Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KINDIK CHURRALARINI ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI
G’afforova Sevinch Farhodovna · Boyqulov To’rabek
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article examines the causes, clinical symptoms, and modern treatment approaches for umbilical hernias. Special attention is given to advanced techniques such as laparoscopic surgery, mesh implantation, and robot-assisted procedures. The article also discusses postoperative recovery phases and preventive advice for patients. Keywords: Umbilical hernia, laparoscopic surgery, mesh implantation, robot-assisted surgery, minimally invasive technique, rehabilitation, postoperative recovery, hernia strangulation, diagnosis, modern medicine. 1. Kirish Dolzarblik asoslanishi: Bugungi kunda kindik churrasi nafaqat estetik, balki sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi patologiyalardan biri hisoblanadi. Aholining jismoniy faollik darajasining pasayishi, ortiqcha vazn, homiladorlik, tug‘ruq sonining ko‘pligi, va boshqa omillar kindik churrasining avj olishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, zamonaviy tibbiyotda kam invaziv, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarining rivojlanishi ushbu kasallikni samarali davolashda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu sababli, ushbu mavzuning o‘rganilishi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Kindik churrasi — bu qorin devoridagi zaif joy orqali ichki a’zolarning kindik sohasidan tashqariga chiqib qolishi bilan kechuvchi patologik holat bo‘lib, u har xil yoshdagi insonlarda uchraydi. Ayniqsa, bolalar va tug‘ruqdan keyingi ayollar orasida ko‘p kuzatiladi. Davolash choralari vaqtida ko‘rilmasa, churraning qisilishi, qon aylanishining buzilishi, nekroz va peritonit kabi og‘ir asoratlar rivojlanishi mumkin. 10 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Davolash operatsiya usulida va konservativ bo’ladi. Operatsiyaga mutloq monelik qiladigan xollarga tug’ma yuraknuksoni, bolaning oy-kuni ancha to’lmasdan tug’ilishi va og’ir kallasuyagi-miya shikasti kiradi. Diametri 5-7 sm li churralarda qorin oralig’idevori qatlam- qatlam qilib tikiladi. Diametri 7-9 sm li churralarda faqat68teri tikiladi. Katta o’lchamli churralar qorin ichi bosimining xayot uchunxavfli oshib ketishi sababli operatsiyaga nisbiy monelik qiladigan xolxisoblanadi. Bunday xollarda churraga steril bog’lam qo’yiladi va qorindevorini yopishkoq plastir tilishlari bilan tortib qo’yiladi. Bundaychaqaloqlarning talaygina qismi peritonit va sepsisdan nobud bo’ladi. Agarbu kasallar oyi-kuni to’lib va qo’shilib keladigan og’ir rivojlanishnuqsonlarisiz tug’ilgan bo’lsalar Gross bo’yicha 2 boskichli operatsiyaqilish yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish mumkin. Go’daklarda kindik churralari xayotining dastlabki oylaridarivojlanadi yoki keyinchalik hosil bo’ladi. Bolalarda kindik churralari ularyig’laganda, qattiq yo’talganda va fimozda doimiy kuchanganda, oriqlabketganda vujudga keladi. Bolalarda kindik churralari odatda kattao’lchamli bo’lmaydi va oson joyiga tushadi. Qisilib qolish xollari kamdankam uchraydi. Davolash taktikasi churra turiga va bolaning yoshiga bog’liq.Chaqaloq va yosh bolalarda qorin pressi o’sishi va rivojlanishi jarayonidaodatda bola 3-5 yoshga, ba’zan 5-6 yoshga etganda churraning o’z-o’zidantuzalib ketishi kuzatiladi. Bundan kechroq muddatlarda kindik halqasio’zicha yopilmaydi. Operatsiya kilib davolash kerak bo’ladi. Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar imkonberadi:1) kindik soxasiga paxtaga o’ralgan yassi karton parchasini qo’yibqo’yish. Uning chekkalari churra teshigi chekkalarini yopib turishi lozim. Bog’lam 1 oycha qo’yiladi, so’ngra alishtiriladi;2) qorin pressini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan massajva gimnastika. Davo bolaning 1 oyligidan boshlanadi;3) qorin muskullarini doimiy tarang qilib turadigan asosiy kasalliknidavolash;4) to’g’ri rejim, vannalar, to’g’ri ovkatlanish. Konservativ davoyordam bermaganda (odatda 2-3 yildan keyin) va churra qisilgandaoperatsiya qilishga to’g’ri keladi. 2. Etiologiyasi va patogenezi Kindik churrasining rivojlanishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: Tug‘ma mushak zaifligi (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda) Homiladorlik va tug‘ruq Og‘ir jismoniy mehnat Ortiqcha tana vazni yoki semizlik Qorin sohasida avvalgi jarrohlik aralashuvlari Surunkali yo‘tal, qabziyat yoki ascit 3. Klinik belgilar Bemorlar quyidagi alomatlardan shikoyat qiladilar: Kindik sohasida yumshoq shishning paydo bo‘lishi Og‘riq yoki diskomfort, ayniqsa zo‘riqishda Shish paydo bo‘lishi va yo‘qolishi (yotgan holatda) Og‘ir hollarda — qisilish, ich ketmasligi, qusish, harorat ko‘tarilishi 4. Diagnostika Diagnostika quyidagi usullarga asoslanadi: Fizik tekshiruv (vizual va palpatsiya) Qorin bo‘shlig‘i UTT (ultratovush tekshiruvi) Kompyuter tomografiyasi (zarurat bo‘lsa) 11 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 5. Zamonaviy davolash usullari 5.1. Laparoskopik hernioplastika Ushbu minimal invaziv usul orqali 3–4 ta kichik kesim orqali churraning o‘rni tozalab, maxsus to‘r yordamida qorin devori mustahkamlanadi. Afzalliklari: 1.Kam og‘riq 2.Tez tiklanish 3.Kam asoratlar 4.Estetik jihatdan afzal 5.2. Ochiq usuldagi to‘rli
Доказательный фрагмент
«This article examines the causes, clinical symptoms, and modern treatment approaches for umbilical hernias.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the causes, clinical symptoms, and modern treatment approaches for umbilical hernias. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Umbilical hernia, laparoscopic surgery, mesh implantation, robot-assisted, diagnostika, robot-assistensiya, reabilitatsiya, zamonaviy tibbiyot, Kindik churrasi, to‘r implantatsiyasi, laparoskopik jarrohlik, operatsiyadan keyingi tiklanish, churraning qisilishi, minimal invaziv usul
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025