К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA NEFT-GAZ SOHASI TALABALARINING AMALIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Buriyev Akbar Yuldoshevich

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada neft-gaz sohasi talabalarining amaliy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtirishning dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy raqamli vositalarning o‘quv jarayoniga integratsiyasi va ularning kasbiy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, neft-gaz sohasi, amaliy tayyorgarlik, virtual laboratoriyalar, modellashtirish, sanoat simulyatsiyalari. Kirish. Bugungi kunda texnologik taraqqiyot va raqamli transformatsiya har bir sohada tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, global energiya manbalarini izlash, qazib olish va qayta ishlashda muhim o‘rin tutadigan neft-gaz sanoati raqamli innovatsiyalarning ilg‘or yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Neft-gaz sanoatidagi ishlab chiqarish jarayonlarining murakkabligi, xavfsizlik talablarining yuqoriligi va muhandislik kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablarning oshib borayotgani, sohaga oid kadrlar tayyorlash tizimida ham sifat jihatidan yangi yondashuvlarni taqozo qilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, raqamli texnologiyalar asosida talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish masalasi dolzarb ilmiy-pedagogik muammo sifatida maydonga chiqmoqda. Bu jarayonni samarali tashkil etish nafaqat o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilishni, balki ta’lim berish metodikasini, texnologik infratuzilmani va baholash tizimini ham yangilashni talab etadi. Xususan, talabalarni raqamli muhitda real sanoat jarayonlariga moslab o‘qitish orqali ularning kasbiy kompetensiyalari – analitik fikrlash, raqamli savodxonlik, amaliy masalalarni echish ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanadi. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni kompleks joriy etish natijasida talabalar ishlab chiqarishdagi texnologik zanjirlarni sinxron ko‘rib chiqish, ularni tahlil qilish, nosozliklarni aniqlash, xavfsizlik choralarini simulyatsiyalash va muqobil qarorlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy sanoat talablari asosida tayyorlangan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, texnik tafakkuri rivojlangan mutaxassislarni shakllantirishga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi roli. Raqamli texnologiyalar bugungi kunda quyidagi shakllarda neft-gaz yo‘nalishidagi ta’limda qo‘llanilmoqda: Virtual laboratoriyalar: jarayonlarni simulyatsiya qilish, xavfsizlik texnikasini o‘rganish; Kompyuterli modellashtirish dasturlari (Petrel, Eclipse, AutoCAD, ANSYS): neft konlarini modellashtirish; AR/VR texnologiyalari: interaktiv o‘rganish va texnologik jarayonlarni vizual ko‘rinishda tahlil qilish; IoT (Internet of Things) asosida masofaviy monitoring va tahlil qilish. Bu vositalar o‘quvchilarni nafaqat nazariy bilim bilan, balki amaliy kompetensiyalar bilan ham qurollantiradi. Neft-gaz sohasi talabalarining amaliy tayyorgarligini takomillashtirish yo‘llari. Raqamli texnologiyalar asosida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish 60 ` mumkin: Sanoat simulyatorlaridan foydalanish – neft quduqlarini burg‘ilash, gazni ajratish, neftni qayta ishlash kabi jarayonlarni simulyatsiya qilish; Raqamli loyiha topshiriqlari – talabalar kichik guruhlarda real muammolarni hal etadigan virtual loyihalar yaratadilar; Moodle, Edmodo, Teams kabi LMS platformalar orqali masofaviy laboratoriya ishlari va refleksiya topshiriqlarini tashkil qilish; Ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan raqamli amaliyot – korxonalarning real ma’lumotlari asosida loyiha ishlari. lmiy-metodik asoslar. Amaliy tayyorgarlikni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish quyidagi metodik yondashuvlarga asoslanadi: Konstruktivizm pedagogikasi – o‘quvchi markazida qurilgan ta’lim muhiti; Muammoli o‘qitish – real sanoat muammolariga yechim izlash orqali bilimlarni mustahkamlash; Loyiha asosida o‘qitish – jamoaviy ishlash va texnologik fikrlashni shakllantirish; Reflektiv baholash tizimi – raqamli portfoliolar, baholash rubrikalari va o‘z-o‘zini tahlil qilish. Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, neft-gaz sohasi bo‘yicha malakali mutaxassis tayyorlashda raqamli texnologiyalar asosida amaliy tayyorgarlikni tashkil etish dolzarb hisoblanadi. Quyidagi takliflar ilgari suriladi: 1. Oliy ta’lim muassasalari zamonaviy sanoat simulyatorlari bilan jihozlanishi kerak; 2. Amaliy topshiriqlar raqamli loyiha shaklida tuzilishi va baholanishi zarur; 3. Ishlab chiqarish bilan hamkorlikda raqamli amaliyot dasturlarini ishlab chiqish lozim; 4. O‘qituvchilarni raqamli pedagogik vositalardan foydalanishga tayyorlash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilishi lozim.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada neft-gaz sohasi talabalarining amaliy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtirishning dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada neft-gaz sohasi talabalarining amaliy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtirishning dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amaliy tayyorgarlik, neft-gaz sohasi, raqamli texnologiyalar, modellashtirish, virtual laboratoriyalar, sanoat simulyatsiyalari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5