Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
QARINDOSHLIK KONSEPTINING LINGVOPRAGMATIK TASVIRI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI IFODA VOSITALARINING QIYOSIY TAHLILI
Uliqova Mavudakhon Sotvoldiyevna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘n-qarindoshlik” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qarindoshlik atamalarining har ikki tildagi ifoda usullari, ularning diskursdagi vazifalari, madaniy konnotatsiyalari hamda kommunikativ funktsiyalari o‘rganiladi. Maqolada til va madaniyat o‘zaro ta’siri doirasida milliy tafakkur, ijtimoiy rol va urf-odatlarning qarindoshlik atamalariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, diskurs va nutqiy kontekstda bu birliklarning semantik va stilistik imkoniyatlari qiyosiy asosda tahlil qilinib, ularning ijtimoiy-madaniy qatlamlardagi roli ko‘rsatilgan. Tahlillar orqali har bir xalq tilida qarindoshlik konsepti qanday pragmatik yuklama bilan namoyon bo‘lishi asoslantiriladi. Kalit so‘zlar: qarindoshlik konsepti, lingvopragmatika, diskurs, nutq akti, madaniy konnotatsiya, ijtimoiy rol, til va madaniyat, o‘zbek tili, ingliz tili, qarindoshlik terminlari. Bugungi kunda tilshunoslikda pragmatik va madaniy tadqiqotlar o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borilmoqda. Ayniqsa, nutq faoliyatining pragmatik yo‘nalishini o‘rganishda milliy madaniyat, urf-odatlar, diniy qadriyatlar va milliy tafakkur tarzining o‘rni beqiyos. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘n-qarindoshlik” konseptini ifodalovchi birliklarning lingvopragmatik tahlili amalga oshiriladi. Maqsad – ikki xalq tilidagi qarindoshlik atamalarining nutqdagi ishlatilish uslubi va u orqali madaniy qadriyatlarning qanday aks etishini aniqlashdir. Diskurs – bu nutqiy faoliyat jarayoni bo‘lib, u til vositalari orqali ijtimoiy-madaniy ma’nolarni uzatadi. Pragmalingvistika nuqtai nazaridan qaralganda, diskurs — bu nutqning ijtimoiy vazifasi, uning muallifi va auditoriyasi o‘rtasidagi munosabatlar tizimi, gapiruvchining niyatlarini amalga oshirish vositasidir. Shunday ekan, qarindoshlik atamalari ham tilshunoslikda shunchaki nominatsiya emas, balki milliy tafakkur, urf-odat va jamiyatdagi ijtimoiy rol taqsimotining ifodasidir. Masalan, ingliz tilidagi “cousin” atamasi genderga nisbatan neytral bo‘lsa, o‘zbek tilida “ammaqiv” yoki “xolavachcha” kabi aniqroq ijtimoiy pozitsiyani bildiruvchi terminlar mavjud. O‘zbek tilida qarindoshlik munosabatlari ijtimoiy iyerarxiyani ifodalovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Masalan, “kattakon akam”, “kichik singlim” kabi so‘zlar nafaqat yosh va jinsga, balki hurmat va ijtimoiy maqomga oid ma’lumotni ham beradi. Ingliz tilida esa “older brother” yoki “younger sister” kabi ifodalar mavjud bo‘lsa-da, ularning kommunikativ og‘irligi o‘zbek tilidagidek kuchli emas. Bizningcha, bu farq o‘zbek jamiyatining kollektivistik tuzilmasi va ijtimoiy rollarning aniq belgilanganligi bilan bog‘liq. Ingliz jamiyatida esa individualizm ustuvor bo‘lgani sababli, qarindoshlik nomlari ko‘proq biologik yaqinlikni bildiradi. Natijada, bu tillarda qarindoshlik atamalarining nutqiy konnotatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Pragmalingvistik jihatdan qarindoshlik atamalari faqatgina biologik yaqinlikni emas, balki ijtimoiy vazifalarni ham ifodalaydi. O‘zbek tilida “jiyan” yoki “amakivachcha” so‘zlari rasmiy, norasmiy, hatto kinoyaviy kontekstdagi funksional yuklamaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “jiyan, nima gaplar?” jumlasida bu so‘z tanish-bilishlik va samimiylik belgisi sifatida 108 ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida esa “nephew” yoki “niece” kabi so‘zlar ko‘proq aniq semantik chegaralarga ega bo‘lib, ularning stilistik imkoniyatlari chegaralangan. Shuningdek, biz fikrimizcha, ingliz tilidagi qarindoshlik atamalari rasmiy nutqda ko‘p hollarda huquqiy, hujjatli ma’lumotlarda qo‘llaniladi. O‘zbek tilida esa bu atamalar og‘zaki nutqda, oila ichidagi muloqotda, va hatto badiiy adabiyotda ham hissiy-emotsional ma’no qatlamlari bilan boyitilgan. Nutqiy kontekstga qarab qarindoshlik birliklari o‘z funktsiyasini o‘zgartiradi. Jumladan, o‘zbek tilida “opa” so‘zi do‘stona murojaat sifatida ishlatilishi mumkin, hatto biologik aloqa bo‘lmasa ham. Ingliz tilida esa “sister” bu kabi keng konnotatsiyaga ega emas. Bu holat o‘zbek tilidagi nutqiy birliklarning kommunikativ strategiyalar doirasidagi moslashuvchanligini ko‘rsatadi². O‘zbek tilida “oyim”, “dadam”, “amaki”, “buvi” kabi atamalar salomlashuv, xitob, minnatdorchilik, tanbeh, aralashuv kabi nutqiy aktlarda ishtirok etib, o‘ziga xos pragmatik funktsiyani bajaradi. Bu xususiyatlar tilning faqat nominativ emas, balki interaktiv xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘n-qarindoshlik atamalari nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik, psixolingvistika va pragmalingvistika doirasida ham turli yo‘nalishlarda izohlanadi. Bizningcha, bunday terminlar orqali har bir xalqning jamiyatdagi o‘zaro munosabatlar modeli, ijtimoiy rol va qadriyatlari o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, qarindoshlik terminlarining lingvopragmatik tahlili til vositalarining madaniy kontekstga qanday moslashishini ham ko‘rsatadi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘n-qarindoshlik” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘n-qarindoshlik” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qarindoshlik konsepti, diskurs, qarindoshlik terminlari., nutq akti, lingvopragmatika, madaniy konnotatsiya, o‘zbek tili, ijtimoiy rol, ingliz tili, til va madaniyat
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025