot haqida gapirib berish mumkin, ammo bu suhbatlar nihoyatda sodda ixcham va bola hurmat qiladigan biror kimsaning ishlari misolida olib borilsa, ayni muddao bo‘ladi. Nozik didni, go‘zallik tuyg‘usini shakllantirishda go‘zal muhitning roli katta. Biz chiroyli muhit deganda bolaga chiroyli ko‘ringan, uning qalbida zavq-shavq uyg‘otadigan narsalar, buyumlar, voqealar, hodisalarni tushunamiz. Bunda oila vabog’chalar asosiy rol o‘ynaydi. Oilada bolani tozalikka, tartiblilikka, go‘zallikni sevishga o‘rgatish kerak. Buning uchun, avvalo, uydagi barcha buyumlar did bilan tanlab, joylashtirilgan, toza, saranjom-sarishta bo‘lgani ma’qul.Chunki bolaga ikki xil narsa ko‘proq ta’sir qiladi. Birinchisi bolaning ko‘zig
Доказательный фрагмент
«this article provides information about the importance of shaping, developing and using methods and tools in the educational processes of primary school students, specifically in the case of education of elegance.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article provides information about the importance of shaping, developing and using methods and tools in the educational processes of primary school students, specifically in the case of education of elegance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, education, education of elegance, culture, continuing, tarbiya, madaniayt, rivojlanish, boshlangʻich ta’lim, nafosat tarbiyasi, tamoyillar, vazifalar va ustivor yo‘nalishlar., uzluksiz ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025