К содержанию
РецензированоUZ2026

QARSHI SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING TASHQI SAVDO FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING UZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xudoyorov Laziz Niyozovich · Mamatova Elenur Ro‘zimurod qizi

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish holati, YaIM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot ko‘rsatkichlaridagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘llari bo‘yicha takliflar ilgari so‘rilgan. Kalit so‘zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, eksport, sanoat, o‘zini-o‘zi band qilish, servis, bozor infratuzilmasi. Hozirgi zamon sanoat va ishlab chiqarish sohalarida texnologik jarayonlarni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Texnologik jarayonlar murakkab va ko‘p bosqichli bo‘lib, ularni nazorat qilish va optimallashtirish katta e’tibor talab qiladi. Shuning uchun texnologik jarayonlarni monitoring qilish va vizualizatsiya qilish usullari ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli texnologiyalar ijtimoiy farovonlik o‘sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha ma’lum bosqichlarni bosib o‘tdi. Salkam 34 yil davomida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi borasida bir qator me’yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar negizida kichik biznes sub’ektlari rivojlanish bosqichlarini tasniflab chiqdik O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’yektlari turli chegaralarining amal qilish bosqichlari 74 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference 2020 keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘ g‘risida”gi (2022 yil 30 avgustdagi PQ-364-son Qarori) Qolaversa 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 29-maqsadiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish, sharoiti o g‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash, ishsizlik va kamba g‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish, iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimiz hududlarida kamba g‘allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish, o‘zini-o‘zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Taxlil va natijalar Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o‘z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin, kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va yengiliklarga ega bo‘lish imkonini beruvchi korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub’ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko‘plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o‘z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. 75 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Qashqadaryoda bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida, 2023- yil yanvar-iyul oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 345599,5 ming AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 326672,9 m

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish holati, YaIM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot ko‘rsatkichlaridagi ulushi tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish holati, YaIM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot ko‘rsatkichlaridagi ulushi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xususiy tadbirkorlik, servis, sanoat, kichik biznes, eksport, bozor infratuzilmasi., o‘zini-o‘zi band qilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники