Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
TA’LIM MUASSALARINI MUZYLAR BILAN HAMKORLIGI XORIJ TAJRIBASI MISOLIDA
Shodmonov Xakimjon
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 45 · 2026
Аннотация
This dissertation examines the role and significance of museums in shaping and enhancing the spiritual and aesthetic worldview of youth. It explores the theoretical and practical foundations of cultural and art institutions within the framework of the youth policy of the Republic of Uzbekistan. International experiences, particularly from Finland, Germany, South Korea, and China, regarding the integration of museums into the educational system are analyzed, highlighting their potential applicability in Uzbekistan. The research also investigates the collaboration between museums and educational institutions, and the contribution of interactive and digital technologies to aesthetic education. Keywords: Youth education, spiritual and aesthetic worldview, museums, exhibitions, educational system, international experience, interactive technologies, culture and arts, aesthetic education. Kirish. Globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi zamonda yoshlarning ma’naviy-estetik tarbiyasi dolzarb ijtimoiy-madaniy vazifalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Shu nuqtayi nazardan, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda, ularning estetik didini shakllantirishda muzeylarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama barkamol shaxslar sifatida voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Yangi O‘zbekiston — yangi ma’naviyat” tamoyili asosida madaniyat va san’at sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan, yoshlarni muzeylar orqali ma’naviy va estetik tarbiyalash masalasi ham markaziy o‘ringa chiqmoqda. Muzeylar bugungi kunda faqat tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlovchi muassasa sifatida emas, balki yoshlarni madaniy meros bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va estetik hissiyotlarini oshirishning samarali vositasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, zamonaviy interaktiv va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar, mahorat darslari va virtual ekskursiyalar 33 yoshlarning muzeylarga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshirmoqda. Mazkur dissertatsiya yoshlarni ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirishda muzeylarning tutgan o‘rni va ushbu jarayondagi samarali tajribalarni o‘rganishga, shuningdek, xalqaro tajribalar asosida O‘zbekistonda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan. Filandiyada ta’lim muassasalari bilan muzeylar o‘rtasidagi hamkorlik. XXI asrda ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri — yoshlarning ijtimoiy, madaniy va estetik dunyoqarashini kengaytirishdan iborat. Bu borada Filandiya tajribasi e’tiborga loyiqdir. Filandiyada muzeylar va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u yoshlarning tanqidiy fikrlashini, estetik didini va madaniy ongini shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Filandiya Ta’lim va Madaniyat vazirligi tomonidan 2007-yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Culture for All” (Barchaga madaniyat) dasturi doirasida ta’lim muassasalari bilan madaniyat institutlari, jumladan, muzeylar o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bu dastur doirasida maktab o‘quvchilari yiliga kamida ikki marta muzeylarga tashrif buyurishi majburiy etib belgilangan1. Muzey-pedagogika yondashuvida Filandiya ilg‘or tajribaga ega. Misol uchun, Helsinki shahridagi Ateneum san’at muzeyi va Kiasma zamonaviy san’at muzeyi ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda o‘quv rejalari bilan uyg‘unlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Ular nafaqat ekspozitsiyalarni tomosha qilishni, balki o‘quvchilar uchun interaktiv seminarlar, rassomlar bilan uchrashuvlar va ijodiy mashg‘ulotlar tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan2. Filandiyada “Learning Museum” (O‘quv muzeyi) modeli keng tarqalgan bo‘lib, bu yondashuvda muzeylar ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida qaraladi. Muzeylar darsliklardagi mavzularni jonli eksponatlar orqali boyitadi, shu orqali o‘quvchilarning mavzuga qiziqishi va tushunchasi ortadi. Masalan, tarix darslarida Fin urushlari haqidagi mavzularni Milliy tarixiy muzey eksponatlari orqali tushuntirish samaradorligi ancha yuqori baholanmoqda3. Yana bir muhim jihat shundaki, Filandiya maktablarida estetik tarbiya faqat musiqa yoki san’at darslaridagina emas, balki barcha fanlar bilan integratsiyalashgan holatda olib boriladi. Bu yondashuvda muzeylar o‘quvchilarning madaniy kompetensiyalarini shakllantirishda vosita sifatida xizmat qiladi. UNESCO tomonidan 2019-yilda tayyorlangan hisobotda ta’kidlanishicha, Filandiyada madaniyat muassasalari, xususan, muzeylar bilan hamkorlik yoshlarning o‘z fikrini erkin ifodalash, vizual savodxonlik va madaniy ko‘nikmalarini oshirishda yuqori natija bergan4. Ta’lim tizimining yuqori darajada muvofiqlashtirilganligi sababli, Filandiya muzeylari pedagoglar bilan birgalikda dars materiallarini ishlab chiqa
Доказательный фрагмент
«This dissertation examines the role and significance of museums in shaping and enhancing the spiritual and aesthetic worldview of youth.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis dissertation examines the role and significance of museums in shaping and enhancing the spiritual and aesthetic worldview of youth. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Youth education, spiritual and aesthetic worldview, museums, exhibitions, muzeylar, interaktiv texnologiyalar, Yoshlar tarbiyasi, xalqaro tajriba, ma’naviy-estetik dunyoqarash, ta’lim tizimi, estetik tarbiya., ko‘rgazmalar, madaniyat va san’at
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026