К содержанию
РецензированоUZ2026

MOLIYA BOZORINING ASOSIY INDIKATORLARI ASOSIDA INVESTITSIYA RISKLARINI BAHOLASH MEXANIZMLARI

Dobilova Nigora Axmadaliyevna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda moliya bozorining asosiy indikatorlari – fond indekslari, inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari va valyuta kurslari – asosida investitsiya risklarini baholashning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida so‘ngi yillar uchun statistik ma’lumotlar tahlil qilinib, korelatsiya, Value at Risk (VaR) va SWOT tahlil uslublari qo‘llanildi. Tezis risklarni kamaytirish va investitsion samaradorlikni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berilgan. Ushbu ish investorlar, tahlilchilar hamda moliyaviy siyosat ishlab chiquvchilar uchun foydali amaliy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Kalit soʼzlar: moliya bozori, investitsiya riski, fond indeksi, inflyatsiya, foiz stavkasi, valyuta kursi, Value at Risk, korelatsion tahlil, investitsion qarorlar, moliyaviy tahlil Global moliyaviy integratsiyalashuv jarayonlari sharoitida investitsiya faoliyatining muvaffaqiyati moliya bozoridagi axborotning chuqur va tizimli tahliliga bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Investorlar o‘z mablag‘larini yo‘naltirishda qarorlar qabul qilish jarayonida moliya bozorining asosiy indikatorlari – fond indekslari, foiz stavkalari, inflyatsiya ko‘rsatkichlari va valyuta kurslaridan keng foydalanadi. Ushbu indikatorlar nafaqat bozor sharoitlari haqida ma’lumot beradi, balki investitsiya risklarini aniqlash va baholashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Mamlakatimizda kapital bozorini chuqurlashtirish, investitsiya muhiti va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan islohotlar fonida, moliyaviy qarorlar samaradorligini oshirish dolzarb masalaga aylangan. Shu bois, moliya bozoridagi o‘zgarishlarni oldindan bashorat qilish, xavf darajasini baholash va investitsion portfellarning barqarorligini ta'minlash bugungi kunda nazariy va amaliy tadqiqotlar markazida turibdi. Moliya bozori zamonaviy iqtisodiy tizimda resurslar taqsimotining asosiy platformalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Undagi o‘zgarishlar butun iqtisodiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi, xususan, investitsion qarorlar jarayonida moliya bozori indikatorlari asosiy signal manbai bo‘lib xizmat qiladi. Investitsion faoliyat esa o‘z mohiyatiga ko‘ra, har doim ma’lum xavf bilan bog‘liq. Shuning uchun moliya bozori indikatorlarini aniqlash, ularni tahlil qilish va ular asosida 49 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference risklarni baholash hozirgi davrda alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Fond indekslari (birja ko‘rsatkichlari) Foiz stavkalari Inflyatsiya darajasi Valyuta kurslari Qimmatli qog‘ozlar hajmi va likvidligi 1-rasm. Moliya bozorining asosiy indikatorlari: turlari va ularning mazmuni Manba: Muallif ishlanmasi. Moliya bozorining holatini aniqlovchi ko‘rsatkichlar – bu iqtisodiy tizimning pul, kapital va qimmatli qog‘ozlar harakatiga oid holatini ifodalovchi statistik va bozor ko‘rsatkichlaridir. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Fond indekslari (birja ko‘rsatkichlari) – misol uchun, O‘zSE indeksining o‘sishi yoki pasayishi investorlar ishonch darajasini ifodalaydi. 2. Foiz stavkalari – kreditlar bo‘yicha markaziy bank stavkalari kapital narxiga va investitsion qarorlar tezligiga ta’sir qiladi. 3. Inflyatsiya darajasi – pulning xarid qobiliyati va real daromadga ta’sir ko‘rsatadi. 4. Valyuta kurslari – xorijiy investitsiyalar va import/eksport faoliyatidagi risklarni shakllantiradi. 5. Qimmatli qog‘ozlar hajmi va likvidligi – investorlar o‘z aktivlarini qay darajada tez va foydali realizatsiya qilish mumkinligini baholaydi. Bu indikatorlar har biri o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning kombinatsiyali tahlili asosida real investitsiya xavflari aniqlanishi mumkin. Investitsiya risklari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:  Bozor riski – narxlar o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.  Valyuta riski – kurslarning beqarorligi tufayli.  Inflyatsion risk – real daromadning pasayishi bilan bog‘liq. 50 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference  Likvidlik riski – aktivlarni tez realizatsiya qila olmaslik xavfi.  Foiz stavkasi riski – kredit narxlarining o‘zgarishidan kelib chiqadi. Mazkur risklarning har biri moliya bozori indikatorlariga bevosita bog‘liq. Misol uchun, inflyatsiya oshganda real daromad kamayadi, foiz stavkasi yuqori bo‘lsa, qarz mablag‘larini jalb qilish qiyinlashadi. Shuning uchun bu indikatorlar asosida risklarni aniqlash muhim ilmiy vazifa hisoblanadi. Baholash usullari: amaliy yondashuv. Zamonaviy tahliliy yondashuvlar quyidagi mexanizmlarni o‘z ichiga oladi: 1. Korelatsion tahlil – moliya bozori ko‘rsatkichlari bilan investitsiya oqimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun. 2. Value at Risk (VaR) – maksimal yo‘qotish ehtimolini aniqlash. 3. Scenario Analysis (stsenariy tahlil) – turli makroiqtisodiy sharoitlarda investitsiya rentabelligini baholash. 4. Stress-tahlil – inqiroz holatlarida aktivlarning barqarorligini aniqlash. Misol: O‘zbekiston bozorida 2017–2024-yillar oralig‘ida O‘zSE indeksining 6 yil davomida o‘sish tendensiyasida bo‘lish

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda moliya bozorining asosiy indikatorlari – fond indekslari, inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari va valyuta kurslari – asosida investitsiya risklarini baholashning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda moliya bozorining asosiy indikatorlari – fond indekslari, inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari va valyuta kurslari – asosida investitsiya risklarini baholashning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Value at Risk, inflyatsiya, investitsiya riski, korelatsion tahlil, moliya bozori, investitsion qarorlar, foiz stavkasi, fond indeksi, valyuta kursi, moliyaviy tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники