К содержанию
РецензированоUZ2026

AKSIYADORLIK TIJORAT BANKLARDA RISKLARNI SAMARALI BOSHQARISH VA KAMAYTIRISH YO‘LLARINI ISHLAB CHIQISH

MANAGEMENT AND ECONOMY · Jo‘rayev Sardor Jaloliddinovich · O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

This scientific thesis highlights the main types of risks encountered in the activities of joint-stock commercial banks, their causes, financial and operational impact on banking activities, and ways to effectively manage and reduce these risks. Within the framework of the study, the characteristics of credit risk, liquidity risk, operational risk, market risk, and legal risks, as well as the factors leading to their occurrence, were systematically analyzed. In particular, the current state, problems, and opportunities of the risk management system were studied based on the practice of commercial banks of Uzbekistan. 87 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference The thesis also highlights approaches based on Basel II and Basel III international standards, as well as the possibilities of identifying and assessing risks in real time through digital technologies. It also emphasizes the need to implement advanced methods such as automated risk monitoring, stress tests, and hedging in the practice of national banks. In conclusion, it is justified that risk management should be considered not only as a means of ensuring financial security, but also as a factor strengthening the strategic stability of the bank. Keywords: Risk, risk management, commercial bank, joint-stock bank, credit risk, liquidity risk, operational risk, market risk, legal risk, Basel II, Basel III, financial stability, internal control system, stress test, capital adequacy, risk monitoring, digital technologies, bank security, risk diversification, risk management policy. Asosiy qism Bank faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra tavakkalchilikka asoslangan bo‘lib, tijorat banklarining asosiy funksiyalari – kreditlash, to‘lovlar xizmatini ko‘rsatish, depozitlar jalb qilish, investitsiyalar kiritish – barchasi turli darajadagi risklarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, aksiyadorlik shaklidagi tijorat banklarida bu risklar bank kapitaliga, aktsiyadorlar manfaatlariga va umumiy moliyaviy barqarorlikka bevosita ta’sir qiladi. Shunday ekan, ushbu risklarni aniqlash, tahlil qilish, baholash va samarali boshqarish zamonaviy bank menejmentining eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bank risklari orasida eng asosiylari quyidagilardir: Kredit riski – bu qarz oluvchilarning o‘z majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarmasligi ehtimoli. Ushbu risk kredit portfelining sifatsizlanishiga, bank foydasining kamayishiga va kapital yetarliligining pasayishiga olib keladi. Banklarda kredit riskini baholashda mijozlarning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish, kredit reyting tizimini qo‘llash va monitoring mexanizmlarini joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Likvidlik riski – bank o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan likvid aktivlarga ega bo‘lmaganda yuzaga keladi. Bu risk omonatchilar ishonchini yo‘qotish va moliyaviy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Likvidlikni boshqarishda kundalik naqd pul oqimlari nazorati, rezerv fondlar va aktivlarni diversifikatsiya qilish muhim rol o‘ynaydi. Operatsion risk – ichki tizim xatoliklari, inson omili, texnik nosozliklar va firibgarliklar bilan bog‘liq. Bankda samarali ichki nazorat, audit bo‘limlari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining mavjudligi ushbu riskni kamaytiradi. 88 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Bozor riski – valyuta kurslari, foiz stavkalari va boshqa moliyaviy vositalar narxlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ushbu riskni boshqarishda hedj qilish, limit belgilash va stress-testlar muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy risk – noto‘g‘ri tuzilgan shartnomalar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar yoki nizolar tufayli yuzaga keladigan xavflarni bildiradi. Bu riskni kamaytirish uchun yuridik ekspertizalarni kuchaytirish, standartlashtirilgan hujjatlar bilan ishlash lozim. Xalqaro miqyosda bank risklarini boshqarishda Basel II va Basel III me’yorlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu standartlar bank kapitalining yetarliligi, likvidlik darajasi va xavfga mos kapital zaxiralarini shakllantirish talablarini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston banklari ushbu talablarga mos ravishda o‘z ichki siyosatlarini qayta ko‘rib chiqishlari zarur. Bugungi kunda banklar faoliyatida raqamli texnologiyalar risklarni boshqarishning yangi bosqichiga olib chiqmoqda. Masalan, kredit riskini baholashda avtomatlashtirilgan reyting tizimlari, xatarli operatsiyalarni aniqlashda sun’iy intellekt, firibgarliklarni aniqlashda “big data” texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. Biroq bu bilan birga raqamli risklar (kiberxavfsizlik, ma’lumotlar o‘g‘irlanishi, texnik buzilishlar) ham ortmoqda. Shu sababli risk menejment bo‘limlari texnologik infratuzilmani mustahkamlashga ham e’tibor qaratishi zarur. O‘zbekiston tijorat banklarida risklarni boshqarish amaliyoti hali to‘laqonli avtomatlashtirilmagan bo‘lib, ko‘p hollarda inson omiliga tayaniladi. Risk menejment siyosatlari ko‘plab banklarda mavjud bo

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis highlights the main types of risks encountered in the activities of joint-stock commercial banks, their causes, financial and operational impact on banking activities, and ways to effectively ma…»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis highlights the main types of risks encountered in the activities of joint-stock commercial banks, their causes, financial and operational impact on banking activities, and ways to effectively ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Risk, risk management, commercial bank, joint-stock bank, operatsion risk, risk menejment siyosati., kredit riski, kapital yetarliligi, Basel III, risklarni boshqarish, ichki nazorat tizimi, bozor riski, xavf monitoringi, Basel II, bank xavfsizligi, tavakkalchilikni diversifikatsiyalash, moliyaviy barqarorlik, tijorat banki, aksiyadorlik bank, raqamli texnologiyalar, huquqiy risk, stress-test, likvidlik riski
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники