Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOQ XALQINING MILLIY TAOMLARI
Seytjanov Islam Jeńisbaevich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Mazkur maqola Qoraqalpoq xalqining boy gastronomik madaniyatiga, anʼanaviy milliy taomlariga bagʻishlangan. Unda Qoraqalpoq oshxonasining shakllanish tarixiy asoslari, uning xalqning turmush tarzi, tabiiy-geografik sharoit va qadimiy urf-odatlar bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. Milliy taomlar — Júwеri gúrtik, Aq sawlaq, Máyek bórek kabi oziq- ovqat mahsulotlari nafaqat isteʼmol uchun, balki xalqning madaniy oʻzgachalik va etnografik merosining ajralmas qismi sifatida koʻrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur milliy taomlarning bugungi kunda yoshlarga oʻrgatilishi, ularni asrash va avloddan-avlodga yetkazish muammolari va imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda milliy oshxonaning turizm, taʼlim va madaniyat sohalaridagi roli ham oʻrganiladi. Kalit soʻzlar: Qoraqalpoq milliy taomlari, anʼanaviy oshxona, etnografik meros, xalq gastronomiyasi, madaniy oʻzgachaligi, ovqatlanish urf-odatlari, milliy qadriyatlar, tarixiy taomlar. Qoraqalpoq xalqi milliy taom turlarining koʻpligi, tayyorlanishi, taʼmi va rang-barangligi bilan boshqa xalqlardan oʻziga xos xususiyatlarga ega. Qoraqalpoq xalqining milliy taomlari – bu koʻp asrlik tarix, hayot tajribasi, tabiat bilan uygʻun yashashning namunasi. Har bir taom – bu nafaqat yegulik, balki madaniyatning bir boʻlagi. Bugungi kunda ham bu taomlar oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan, balki milliy oʻzlikni anglash vositasi sifatida eʼtirof etilmoqda. Shu sababdan, Qoraqalpoq oshxonasining xilma-xilligini asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish muhim vazifalardan biridir. Xalqimizda dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik kasbi - asosiy tirikchilik manbai boʻlganligi bois, kundalik isteʼmoli ham shu kasblar bilan bevosita bogʻliq. Qoraqalpoq oshxonasi qadimdan chorvachilik, dehqonchilik va baliqchilik bilan bogʻliq boʻlib, shu asosda rivojlangan. Ushbu taomlar xalqning hayot tarzini, iqlim sharoitini va eʼtiqodlarini aks ettiradi. Taomlar va urf-odatlar uygʻunligi Qoraqalpoq xalqining turmush tarzida milliy taomlar nafaqat isteʼmol uchun yegulik, balki muayyan marosim va urf-odatlar bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaraladi. Har bir muhim marosim, bayram yoki oila aʼzolari uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan voqealar maxsus taomlar bilan bezatilgan dasturxon orqali ifodalanadi. Taomlar bu yerda ijtimoiy birlik, marosimimi poklik, xotira, hurmat, ehson kabi tushunchalar bilan uygʻunlashadi. Qoraqalpoq hududining tabiiy-iqlimiy sharoiti, xususan, choʻl va yarim choʻl mintaqalariga xos boʻlgan issiq va quruq iqlim, chorvachilik va dehqonchilik bilan chambarchas bogʻliq hayot tarzining shakllanishiga sabab boʻlgan. Bu esa oʻz navbatida ularning ovqatlanish madaniyatiga ham bevosita taʼsir koʻrsatgan. Aynan shu sababli qoraqalpoq milliy taomlari koʻproq goʻsht, sut mahsulotlari va un asosida tayyorlanadi. Masalan, Júwеri gúrtik, shoʻrva, kespas, mastava va aq sawlaq kabi ovqatlar soddaligi, foydaliligi va toʻyimliligi bilan ajralib turadi. Bu taomlar har bir oila dasturxonida muhim oʻrin tutadi. Shu bilan birga, qurt, qatiq, ayron kabi mahsulotlar esa faqatgina toʻyimli taomlar emas, balki salomatlikni 16 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 mustahkamlovchi, ayniqsa issiq iqlim sharoitida energiya beruvchi tabiiy vositalardir. Qoraqalpoq milliy taomlari koʻpincha marosimlar bilan bogʻliq holda tayyorlanadi. Masalan, chaqaloq tugʻilganda “súyinshilik” dasturxoni yoziladi, unda albatta goʻshtli taomlar, qurt, chak-chak, non va choy boʻladi. Shuningdek, toʻy, sunnat toʻy, dafn marosimlarida maxsus taomlar tayyorlanadi, bu esa milliy oshxonaning chuqur ijtimoiy funksiyasini va oʻziga xos madaniyatni aks ettiradi. Qoraqalpoq xalqi uzoq tarixga, boy madaniyatga va anʼanalarga ega boʻlgan xalq hisoblanadi. Bu xalqning maʼnaviy-madaniy merosida milliy taomlar alohida oʻrin egallaydi. Qoraqalpoq milliy oshxonasi – bu nafaqat taomlar yigʻindisi, balki xalqqa xos hayot tarzi, urf-odatlar va mehmondoʻstlik timsolidir. Milliy taomlarining koʻpligi va xilma-xilligi esa bu xalqning tabiat bilan uygʻun yashaganligini, qishloq xoʻjaligiga asoslangan hayot tarzini va boy gastronomik anʼanalarini yaqqol namoyon etadi. Diniy va mavsumiy bayramlar Qoraqalpoq xalqida Ramazon hayiti, Qurbon hayiti yoki Navroʻz kabi bayramlarda ham anʼanaviy taomlar tayyorlanadi: • Navroʻzda sumalakka oʻxshash shirin taomlar – yangilanish va baraka ramzi; • Ramazon hayitida chak-chak, qovurilgan nonlar – saxovat va mehr-muruvvat belgisi; • Qurbon hayitida goʻshtli taomlar – qurbonlik va sadaqa maʼnosini anglatadi. Qoraqalpoq milliy taomlari – bu xalqning tarixiy xotirasi, urf-odati va ijtimoiy hayotining inʼikosi boʻlib, har bir taomda tabiat, yashash muhiti, madaniyat va urf-odatlarning izlari bor. Qadimiy taomlar bugungi avlod uchun nafaqat gastronomik meros, balki milliy oʻzlikni anglash va saqlash vositasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Qoraqalpoq xalqining milliy taomlari — bu nafaqat maʼnaviy va moddiy madaniyatning bir qismi, balki xalqning tarixiy tajri
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Qoraqalpoq xalqining boy gastronomik madaniyatiga, anʼanaviy milliy taomlariga bagʻishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Qoraqalpoq xalqining boy gastronomik madaniyatiga, anʼanaviy milliy taomlariga bagʻishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qoraqalpoq milliy taomlari, milliy qadriyatlar, tarixiy taomlar., madaniy oʻzgachaligi, anʼanaviy oshxona, etnografik meros, xalq gastronomiyasi, ovqatlanish urf-odatlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025