К содержанию
РецензированоUZ2026

GLOBALIZATSIYA JARAYONINING KAMBAG‘ALLIKKA TA’SIRI

Abdujalolova Farzonabegim Saydullo qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada globalizatsiya jarayonining kambag‘allik holatiga ijobiy va salbiy ta’siri iqtisodiy va ijtimoiy geografik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilinadi. Global iqtisodiy tizimdagi o‘zgarishlar, transmilliy kapitalning harakati, mehnat migratsiyasi, axborot texnologiyalarining taraqqiyoti, xalqaro savdo va moliyaviy integratsiyaning ijtimoiy qatlamlarga ta’siri turli makonlar misolida yoritiladi. Kalit so‘zlar: globalizatsiya, kambag‘allik, iqtisodiy tengsizlik, ijtimoiy adolat, xalqaro savdo, bandlik, investitsiyalar, xalqaro tashkilotlar Kirish. Globalizatsiya so‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Iqtisodiy ochilish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, transmilliy korporatsiyalarning ko‘payishi va xalqaro integratsiya jarayonlari global makonda davlatlararo bog‘liqlikni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, globalizatsiya nafaqat rivojlanish, balki ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy zaiflik, kambag‘allik kabi muammolarni ham keskinlashtirishi mumkin. Kambag‘allik darajasi dunyo mintaqalarida sezilarli farq qiladi. Masalan, Sahroi Kabir janubidagi Afrikada aholining qariyb yarmi mutlaq kambag‘allikda yashasa, Janubi-Sharqiy Osiyoda kambag‘allik son jihatdan yuqori, ammo so‘nggi o‘n yilliklarda birmuncha kamaygan. Rivojlangan davlatlarda esa kambag‘allik ko‘proq nisbiy shaklda namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyo davlatlarida, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda esa kambag‘allik asosan qishloq joylarga xos bo‘lib, mehnat migratsiyasi, daromadlar tengsizligi va ijtimoiy xizmatlarning cheklanganligi bilan izohlanadi. Asosiy qism. Globalizatsiya bu – butun dunyo davlatlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik jihatdan o‘zaro bog‘liqligini kuchaytiruvchi jarayondir. Geografik nuqtayi nazardan globalizatsiya hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy tafovutlarni kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bu tafovutlar ayniqsa kambag‘allik masalasida yaqqol ko‘rinadi. Uning asosiy omillari:  xalqaro savdoning kengayishi;  transmilliy kompaniyalar faoliyati;  axborot texnologiyalari va internet orqali tezkor axborot almashinuvi;  mehnat migratsiyasi va demografik o‘zgarishlar;  xalqaro moliyaviy institutlarning siyosati. Har bir jarayonning ijobiy va salbiy oqibatlari bo`lgani kabi, globalizatsiyaning ham kambag`alikka ijobiy va salbiy ta`sirlari bor. Dastavval ijobiy ta`sirlarini ko`rib chiqmiz. 1. Ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi va yangi ish o‘rinlarini yaratilishi. Xalqaro kompaniyalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya kiritishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Yangi ish o`rinlarning yaratilishi uning aynan qayerlarda yaratilishiga ham mutlaq bog`liq. Masalan, agar ish o`rni urbanizatsiya darajasi past, aholining quyiroq qatlamida yaratilsa, bu – yaxshi va kutilgan natijaga erishsa bo`ladi, ya`ni kambag`allik darajasini kamaytirishi mumkin. Agar buning aksi bo`lsachi, ya`ni yangi kompaniyalar shahar markazlarida, aholining yuqori qatlami yashaydigan joylarda barpo 4 etilsa, bu ushbu shahar demografik yukini kuchaytiradi va aholining kambag`allik darajasini kamayishiga deyarli ta`sir qilmaydi. Demografik yuk kuchaygan shaharda ishlash aholining kambag`al qatlami uchun birmuncha noqulay, ya`ni kambag`al aholi qishloq joyda o`z ehtiyojlarini qondira olmayotgan bir paytda, katta shaharda yashash narxlari sezilarli qimmat joyda yashash, kutilgan natijaning aksini ko`rsatishi ham mumkin. Imkon qadar zavod, Fabrika va kompaniyalarni ishchi kuchi omiliga qarab joylashtirilsagina, kambag`allik darajasiga ijobiy ta`sir qilishi mumkin. 2. Axborot va texnologiyalarga kirish Internet va raqamli texnologiyalar kambag‘al qatlamlar uchun ta’lim va axborotga kirish imkonini kengaytirdi. Bu esa ularning iqtisodiy faolligini oshirishga yordam beradi. Shu o`rinda aytishimiz mumkinki, axborotning globallashuvi Kamba`allik qatlamini kamaytirishga keskin ta`sir qilmoqda. Globalizatsiyaning kambag‘allikka salbiy ta’siri 1. Ishsizlik va norasmiy bandlik Raqobatga bardosh bera olmagan mahalliy korxonalar yopiladi. Bu esa ayniqsa iqtisodiyoti zaif hududlarda ishsizlikni kuchaytiradi. Norasmiy mehnat bozori kengayib, ijtimoiy himoya yo‘qoladi. Bu jarayonga Afrika davlatlarini misol keltirishiz mumkin, 2. Resurslarning notekis taqsimlanishi Globalizatsiyadan ko‘proq foyda ko‘radiganlar yuqori malakali va kapitalga ega qatlamdir. Kambag‘al qatlamlar esa boylik taqsimotidan chetda qoladi. 3. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning inqirozi Importga tobelik oshib borar ekan, mahalliy mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishdan to‘xtaydi. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi sektorida muammolarni yuzaga keltiradi. 4. Ijtimoiy va madaniy bosimlar G‘arb madaniyati va iste’molchiligi namunalarining yoyilishi mahalliy qadriyatlar va jamiyatlarda ijtimoiy dissonansni yuzaga keltirmoqda. Bu esa kambag‘al qatlamlar uchun ijtimoiy stressni oshiradi. Xulosa. Globalizatsiya kambag‘allikni kamaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratgan bo‘lsa-da, u bi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada globalizatsiya jarayonining kambag‘allik holatiga ijobiy va salbiy ta’siri iqtisodiy va ijtimoiy geografik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada globalizatsiya jarayonining kambag‘allik holatiga ijobiy va salbiy ta’siri iqtisodiy va ijtimoiy geografik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kambag‘allik, ijtimoiy adolat, bandlik, globalizatsiya, investitsiyalar, iqtisodiy tengsizlik, xalqaro tashkilotlar, xalqaro savdo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники