Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ASHURALI ZOHIRIY PUBLISISTIKASIDA TIL-IMLO MASALASIGA DOIR TARIXIY JARAYONLARNING YORITILISHI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TARIXIY JARAYONLARNING YORITILISHI (in-academy.uz/index.php/si) · Mirzamidinova Shahnoza Abidinovna (in-academy.uz/index.php/si) · Vazirlar Mahkamasi huzuridagi (in-academy.uz/index.php/si) · Komilova Zumradxon (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Til va imlo masalalari ham doimo jadidlarning diqqat-markazida turib, millat va mamlakat xavfsizligi darajasida himoya qilindi, milliy tilga bo‘layotgan tahdidlarga qarshi qattiq kurashildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hoji Muin, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon va yana boshqa ko‘plab taraqqiyparvarlar milliy til va imlo haqida oz’ davri uchun (hatto bugungi kunda ham – Sh. Mirzamidinova) dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan yuzlab maqolalarni e’lon qildilar. Turkiston milliy matbuotida ko‘plab maqolalarning e’lon qilinishiga sabab oʻzbek tilining ikkinchi darajali tilga aylanib qolganligi edi. Tarixchi olim D.Jamolovaning yozishicha bunga bir tomondan Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlaka qilinishi sabab bo‘lgan. Ikkinchi sabab sifatida keltirishimiz mumkinki, Turkiston xalqining o‘zi ham (jadidlarning milliy matbuot sahifalaridagi chaqiriqlaridan sezilishicha – Sh.Mirzamidinova) tilga nisbatan “beparvolik kasaliga” uchragan. Kalit so'zlar: Chor imperiyasi, jadid maktablari, yangi-usul maktablari, no‘g‘ay maktablari, moddiy-texnik baza, “Hayot maktabi”, “Miftoh ul-alifbo”, “Tahsil-ul alifbo”, darslik va qo‘llanmalar, “Irfon” (Ilm) maktabi. Annotation: The issues of language and spelling have also always been in the center of attention of the Jadids, they defended themselves at the level of national and national security, and fiercely fought against the growing threats to the national language. Mahmudhoja Behbudi, Munavvarkari Abdurashidkhanov, Haji Muin, Abdulla Kadiri, Abdulhamid Chulpan and many other progressives have published hundreds of articles about the national language and spelling, which are important for the era. The reason for the publication of many articles in the national press of Turkestan was that Uzbek became a second language. Historian D. Jamalova writes that this was caused, on the one hand, by the colonization of Turkestan by the Russian Empire. The second reason is the Turkestan people themselves, who suffered from “inattention” to the language. Key words: Czar empire, modern schools, innovative schools, nogay schools, material and technical base, "School of Life", “Miftoh ul-alifbo”, “Tahsil-ul alifbo”, textbooks and manuals, “Irfon” (Science) school. Garchi, olib borilgan mashaqqatli izlanishlar va o‘tkir siyosiy talablar natijasida Sovet hokimiyati tomonidan 1921-yilda Turkiston taraqqiyparvarlari orzu qilganlaridek o‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, biroq bu qonun amalda ishlamadi, hukumat idoralaridagi yozishmalar va o‘zaro rasmiy muloqot rus tilida olib borilaverdi. Kechayotgan bunday murakkab jarayonlarda Ashurali Zohiriy ham o‘zbek tilining jonkuyari o‘laroq chetda turishi mumkin emas edi 72 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ashurali Zohiriyning til masalasidagi eng birinchi hayqirig‘i “Sadoyi Farg‘ona” gazetasining 1914-yil 13-aprel sonida bosilgan “Ona tili” maqolasi edi. Ashurali Zohiriy maqolasining kirish qismida bir millatning o‘z tilidagi kitob, risola, gazeta, jurnal, va boshqalarga bir so‘z bilan adabiyot (literatur) deyilishini, shu boisdan ham arabcha kitob va risolalarga “adabiyot arabiya”, turk, tatar tillaridagilarga, “turk adabiyoti” hamda “tatar adabiyoti” deyilishi urg‘ulab, dunyoda yashab turgan har bir millatning ilmda ayni damda va boshqa jihatlarda qaysi darajada ekanligi adabiyot bilan o‘lchalinilib, adabiyoti boy bo‘lgann millat tomonlama oldinda va yuqorida e’tibor qilinishini, aksincha adabiyoti rivojlanmagan bo‘lsa u millatning boshqa millatlar oldida hurmat va e’tibori bo‘lmasligini, shuning uchun bunday millat turli-tuman madaniyat va faol ijtimoiy hayotdan bahra ololmasligini urg‘uladi. Ashurali Zohiriy Turkiston xalqida adabiyotga e’tibor XX asr boshlariga kelib nihoyatda sustlashib ketganligini, bunga sabab qilib u ona tiliga nisbatan millatda hurmat va e’tiborning susayib ketganligi bilan izohlaydi: “Nechukki, olimlarimizdan biri biror yerg‘a xat yozsa yoki birovg‘a bergan narsasini xotira daftarig‘a yozsa, o‘z ona tilini qo‘yib fors tilida yozadurlar. Hammasidan ham zararligi buldurki: yangi dars o‘qumoqg‘a boshlag‘on, o‘z ona tilini ham durustlab bilmaydurgan bir shogirdga dars berganlarida forscha tarjima bilan o‘rgatadurlar. (Ul turkiy sarf, turkiy nahv o‘qutmoqni onda qo‘yaylik). Hech bo‘lmaganda o‘shal arabcha sarf, nahvni turkiy tilig‘a tatbiq qilib, ya’ni, aning keraklik o‘rinlarig‘a tildan misollar ko‘rsatib aytib bersalar, arabchag‘a ham zehni kirishib, buning barobarida o‘z ona tilini ham bir narsag‘a yaraydurg‘on til ekanligini bilib ona tilig‘a muhabbat bir daraja ortib, tartibg‘a solib borur edi. Halo ul qanda? (Hozir qanday?) Yosh o‘smirlarimiz bo‘lsalar o‘z yerliklaridan birini ziyofatg‘a chaqirib xat yozsalar ham usmonicha, yoki tatarcha yozadurlar. Boydaki (vaholanki) ona tilig‘a muhabbat va islohni ulardan kutular erdi. Bularning sababi ham ravshandur-ki birinchilari: o‘zlarining eron adabiyoti ta’siri bilan n
Доказательный фрагмент
«Til va imlo masalalari ham doimo jadidlarning diqqat-markazida turib, millat va mamlakat xavfsizligi darajasida himoya qilindi, milliy tilga bo‘layotgan tahdidlarga qarshi qattiq kurashildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTil va imlo masalalari ham doimo jadidlarning diqqat-markazida turib, millat va mamlakat xavfsizligi darajasida himoya qilindi, milliy tilga bo‘layotgan tahdidlarga qarshi qattiq kurashildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Czar empire, modern schools, innovative schools, nogay schools, material, Chor imperiyasi, “Hayot maktabi”, “Miftoh ul-alifbo”, yangi-usul maktablari, no‘g‘ay maktablari, moddiy-texnik baza, darslik va qo‘llanmalar, “Irfon” (Ilm) maktabi., “Tahsil-ul alifbo”, jadid maktablari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025