Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
NIZOMIDDIN XO’JAYEVNING JADIDCHILIK FAOLIYATIGA BIR NAZAR
Soibjonov Abbosbek
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1904
Аннотация
Mazkur maqolada Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik harakati doirasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Unda Xo’jayevning o‘z davrida milliy o‘zlikni anglash, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish va jamiyatni isloh qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoritib berilgan. Maqolada uning jadid maktablarini tashkil etish, matbuot va nashriyot ishlaridagi ishtiroki, shuningdek, Turkiston o‘lkasida madaniy-ma’rifiy uyg‘onish jarayonlaridagi o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda duch kelgan muammolar va to‘siqlar hamda uning bu boradagi barqaror pozitsiyasi ochib beriladi. Maqolada tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida Xo’jayev shaxsiyatining ijtimoiy-siyosiy faolligi baholanadi. Kalit so‘zlar: Nizomiddin Xo’jayev, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, Turkiston, jadid maktablari, matbuot, islohot. Nizomiddin Xo’jayev umrining dastlabki yillaridayoq Turkiston o‘lkasidagi jadid ma’rifatparvarlar harakatiga qo‘shilib, mamlakat taraqqiyoti uchun kurashga bel bog‘lagan edi. U XX asr boshlarida Turkistonni qamrab olgan jadidchilik – milliy uyg‘onish va islohotlar harakatining faollaridan biri edi. U mustamlaka zulmi ostidagi xalqni ma’rifatga chorlash, eskirgan tuzumni isloh qilish va millatni yangilash g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan edi. Jadidlar safiga mansubligi N.Xo’jayevga nafaqat siyosiy, balki madaniy-ma’rifiy yetakchilik xususiyatini ham bergan. U rus ishchilarining g‘oyaviy ta’siri ostida inqilobiy harakat a’zolari bilan yaqinlasha boshlagan. Mahalliy aholi vakillaridan birinchi bo‘lib aynan Nizomiddin Xo’jayev 1904 yildan boshlab RSDRP (Rossiya sotsial demokratik ishchilar partiyasi)ga a’zo bo‘lib kirgan1. 1914–1915 yillardagi Toshkentga qilgan ilk safarlari chog‘ida andijonlik jadid Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon Nizomiddin Xo’jayev (1868–1942) bilan tanishgan va bu uchrashuv ular o‘rtasida mustahkam do‘stlikka asos solgan. Nizomiddin Xo’jayev, har qancha inqilobchi ruhdagi rus ishchilari bilan yaqin aloqada bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi o‘z xalqini va yurtini Chor zulmidan ozod qilish bo‘lgan edi va aynan shu maqsadda u ham Cho‘lpon bilan g‘oyaviy jihatdan hamfikr edi. Bu uchrashuv ular o‘rtasida mustahkam do‘stlikka asos solgan. Nizomiddin Xo’jayev, har qancha inqilobchi ruhdagi rus ishchilari bilan yaqin aloqada bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi o‘z xalqini va yurtini Chor zulmidan ozod qilish bo‘lgan edi. U Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabi zamondoshlari bilan bir qatorda Turkiston xalqining milliy ongini shakllantirish jarayonida ishtirok etdi. Bu esa uning madaniy ahamiyatini belgilaydi – Xo’jayev xalqning fikrini, dunyoqarashini o‘zgartirishga xizmat qilgan ma’rifatparvarlardan biri edi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Nizomiddin Xo’jayev keyinchalik Sovet hokimiyatiga sadoqat bilan xizmat qilgan bo‘lsa-da, uning qalbida uzoq yillar davomida mustaqil Turkiston viloyati va mustaqil Turkiston bolsheviklar partiyasini tashkil etish g‘oyasi yashab kelgan. Uning shoir Cho‘lpon bilan yaqinlashuvi va ularning bir umrlik do‘stlikka aylanishiga sabab 1 Азиззода Л. Янги ҳаёт курашчилари. Тошкент: «Фан», 1977, Б.17. 110 faqatgina san’at va adabiyotga bo‘lgan mehr emas, balki eng avvalo shu umumiy milliy ozodlik g‘oyasi bo‘lgan. Nizomiddin Xo’jayev bolalik chog‘larida boshlang‘ich ta’lim bilangina kifoyalangan bo‘lsa-da, Turkistonda nashr etiladigan barcha mahalliy matbuotni muntazam o‘qib borar, badiiy va ayniqsa siyosiy adabiyotlarga alohida qiziqish bilan munosabatda bo‘lgan. U rus klassiklaridan Pushkin va Tolstoy asarlarini yoqtirar, «Iqbol» va «Maktab» kabi Bokudan keladigan gazetalar, shuningdek, «Mulla Nasriddin», «Xo‘pxo‘pnoma», «Fyuzot» jurnallari, hamda Orenburg, Qozon va Ufadan tarqatiladigan «Vakt», «Yulduz», «Turmush» gazetalari va «Sho‘ro» jurnali bilan tanishib borgan. Siyosiy adabiyotlarni esa rus tilida mutolaa qilgan. Yoshligidan rus tili va adabiyotini puxta o‘zlashtirish, xurofotchilikka qarshi kurashish, ilg‘or xalqlar, jumladan, rus madaniyatini o‘rganish, zamonaviy maktablar ochish kabi masalalar uni o‘ziga jalb etgan. 1912 yilda Turkiyada o‘qib kelgan Shohid Eson Musaev, Xolid Said, Vali Burxon kabi muallimlar hamda Orenburg, Qozon va Ufada tahsil olgan va Oktyabr inqilobidan oldin ijod qilib kelgan Mo‘minjon Muhammadjonov, Mirmuhsin Shermuhammadov singari o‘nlab jadid yoshlarning bilim olishida Nizomiddin muhim o‘rin tutgan. 1916 yilda tashkil etilgan «Maktab» va «Nashri maorif» jadidchilik shirkatlarining asoschilaridan biri ham Nizomiddin Xo’jayev edi. XX asr boshlarida Turkistonning yirik shaharlari – Toshkent, Qo‘qon, Andijon va Samarqanddagi ma’rifatparvar yoshlar 1909 yili Toshkentda «Jamiyati xayriyat» nomli jamiyat tashkil etgan edilar. Nizomiddin uning faol a’zolaridan biri bo‘lgan. 1914 yilda esa u A. Avloniy, F. Tohiriy va boshqalar bilan birga «Turon» jamiyatini tuzishda ishtirok etdi2. Nizomiddin Xo’jayevning bevosita boshchiligida 1914–1917 yillar davomida Turki
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik harakati doirasidagi faoliyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik harakati doirasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifatparvarlik, Turkiston, matbuot, milliy uyg‘onish, jadidchilik, islohot., Nizomiddin Xo’jayev, jadid maktablari
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025