Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ASHURALI ZOHIRIYNING DAVRIY MATBUOTDAGI VAQF MASALASIGA DOIR QARASHLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mirzamidinova Shahnoza Abidinovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Vazirlar Mahkamasi huzuridagi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 1923
Аннотация
Vaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng ko‘p murojaat qilingan mavzulardan biridir. Ashurali Zohiriyning vaqf to‘g‘risidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. U o‘zining bu to‘g‘ridagi fikr va mulohazalarini o’sha davr davriy matbuotida keng yoritgan. Kalit so'zlar: Vaqf yerlari, Turkiston general-gubernatorligi, davriy matbuot, yer solig‘i. Annotation: The issue of waqf lands is also one of the most frequently discussed topics in the periodicals of the 20th century. Ashurali Zahiri's thoughts about the waqf lands are also noteworthy. He extensively covered his thoughts and reflections on this in the periodicals of the time. Key words: Vakuf lands, Turkestan governorate general, periodical press, land tax. Vaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng ko‘p murojaat qilingan mavzulardan biridir. Xususan, bu davrda e’lon qilingan “Mahallliy tashabbusga muhtojmiz”1, “O‘rnak bo‘lishga yaraydir”2, “Farg‘ona vaqflari to‘g‘risida”3, “Vaqflar to‘g‘risida bir necha so‘z”4 va boshqa shular kabi yuzlab maqolalar ushbu masalaning nechog‘lik muhim ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ashurali Zohiriyning vaqf to‘g‘risidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. U o‘zining bu to‘g‘ridagi mulohazalarini “Farg‘ona” gazetasining 1923-yil 19-fevral va 2-mart sonlarida chop etilgan “Turkistonda vaqf ishlarining holi” nomli turkum maqolalarida bildirib o‘tgan. Garchi, Ashurali Zohiriyning 1923-yil 2-martda bosilgan “Turkistonda vaqf ishlarining holi II” maqolasi keyin chop etilgan bo‘lsa-da, mazmunan birinchi bo‘lib e’lon qilinishi lozim edi. Chunki, Zohiriy ushbu ikkinchi turkum maqolasida Chor Rossiyasi Turkistonni istilo qilganidan so‘ng vaqfga doir yuritgan siyosati to‘g‘risida bir qator muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tgan. Ashurli Zohiriyning ma’lumot berishicha, Chor Rossiyasi Turksitonni bosib olganidan so‘ng mahalliy xalqning urf-odat va boshqaruv mentalitetini chuqur o‘rganmagunicha o‘z holiga tashlab qo‘yganligini, 1870-yildan boshlabgina vaqfga doir maxsus qaror va buyruqlar chiqara boshlaganini yozadi. Chor Rossiyasi ma’muriyatining Turkistondagi vaqf ishlariga aralasha boshlaganligiga saba sifatida Zohiriy mutavallilarning vaqf daromadini qonundan tashqari xilof tarzda iste’mol qila boshlaganligini, shu bilan birga o‘zboshimchalik bilan vaqf mulklarini sotib yuborish holatlari ko‘payganligi bilan izohlagan. Bundan tashqari yana Chor ma’muriyatining Turkistondagi vakilligi vaqf ishlariga aralashishni unchalik xohlamaganligiga sabab sifatida Zohiriy rus ma’murlarning vaqfga doir qonun va nizomlarni yaxshi tushunmaganligini hamda mahalliy xalqning ishlariga ortiqcha ish deb qaraganligini keltiradi. 1 Usmonxon. Mahalliy tashabbusga muhtomiz // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-may. 2 Sirojiy. O’rnak bo’lishga yaraydir // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-avgust. 3 Zahiriddin [A’lam]. Farg’ona vaqflari to’g’risida // “Turksiton” gazetasi. 1923-yil 16-mart. 4 Xidiraliyev. Vaqflar to’g’risida bir necha so’z // “Turkiston” gazetasi. 1923-yil 1-fevral. 31 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Biroq, Turkistonda vaqfga doir nizolar va turli qonunsizlik holatlari oshib borar ekan, mustamlakachi hukumat bevosita bunga aralashishga hamda vaqf ishalrini qonuniy tarzda tartibga solishga majbur bo‘ldi. Ashurali Zohiriyning yozishicha, Samarqanddagi ulug‘vor madrasalardan biri bo‘lmish Tillakorining talabalari mutavallilarning xiyonatidan shikoyat qilib “Zarafshon okrugi” boshlig‘i Abramovga shikoyat qiladi. Ular tomonidan 1873-yilda berilgan ariza sababli butun Turkiston o‘lkasi boshlig‘ining ijozati bilan “Samarqand madrasalaridan Tillakori, Sherdor hamda Ulug‘bek madrasalariga qarashli vaqf mulklarini mutavallilar ijaraga qo‘ymasdan rus idorasi boshliqlari ijaraga qo‘ysinlar” degan farmoyishni chiqardi. Bundan keyingi jarayonlar xususida Ashurali Zohiriy quyidagicha yozgan: “1874-yil 14-yanvarda Zarafshon okrugiga umumiy farmoyish Sirkulyarniy tariqasida 2820-raqamli buyruq chiqarib: uyezddagi vaqf mulklarini ijaraga berish, uyezddagi rus amaldorlarining ishidir. Mutavallilarning ishi emasdir dedi. 1876 yil may oyida o‘shandoq vaqf yerlarining daromadlarining miqdorini belgilamak uchun alohida komissiya barpo qilindi. 1878-yilda Zarafshon okrugidagi butun vaqf yerlarining idorasi qaramog‘i rus amaldorlarig‘a o‘tib ketdi. Ular vaqf yerlarini ijaraga qo‘yar bo‘ldilar. Tushgan pullar xazinaga saqlanib, mutavallilarga beriladirgan bo‘ldi. Mutavallilar olgan pullariga go‘yo yerlarga sarf qilg‘oni va kimlarga bergani xususida hisobot berar edi. Farg‘ona ham ruslar tarafidan istilo etilgandan keyin 1876-yil kuzda unda ham tashkilot komissiyasi tuzulgan edi. Ul komissiya bu yangi qo‘shilgan bir muzofotda, yer o‘lponi xiroji ham vaqf yerlarini qarar edi. Munda har bir vaqf egasi bo‘lg‘on foyda, qancha vaqf yerlari borlig‘ini ma’lum qilar edi. Ul vaqfnomalarni qarab tekshirib uning ahvolini hal qildirgan zakun nizom yo‘q edi. Lekin vaqflar ulda qandoq b
Доказательный фрагмент
«Vaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng ko‘p murojaat qilingan mavzulardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюVaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng ko‘p murojaat qilingan mavzulardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Vakuf lands, Turkestan governorate general, periodical press, land tax, Turkiston general-gubernatorligi, yer solig‘i., davriy matbuot, Vaqf yerlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025