Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TAMOYILLARI ( XUSUSIY UNIVERSITETLAR MISOLIDA)
Joldasova Gozzal Aybekovna
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada xususiy universitetlar misolida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik tamoyillari tahlil qilinadi. Talabalar erkin muloqot muhitida, interaktiv va innovatsion metodlardan foydalangan holda mashg‘ulotlarga jalb etilganda, tanqidiy fikrlash shakllanib borishi ta’kidlanadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning malakasi, o‘quv jarayonining talaba shaxsiy qiziqishlari va ijtimoiy faoliyat bilan uyg‘unlashuvi, akademik mustaqillik va refleksiya jarayonlari ham tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omillar sifatida ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, xususiy universitet, pedagogik tamoyillar, interaktiv metodlar, innovatsion ta’lim, akademik mustaqillik, refleksiya, bahs- munozara, o‘qituvchining malakasi, mustaqil fikrlash. Tanqidiy fikrlash bugungi globallashuv davrida har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan eng muhim kompetensiyalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Insonda mustaqil fikrlash, muammolarni turli burchaklardan tahlil qilish va xulosa qilish ko‘nikmalarining shakllanishi bevosita ta’lim jarayonidagi yondashuvlar bilan chambarchas bog‘liq. Xususiy universitetlar, an’anaviy davlat universitetlariga nisbatan, o‘quv jarayonini zamonaviy talablarga mos ravishda dizayn qilish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida katta erkinlikka ega bo‘lib, talabalarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan turli usullardan foydalanishga intiladilar. Shu sababdan, xususiy oliy ta’lim muassasalarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish masalasi bugungi kun o‘zbek pedogogikasining diqqat markazida turibdi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik tamoyillari avvalo o‘quv jarayonida erkin muloqot muhitini yaratishga asoslanadi. Talaba o‘z fikrlarini dadil ifoda etishi, savollar berishi, bahslashishi va munozara qilishi uchun qulay sharoitlar bo‘lishi shart. O‘qituvchi bu jarayonda mutlaq “ustoz” yoki “nazorat qiluvchi” emas, balki yo‘naltiruvchi, hamkor, motivalovchi shaxs sifatida ishtirok etadi. Xususiy universitetlarda o‘quv jarayonining samarali yo‘lga qo‘yilishida kichik guruhlarda ishlash, loyihaviy ta’lim, muammoli ta’lim, “case study” va “role play” kabi metodlar joriy etilgani sababli, talabalar o‘zaro faol hamkorlikda bo‘ladi. Bunday hamkorlikdagi faoliyat davomida har bir talabaning mustaqil 64 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference tahlil qilish, mantiqiy bog‘liqliklarni topish, dalillarga suyanish, o‘z nuqtai nazarini aniq va ravon bayon qilish ko‘nikmalari bosqichma-bosqich rivojlanadi. Xususiy universitetlarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan yana bir tamoyil – o‘quv jarayonini talabaning shaxsiy qiziqishlari, kelajakdagi kasbiy maqsadlari bilan uyg‘unlashtirishdir. Agar talaba o‘zi o‘rganayotgan mavzularni real hayotdagi masalalar bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘lsa va bu mavzular uning kelajakdagi mutaxassisligi yoki ijodiy faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini his qilsa, uning tanqidiy fikrlashga bo‘lgan ishtiyoqi yanada kuchayadi. Shuning uchun ham ilg‘or xususiy oliy ta’lim muassasalarida fanlar kesimidagi integratsiya, interaktiv treninglar hamda amaliy loyihalar orqali talabaning motivatsiyasini oshirishga intilish kuzatiladi. Bu jarayonda tanqidiy fikrlash puxta qaror qabul qilish, takliflarni dalillar bilan isbotlash yoki rad etish, yangi g‘oyalar yaratish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda metodik yondashuvlar ham muhim o‘rin tutadi. An’anaviy ma’ruza va semestr yakunida imtihondan o‘tish modeli bugungi zamon talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Shu bois xususiy universitetlarda o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy media resurslardan foydalanish, interaktiv platformalar orqali muammoli topshiriqlarni ishlab chiqish tendensiyalari tobora kengayib bormoqda. Masalan, interaktiv veb-platformalarda foydalanuvchilarning masofaviy muloqoti, fikr almashinuvi, baholash jarayonlari o‘tkaziladi. Bu esa talabalar uchun mustaqil tarzda izlanish, dalil topish, turli manbalarni solishtirish, savollarga mantiqiy javob berish imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda, o‘qituvchi talabalar orasida moderatsiya, yo‘naltirish, qiyin savollar berish orqali tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiradi. Shuningdek, tanqidiy fikrlash tamoyillarini rivojlantirishda fikrlarning to‘qnashishi ham ijobiy natija beradi. Talabalar turli bahs-munozaralarga jalb qilinganda, o‘z pozitsiyasini himoya qilish, qarama-qarshi mulohazalarni tinglash, zarur dalillar to‘plash va tahlil qilishga majbur bo‘ladilar. Xususiy universitetlarda an’anaviy “kirish imtihonlaridan so‘ng passiv suhbatdosh” sifatidagi talaba modelidan voz kechilib, o‘qish jarayonida muntazam bahslar, debat klublari, mahorat darslari tashkil etilishi shu maqsadga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu jarayonda o‘qituvchi talabalar orasidagi bahsni konstruktiv yo‘nalishda boshqarib boris
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada xususiy universitetlar misolida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik tamoyillari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada xususiy universitetlar misolida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik tamoyillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion ta’lim, bahs-munozara, mustaqil fikrlash., interaktiv metodlar, o‘qituvchining malakasi, xususiy universitet, pedagogik tamoyillar, refleksiya, tanqidiy fikrlash, akademik mustaqillik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026