К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI MATEMATIKA TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING MUAMMOLI FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH · Dinora Sobirova

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida matematika ta’limi jarayonida o‘quvchilarda muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy raqamli vositalar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahlil qilish va mantiqiy muammolarni hal etish salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli platformalarning ta’limdagi amaliy ahamiyati va o‘quv jarayoniga integratsiyasi muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, matematika, muammoli fikrlash, o‘quvchilar, mantiqiy tafakkur, ta’lim texnologiyalari, interaktiv platformalar. So‘nggi yillarda ta’lim tizimining raqamlashtirilishi global miqyosda jadallashib bormoqda. Bu jarayon O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham chuqur kirib kelib, dars berish, baholash, o‘quv materiallarini yetkazish kabi barcha bosqichlarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash zaruratini yuzaga chiqarmoqda. Ayniqsa, matematikani o‘qitishda raqamli vositalar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va mantiqiy muammolarni hal qilish salohiyatini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda matematik savodxonlik faqatgina arifmetik amallarni bilish yoki formulalarni yodlash bilan cheklanmaydi. Asosiy vazifa — o‘quvchini real hayotiy vaziyatlarga o‘xshash muammolarni tushunishga va ularga ijodiy yondashishga o‘rgatishdir. Bu esa muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi. Raqamli ta’lim platformalari interaktiv muhitlar orqali o‘quvchi faqat ma’lumot qabul qiluvchi emas, balki faol ishtirokchi va muammo yechuvchi rolini egallaydi. Shuningdek, zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning faolligini oshirish, o‘z fikrini erkin ifoda eta olishi, qaror qabul qilishga tayyorligi kabi kompetensiyalar muhim o‘rinni egallamoqda. Bularning barchasi matematika fanining o‘rganilishida bevosita muammoli fikrlash ko‘nikmalari bilan bog‘liq. Aynan shu sababli raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarda ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlarini aniqlash, samarali usullarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish muhim ilmiy-amaliy masala sifatida qaralmoqda. Mazkur maqola aynan ushbu masalani o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, raqamli vositalarning o‘quvchilarning muammoli fikrlash salohiyatiga ta’siri, ularni rivojlantirishda qo‘llanilayotgan texnologik yondashuvlar hamda samarali metodik echimlar asosida olib borilgan tahlillarni o‘z ichiga oladi. Muammoli fikrlashning mohiyati Muammoli fikrlash — bu o‘quvchining yangi va noma’lum vaziyatlarda muammoni aniqlash, uni tahlil qilish va mos yechimni topa olish qobiliyatidir. Ushbu ko‘nikma o‘quvchilarga bilimni amaliyotga tatbiq etish, tanqidiy fikrlash va kompleks masalalarni mustaqil hal qilish imkonini beradi. Ayniqsa, matematika fanida bu yondashuv o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni an’anaviy yodlash asosidagi yondashuvdan ko‘ra chuqurroq tafakkurga yo‘naltiradi. 21-asrda ta’limning asosiy maqsadi — bilimdan tashqari kompetensiyalarni shakllantirishdir. Muammoli fikrlash aynan mana shu 4 ` kompetensiyalarning markazida turadi. Bu ko‘nikma o‘quvchini hayotga tayyorlaydi, uni turli ijtimoiy va ilmiy muammolarga ijodiy va tahliliy yondashishga o‘rgatadi. Shuningdek, u ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslasha oladigan, raqobatbardosh shaxsni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli ta’lim vositalari va ularning imkoniyatlari Raqamli ta’lim vositalari o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni o‘z fikrini mustaqil ifoda eta olishga undash, murakkab matematik tushunchalarni tushunarli qilishda katta yordam beradi. Ayniqsa, vizualizatsiya, simulyatsiya va interaktiv modellar orqali o‘quvchida masalani turli burchaklardan ko‘rish, uning ichki mohiyatini anglash imkoniyati yuzaga keladi. GeoGebra, Desmos, Microsoft Math, Wolfram Alpha kabi vositalar matematik funksiyalarni grafigi orqali ifodalash, algebraik va geometrik modellarni jonlantirish, muammoning real kontekstini yaratish imkonini beradi. Bunday platformalar yordamida o‘quvchilar o‘z xatolarini real vaqt rejimida ko‘rishadi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlil asosida yechimni topadilar. Bu esa muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Matematika darslarida amaliy yondashuv Amaliy yondashuv — o‘quvchilarning bilimlarni faqat nazariy o‘rganib qolmay, balki ularni kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda qo‘llashiga yo‘naltirilgan metoddir. Masalan, “ko‘prik konstruksiyasining mustahkamligi qanday hisoblanadi?” kabi real hayotiy savol atrofida masala tuzilib, o‘quvchilarga yechim uchun geometrik va algebraik bilimlar kerak bo‘ladi. GeoGebra platformasida bu masalani modellashtirish orqali o‘quvchi ko‘prikning chizmasini yasashi, uning elementlarini o‘zgartirib mustahkamlikka ta’sirini ko‘rishi mumkin. Yoki Desmos orqali murakkab funksiyalarning grafigini interaktiv ko‘rinishda tahlil qilib, qaysi holatda u ekstremumga ega bo‘lishini o‘zlashtiradi. Bunday darslar nafaqat muammoli fikrlash, balki qiziqish va ijodkorlikni ham rag‘batlantiradi. Mahalliy va xalqa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida matematika ta’limi jarayonida o‘quvchilarda muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida matematika ta’limi jarayonida o‘quvchilarda muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv platformalar., o‘quvchilar, matematika, mantiqiy tafakkur, muammoli fikrlash, raqamli ta’lim, ta’lim texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5