К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QON QARINDOSHLIK KONSEPTINING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK IFODASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Uliqova Mavudakhon Sotvoldiyevna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining lisoniy ifoda vositalari morfologik, leksik, sintaktik va paremiologik sathlarda tahlil qilinadi. Maqolada struktur-semantik, lingvokulturologik va lingvopragmatik yondashuvlar asosida ikki til materiallari solishtirma jihatdan tadqiq etiladi. Statistik ma’lumotlar asosida qaysi til birliklari mazkur konseptni ifodalashda dominant bo‘lishi aniqlanadi. Kalit so‘zlar: kinship, konsept, lingvokulturologiya, frazeologizm, paremiya, sintaktik birlik, semantik maydon, lingvopragmatika. Inson hayoti davomida asosiy ijtimoiy aloqalarning markazida bo‘ladigan "qon- qarindoshlik" konsepti barcha tillar uchun umumiy, ammo ifodalanish vositalari va madaniy rang-barangligi jihatidan farqlanadi. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ushbu konsept qanday lisoniy vositalar orqali ifodalanishi, qanday struktur-semantik shakllarda namoyon bo‘lishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. “Qon-qarindoshlik” konsepti har ikki tilda asosan ot, fe’l, sifat va ravish turkumidagi so‘zlar orqali ifodalanadi. Tahlillarga ko‘ra, ingliz tilida ot va yasama birliklar dominantlik kasb etgan bo‘lsa (mos ravishda 13.1% va 13.3%), o‘zbek tilida esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 11.4% va 11.6% ni tashkil etadi. Yasama so‘zlar orqali “childhood”, “motherhood”, “fatherly”, “childless” kabi birliklar shakllansa, o‘zbek tilida “farzandsiz”, “buvijon”, “qizcha” kabi affikslar orqali hosil bo‘lgan leksemalar faol qo‘llaniladi. Sintaktik sathda esa, har ikki tilda ergash gapli qo‘shma gaplar yuqori faollikda qo‘llaniladi (9.5% ingliz tilida va 9.8% o‘zbek tilida). Bu esa, “qon-qarindoshlik” munosabatlarining nutqiy darajada izoh talab etuvchi murakkab fikrlarni ifodalash vositasi sifatida e’tirof etilishini ko‘rsatadi. Frazeologik birliklar tahlilida, o‘zbek tilida ular ko‘proq va obrazli ifoda vositasi sifatida qo‘llanilishi (7.7% vs. 5.4%) aniqlandi. Masalan, “onang o‘rgilsin”, “otangdan nariga ketsang do‘zaxga bor” kabi birikmalar o‘zbek madaniyatining hissiy-estetik tabiatini aks ettiradi. Ingliz tilida esa, “blood is thicker than water”, “black sheep” kabi frazemalar yanada rasmiy va umumlashgan mazmunga ega. Paremiologik birliklar esa har ikki tilda ham muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular mos ravishda 3.8% va 4.2% ulushga ega bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining mazkur konsept ifodasidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Jumladan, o‘zbek tilidagi “bemehr qarindoshdan mehribon yot yaxshi” maqoli, ingliz tilidagi “home is where the heart is” iborasi bilan semantik jihatdan yaqinlik kasb etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, “qon-qarindoshlik” konsepti ingliz va o‘zbek tillarida o‘ziga xos morfologik, leksik, sintaktik va frazeologik ifoda shakllariga ega. Har ikki tilda ot so‘z turkumi yetakchi rolni egallaydi. O‘zbek tilida frazeologik birliklar, maqollar va erkalash affikslari keng qo‘llanilsa, ingliz tilida esa ko‘proq yasama so‘zlar va sintaktik birikmalar 55 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si orqali ifodalanadi. Ushbu farqlar har ikki xalqning mentaliteti, madaniyati va nutqiy urf- odatlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining lisoniy ifoda vositalari morfologik, leksik, sintaktik va paremiologik sathlarda tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining lisoniy ifoda vositalari morfologik, leksik, sintaktik va paremiologik sathlarda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvokulturologiya, frazeologizm, paremiya, konsept, sintaktik birlik, kinship, semantik maydon, lingvopragmatika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники