К содержанию
РецензированоUZ2026

QOBILIYAT VA UNING RIVOJLANISHIGA TASIR QILISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Raxmonova Kumush (in-academy.uz/index.php/yo) · Norboboyeva Shohista (in-academy.uz/index.php/yo) · Rahmonova Charos (in-academy.uz/index.php/yo) · Rashidova Munisa (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada insondagi mavjud qobiliyatlar, ularning mazmun va mohiyati, ularni anglash, rivojlantirish, toʻgʻri yoʻnaltirish haqida fikrlar keltirib oʻtilgan. Mashhur daholar haqida mulohazalar mavjud. Kalit so’zlar. Qobiliyat, individuallik, talant , geniylik, layoqat, intellekt. Inson borliqda yuksak darajada takomillashgan eng oliy mavjudotdir. U ong, tafakkur, sezgi, qobiliyat, intellekt, temperament, xarakter, iqtidor, zehn, idrok, aql kabi buyuk neʼmatlarga ega. Ana shu xususiyatlar bilan u barcha yaratiqlardan ustun turadi. Inson oʻziga inom etilgan ne' matlar yordamida buyuk komillik choʻqqisiga erishishi mumkin. Psixologik jihatdan shakllangan, jamiyatda individuallik xususiyatlarini namoyon eta oladigan shaxs darajasiga koʻtarilishimiz uchun bizga qobiliyat va iqtidor muhim ahamiyat kasb etadi. Qobiliyat bu insonning individual salohiyati, imkoniyati, layoqatidir. Uning koʻpgina turlari bor.  Tabiiy qobiliyat. Insonlar bu qobiliyatsiz yashay olmaydi. Ular xotira, nutq, tafakkur kabilardir.  Maxsus insoniy qobiliyat. Bu oʻz navbatida badiiy, ilmiy, amaliy, pedagogik, tashkilotchilik, kommunikativ kabi turlarga ajratiladi. Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi, qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so’nib ketishi mumkin. Qobiliyat tugʻma emas, u maʼlum bir faoliyat natijasida oʻzlashtiriladi, ayni paytda u bilimlar mahsuli sifatida qaraladi. She'r, hikoya yozish , yoqimli, shirali ovoz, rasm chizish, mohir chevarlik, hunarmandlik, musiqa asbobini chalish, qoʻshiq kuylash kabilar badiiy qobiliyatni tashkil etadi. Ularning mavjud boʻlishi inson psixikasidagi qobiliyatga bogʻliq. Qobiliyat erta aniqlansa, muntazam va tizimli ravishda rivojlantirib borilsa, u yuqori natijalarni koʻrsatish uchun imkoniyat boʻladi. Qobiliyatning takomillashishi, talant darajasidan geniylikkacha borishida taʼlim va tarbiya hamda atrof muhit omillari muhim oʻrin tutadi. Geniylik darajasiga yetishda irodaviy xislatlar - sabr, burch, intizom asosiy koʻrsatkichdir. Uning uchun bizdan qatʼiylik bilan ishlash talab etiladi. Inson qobiliyati bilim, koʻnikma va malakalarni egallash jarayonida koʻrinadi. Biroq, koʻpgina kashfiyotchi olimlar aynan maktab davrida qobiliyatli hisoblanmaganlar. Xususan, Mendeleyev ximiyadan "3" bahoga oʻqigan. Lobachevskiy, Betxoven, Edison, Marko kabi buyuk daholar ham atrofdagi insonlarda qobiliyatsiz degan taassurot qoldirgan. Biroq, bugun ularni dunyo taniydi. Ilm fan 43 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo taraqqiyotida mislsiz evrilishlarga sabab boʻluvchi kashfiyotlar qilishgan. Fizik olim Albert Eynshteyn ham 4 yoshgacha gapirmagan. Oʻqituvchilari uni aqliy jihatdan tengdoshlaridan orqada deb aytishgan. Qobiliyat – mahorat darajasi bo’lib, u bilim va ma’lakaning o’zida emas balki ularni egallash jarayonida namoyon bo’ladi. Masalan bir xil ma’lumotlar asosida bir sinf o’quvchilariga bir xil bilimlar berilsa ham o’quvchilar u bilimlarni har xil qabul qiladi va o’zlashtiradi. Qobiliyat faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi va rivojlanadi, u faqat sharoit yaratib berilgandagina rivojlanadi. Qobiliyat faqat tug’ma emas, sharoit va imkon berilganda rivojlanadi.Har bir bolada qanaqadir qobiliyat bor bo’lib uni bolalik davridanoq aniqlab unga qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib berilgandagina uni san’at darajasiga olib chiqa oladi. Qobilyat vaqt o’tgan sari uzgarishi rivojlanishi va hatto yo’q bo’lib ketishi ham mumkin. Bularga misol qilib tarixdan va hozirgi davrdan ham ko’pllab qobiliyatli insonlarni misol qilib olishimiz mumkin.  Demosfen — qadimgi Yunonistonning eng mashhur notiqlaridan biri bo‘lgan. U yoshligida so‘zlashda qiynalgan, tiliga piching bor edi (ba’zi manbalarda duduqlanishi bo‘lgan deyilgan), boshida xalq oldida nutq so‘zlashdan qo‘rqardi (hatto yelkalari titragan deb ham aytiladi), lekin u og‘ziga tosh solib, dengiz bo‘yida baland ovozda mashq qilib, so‘zlashuv mahoratini rivojlantirgan. Natijada u yunon tarixidagi eng qudratli notiqlardan biriga aylangan.  Toma Edison - Maktabda “aqli zaif” deb chiqarilgan, ammo onasi unga o‘zi ta’lim bergan. Onasi unga laboratoriya qurib bergan, har bir qiziqishini quvvatlagan. Natijada u yuzlab ixtirolar yaratdi.  Ludwig van Beethoven - Otasi uni bolaligidan musiqa bilan shug‘ullantirdi. Uydagi pianino, o‘qituvchilar va katta mehnat muhiti sababli iqtidori ochildi. Agar musiqali muhit bo‘lmaganida, ehti

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada insondagi mavjud qobiliyatlar, ularning mazmun va mohiyati, ularni anglash, rivojlantirish, toʻgʻri yoʻnaltirish haqida fikrlar keltirib oʻtilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada insondagi mavjud qobiliyatlar, ularning mazmun va mohiyati, ularni anglash, rivojlantirish, toʻgʻri yoʻnaltirish haqida fikrlar keltirib oʻtilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talant, geniylik, layoqat, Qobiliyat, intellekt., individuallik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники