К содержанию
РецензированоUZ2026

BADIIY ASARDAGI FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASI MUOMMOLARI TADQIQI

Shirin Alisherovna Xamrabayeva

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada badiiy asarlarda uchraydigan frazeologik birikmalarni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil etilgan. Muallif frazeologizmlarning milliy madaniyat va mentalitet bilan chambarchas bog‘liqligini, ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish natijasida ma’no buzilishi mumkinligini asoslab beradi. Maqolada frazeologik birliklarning turli tarjima usullari, xususan, ekvivalent, analog va tavsifiy tarjima metodlari misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, tarjimonning lingvokulturologik bilimlari va ijodiy yondashuvi bu jarayonda katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: frazeologizm, tarjima muammosi, badiiy asar, ekvivalent tarjima, lingvokulturologiya, milliy rang, mentalitet, kontekstual moslik. Kirish qismi: Zamonaviy tarjimashunoslikda badiiy asarlarni tarjima qilish jarayoni nafaqat til, balki madaniyatlararo muloqot va anglash jarayoni sifatida ham talqin etiladi. Ayniqsa, badiiy matnda qo‘llaniladigan frazeologik birliklar tarjimasi bu jarayonning eng murakkab va nozik jihatlaridan biri hisoblanadi. Frazeologizmlar har bir xalqning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi va madaniyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tilda barqaror shakllangan ifodalardir. Ular tilda obrazlilik, ta’sirchanlik, milliy kolorit va emotsional ifoda vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan, ularni boshqa tilga to‘g‘ri va lo‘nda tarjima qilish tarjimon oldiga ko‘plab tilshunoslik va madaniyatshunoslikka oid masalalarni qo‘yadi. Frazeologik birliklarni tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolar ko‘pincha ularning bevosita ekvivalentining boshqa tilda mavjud emasligi, kontekstda boshqa ma’no kasb etishi yoki milliy an’ana va urf-odatlarga xos bo‘lgan mazmunni ifodalashi bilan bog‘liq. Bunday hollarda tarjimon so‘zma-so‘z tarjima usulidan voz kechib, frazeologik ekvivalent, funksional analog yoki tavsifiy tarjima kabi usullarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Bu esa tarjimonning faqatgina til bilimiga emas, balki manba va maqsad til madaniyatini chuqur anglashi, badiiy tafakkuri va ijodiy yondashuviga tayanadi. Ushbu maqolada aynan shu masalaga e’tibor qaratilib, badiiy asarlar tarjimasida frazeologizmlarni to‘g‘ri anglash va adekvat tarjima qilish yo‘llari, mavjud usullar, ularning samaradorligi hamda yuzaga keladigan muammolar xolis tahlil qilinadi. Tahlillar chog‘ida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlar misolida amaliy materiallar asosida fikr yuritiladi. Maqolaning maqsadi - frazeologizmlarni tarjima qilishdagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularning yechimiga oid takliflar berish hamda tarjimashunoslikda frazeologik birliklar tadqiqining nazariy va amaliy ahamiyatini yoritishdan iborat. Asosiy qism: Frazeologik birliklar – bu semantik jihatdan yaxlit bo‘lgan, lekin grammatik va leksik jihatdan murakkab iboralardir. Ular ko‘pincha bevosita lug‘aviy ma’noni emas, balki ko‘chma, konnotativ ma’no ifodalaydi. Har bir xalq o‘z tarixiy taraqqiyoti, ijtimoiy- madaniy hayoti davomida o‘ziga xos obraz va timsollar orqali turli holat, hissiyot va munosabatlarni ifodalovchi frazeologik ifodalarni shakllantiradi. Shu bois, frazeologizmlar xalqning mentaliteti, tafakkuri, qadriyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni tarjima qilishda madaniy kontekstni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy tarjimada frazeologik birliklar tarjimasi quyidagi asosiy muammolarni keltirib 100 chiqaradi: Ko‘plab frazeologizmlarning boshqa tilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalenti mavjud emas. Masalan, o‘zbek tilidagi "qulog‘iga qum solmoq" iborasini ingliz yoki rus tiliga aynan tarjima qilib bo‘lmaydi. Frazeologizmlar milliy madaniyatga xos elementlarga asoslangani sababli, ularni begona til foydalanuvchisi tushunmasligi mumkin. Ayrim frazeologizmlar kontekstdan ajratilganda yoki noto‘g‘ri talqin qilinsa, asl ma’no buziladi. Frazeologizmlarni to‘g‘ri tarjima qilish tarjimonning nafaqat til bilimiga, balki madaniyatlararo kommunikativ salohiyatiga, ijodiy yondashuviga bog‘liq. Frazeologik birliklarni tarjima qilishda quyidagi usullar qo‘llaniladi: To‘liq ekvivalent orqali tarjima Bu usulda manba til frazeologizmining ma’no va shakl jihatidan mos keluvchi muqobili mavjud bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinadi. Masalan: "Ko‘z bilan ko‘z urishtirmoq" – to meet someone’s gaze Funksional analog (ma’nodosh ifoda) Shaklan farq qilsa-da, ma’nosi jihatidan mos keladigan frazeologik birikma orqali tarjima qilinadi. Masalan: "Boshingni qotirmang" – Don’t rack your brain Tavsifiy tarjima (deskriptiv) Frazeologik birlikning ma’nosi oddiy so‘zlar orqali izohlanadi. Masalan: "Yuziga qor yog‘di" – He felt deeply ashamed So‘zma-so‘z tarjima (literal translation) Ba'zida frazeologik birlik so‘zma-so‘z tarjima qilinsa ham o‘z ma’nosini saqlab qoladi, lekin bu usul juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi lozim. Masalan: "It turned a blind eye" – bu ingliz tilidagi ibora o‘zbekchaga “ko‘r qilgan” tarzida so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, ma’no buziladi. Quyida o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan badiiy matnlarda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada badiiy asarlarda uchraydigan frazeologik birikmalarni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada badiiy asarlarda uchraydigan frazeologik birikmalarni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy asar, mentalitet, ekvivalent tarjima, lingvokulturologiya, frazeologizm, tarjima muammosi, kontekstual moslik., milliy rang
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3