Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSNING AXLOQIY TARBIYASI SHAKLLANISHIDA, MILLIY ETNIK URF-ODAT VA AN’ANALARNING O‘RNI
Jo‘rayev Atham Qoraqulovich
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada har bir individning shaxs bo‘lib shakllanishida va o‘z etnik qadriyatlari, urf-odatlari hamda an’analarining yosh avlodning axloqiy tarbiyasini shakllantirish shuningdek turli xalqlar bilan millatlararo munosabatlarning rivoji, oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Kalit so‘z: Ijtimoiy munosabatlar tarixiy tajriba, milliy qadriyat, ta’lim va tarbiya, ma’naviy va axloqiy qadriyat, milliy xarakter. Bizga ma’lumki, har bir individ shaxs sifatida shakllanar ekan, faqat o‘zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida bo‘lib qolmasdan, shuningdek, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, to‘plangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy qadriyatlar ta’siri ostida ham shakllanadi. Bunda ayniqsa, har bir xalqqa xos bo‘lgan milliy urf-odat va an’analarning roli kattadir. Shunday ekan, etnopsixologiyaning asosiy o‘rganish ob’ektlaridan bo‘lgan urf-odat, an’ana, udum va turli marosimlarni atroflicha o‘rganish, ularni vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi, saqlanishi va o‘zgaruvchanligi kabi qonuniyatlarini ochib berish ham nazariy, ham amaliy jihatdan ahamiyatga molikdir,[1Etnopsixologiya]. Qolaversa yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o‘rni katta. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi. Biron bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Har bir davrning, shuningdek har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy- geografik sharoitiga mos bo‘lib tushadigan va uni o‘zida aks ettiradigan urf-odat va an’analari bo‘ladi. Odamzot ongli hayot kechira boshlagandan buyon vujudga kelgan urf-odat va marosimlar, udum va an’nalarni hisoblab chiqish qiyin. Milliy urf-odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, ahloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlangan bo‘ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug‘iladi,[2]. Har bir xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum norma va yo‘l- yo‘riqlarini yaratadi. Bu norma va yo‘l-yo‘riqlar avloddan-avlodga o‘tishi bilan takrorlanib, urf-odat va an’analarga aylanib qoladi. Shakllangan urf-odat va 18 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference an’analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida shaxsning axloqiy tarbiyasi, hulq-atvorlarini ijtimoiy jihatdan belgilovchi, boshqarib turuvchi va shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi. Qaysi bir urf-odat va an’anani, udum yoki marosimni ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganmasdan turib qaraydigan bo‘lsak, ular bir qarashda, manisiz, bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa ularning barchasi kelib chiqishi bo‘yicha xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan va ularning ma’lum moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilgan.[3] Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirining chinakkam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Taniqli faylasuf olim J.Tulyenov fikricha «Qadriyatlar dyeyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushunilmog‘i lozim». Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi,[4]. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy - ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu sohada olib borilgan ko‘p yillik ilmiy izlanishlarimiz milliy qadriyatlar o‘zbek xalqining ma’naviy sifatlari, moddiy boyliklarini hamda ijtimoiy- siyosiy an’analarini qamrab oladi deb xulosa chiqarishimizga imkon berdi Milliy qadriyatlar muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning o‘tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog‘liqdir deb falsafa bo‘yicha qomusiy lug‘atda ta’rif berib o‘tilgan,[5] Milliy qadriyatlarni o‘rganishda talabalarda milliy g‘oya, milliy ong, milliy g‘urur tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish lozimligini ko‘rsatadi. Chunki milliy g‘ururi bo‘lmagan inson hech qachon Vatan boyliklari qadriga yetmaydi, uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya’ni vatanparvar, fidoyi inson bo‘lib yetisha olmaydi. Bu narsa insonlar psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan fenomen hisoblanadi. Chunki, mustahkamlanib qo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada har bir individning shaxs bo‘lib shakllanishida va o‘z etnik qadriyatlari, urf-odatlari hamda an’analarining yosh avlodning axloqiy tarbiyasini shakllantirish shuningdek turli xalqlar bilan millatlararo…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada har bir individning shaxs bo‘lib shakllanishida va o‘z etnik qadriyatlari, urf-odatlari hamda an’analarining yosh avlodning axloqiy tarbiyasini shakllantirish shuningdek turli xalqlar bilan millatlararo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ijtimoiy munosabatlar tarixiy tajriba, milliy qadriyat, milliy xarakter., ma’naviy va axloqiy qadriyat, ta’lim va tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025