К содержанию
РецензированоUZ2020

QURILISHDA INKLYUZIV UY-JOYLAR QURILISHNING IQTISODIY AHAMIYATI

Maxsudov Olimjon Maxsud o'g'li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2020

Аннотация

Maqolada inklyuziv uy-joy qurilishining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Aholining barcha qatlamlari uchun arzon va qulay yashash sharoitlarini yaratish orqali iqtisodiy faollik, bandlik va sarmoyaviy muhitning yaxshilanishi imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida inklyuziv uy-joy qurilishini rivojlantirishning makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy natijalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: inklyuziv uy-joylar, iqtisodiy rivojlanish, bandlik, sarmoya, ijtimoiy tenglik, qurilish sektori, uy-joy siyosati, urbanizatsiya, moliyaviy kirish imkoniyati, subsidiya, ipoteka kreditlari 1. Kirish So‘nggi yillarda urbanizatsiya va demografik o‘sish sur’atining ortishi sharoitida inklyuziv uy-joy qurilishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda. Inklyuziv uy- joylar jamiyatning barcha qatlamlari uchun teng yashash imkoniyatlarini yaratish bilan birga, qurilish sektori orqali iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi va sarmoyalarni jalb qiladi. "Inklyuziv uy-joy siyosati ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan holda iqtisodiy o‘sishni tezlashtiruvchi omil sifatida e’tirof etilmoqda" (Elsinga M. va boshq., 2020). Xalqaro tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, uy-joy sektoriga investitsiyalar ko‘payishi, turar joy bilan ta’minlanganlik darajasining oshishi va uy-joy narxlarining barqarorligi makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Ushbu maqolada inklyuziv uy-joy qurilishining iqtisodiy ahamiyati, uning rivojlanish istiqbollari va mamlakat iqtisodiy hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. 2. Metodologiya Maqolani tayyorlash jarayonida tahliliy va statistik usullar qo‘llanildi. Xalqaro tashkilotlarning (Jahon banki, UN-Habitat) hisobotlari, Rossiya, Qozog‘iston va Niderlandiya tajribalari asosida inklyuziv uy-joy qurilishining iqtisodiy natijalari o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ipoteka kreditlari, subsidiya dasturlari va uy-joy qurilishi statistik ma’lumotlari tahlil qilindi. Ma’lumotlar taqqoslama va tendensiyalarni aniqlash uchun tizimli ravishda solishtirildi. 3. Natijalar Inklyuziv uy-joylar qurilishini rivojlantirish iqtisodiyotning turli jabhalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kuzatilmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv uy-joylar qurilishi nafaqat aholining yashash sharoitini yaxshilaydi, balki bandlikni oshirish, moliyaviy xizmatlar sohasini rivojlantirish, investitsiya oqimini ko‘paytirish va umumiy iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Avvalo, qurilish sektori iqtisodiy o‘sishning drayverlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish sohasiga qilingan har 1 million AQSh dollari investitsiya o‘rtacha 10–14 nafar yangi ish o‘rni yaratadi (World Bank, 2022). O‘zbekistonda ham oxirgi besh yilda qurilish sektori YaIMning 6,8 foizini tashkil etmoqda va 2023 yil yakuniga ko‘ra, sohada band bo‘lgan aholining ulushi 7,5 foizgacha oshgan. 9 Ikkinchi jihat, moliyaviy xizmatlar sektorining rivojlanishi bilan bog‘liq. Inklyuziv uy-joy qurilishi uchun ajratilgan ipoteka kreditlari va subsidiya dasturlari bank sektorining kredit portfelida salmoqli o‘rinni egallamoqda. O‘zbekistonda 2020 yilda ipoteka kreditlari hajmi 0,96 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 22,5 trillion so‘mgacha yetdi. Bu esa banklar faoliyatining kengayishiga va moliyaviy tizimning barqarorligiga hissa qo‘shdi. Uchinchi omil – urbanizatsiya va infratuzilma rivojlanishi. Uy-joy qurilishi transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va kommunal xizmatlar kabi boshqa sohalarning rivojlanishini ham rag‘batlantiradi. Shahar va qishloq hududlarida inklyuziv uy-joylar qurilishi mahalliy iqtisodiyotni jonlantirishga xizmat qilmoqda. Quyida inklyuziv uy-joy qurilishini rivojlantirish orqali asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi keltirilgan: Ko‘rsatkich 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2023 yil Qurilish sektorining YaIMdagi ulushi (%) 6,2 6,4 6,6 6,8 Qurilish sohasida bandlik (%) 6,5 6,7 7,0 7,5 Ipoteka kreditlari hajmi (trln so‘m) 0,96 1,8 17,0 22,5 Yangi qurilgan uy-joylar soni (mingta) 30 45 56 85 Ushbu ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, inklyuziv uy-joy qurilishining iqtisodiy ahamiyati nafaqat qurilish sektorining hajmi ortishida, balki umumiy iqtisodiy faollik va moliyaviy tizimning kengayishida ham namoyon bo‘lmoqda. Ipoteka kreditlari va subsidiya dasturlarining kengayishi aholining moliyaviy kirish imkoniyatlarini oshirib, o‘z navbatida uy- joy bozorining faollashishiga va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Inklyuziv uy-joy qurilishining rivojlanishi iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni oshirishda muhim rol o‘ynab, O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllanmoqda. 4. Munozara Inklyuziv uy-joylar qurilishining iqtisodiy samarasi bevosita uy-joy siyosatining qanday tashkil etilganiga bog‘liq. Agar davlat moliyaviy yengilliklar va subsidiyalar orqali aho

Доказательный фрагмент

«Maqolada inklyuziv uy-joy qurilishining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada inklyuziv uy-joy qurilishining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ipoteka kreditlari, sarmoya, uy-joy siyosati, iqtisodiy rivojlanish, qurilish sektori, urbanizatsiya, subsidiya, bandlik, ijtimoiy tenglik, inklyuziv uy-joylar, moliyaviy kirish imkoniyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники