К содержанию
РецензированоUZ2026

DISKURS ATAMASINING TARIXI VA UNING BUGUNGI LINGVISTIK QARASHLARDAGI TAHLILI

EDUCATION SYSTEM · QARASHLARDAGI TAHLILI · Abdumalikova Dilfuza

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada diskurs tushunchasining tarixi va zamonaviy lingvistik qarashlardagi tahlili ko‘rib chiqiladi. Diskurs dastlab nutq ma’nosida tushunilgan bo‘lsa-da, keyinchalik ijtimoiy, madaniy va siyosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq murakkab fenomen sifatida shakllangan. Maqolada diskurs nazariyasining asosiy xususiyatlari, tadqiqotchilar hissasi, lingvistik va sotsiolingvistik tahlil metodlari hamda diskursning bugungi madaniy-muloqot jarayonlaridagi roli yoritiladi. Kalit so‘zlar: Diskurs, lingvistika, ijtimoiy kontekst, diskurs tahlili, madaniy fenomen, M. Fuko, ijtimoiy konstruksiya, til va jamiyat, kritik tahlil, intertekstuality. Diskurs tushunchasi ilmiy adabiyotlarda ko‘p qirrali va ko‘p ma’noli kategoriya sifatida qaraladi. Bu atama dastlab fransuz tilidan kirib kelgan bo‘lsa- da, bugungi kunda turli xil ilmiy sohalar – tilshunoslik, adabiyotshunoslik, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va boshqa fanlar doirasida izchil o‘rganilmoqda. Diskurs atamasi, odatda, nutq yoki matn me’yori bilangina cheklanmay, balki yanada keng ma’no kasb etadi. Diskurs – muayyan tarixiy, madaniy, ijtimoiy kontekstda yaratiladigan, tarqatiladigan va idrok etiladigan lingvistik faoliyatdir. Bunda til faqatgina aloqa vositasi emas, balki voqelikni tushunish, uni qayta shakllantirish, uni turli rakurslarda talqin qilish quroliga aylanadi. Diskurs tushunchasining paydo bo‘lishi va shakllanishiga ko‘plab olimlar hissa qo‘shgan. Shu jumladan, M. Fuko, T. van Dayk, N. Fairklaf, J. Laklo, S. Jijen, D. Shiffrin kabi ilmiy tadqiqotchilar diskurs atamasining nazariy asoslari, metodik tahlillari va turli ko‘rinishlarining tadqiqiga e’tibor qaratganlar. Tarixan olganda, “diskurs” so‘zining ildizi lotin tiliga borib taqaladi: “discursus” – “yugurish, harakatlanish, tarqalish” degan ma’noni bildiradi. Asta- sekin u fransuz tiliga “discours” shaklida o‘tgan va nutq yoki ma’ruza ma’nosida ishlatilgan. Ilk paytlarda faqatgina lisoniy matn doirasida qolgan bu atama, keyinchalik til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni izohlashda, ijtimoiy hodisalarni anglashda ham asosiy kategoriya sifatida qarala boshladi. Diskurs atamasi ilk bor fransuz faylasuflari va lingvistlarining asarlarida muntazam 210 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference ravishda qo‘llanila boshlagan. Xususan, M. Fuko diskursni ijtimoiy voqelikni ma’lum bir tartibda shakllantiruvchi, uni tizimli ravishda boshqaruvchi, nazorat qiluvchi bilim majmui sifatida talqin etadi. Uning nazarida, diskurs – bu ma’lum bir davrda yoki tarixiy sharoitda yuzaga keladigan ijtimoiy-tarixiy qurilish bo‘lib, unda qudratli ijtimoiy institutlar va “haqiqat”ni belgilab beruvchi omillar ishtirok etadi. Bu nuqtayi nazar diskursni faqatgina tilshunoslik obyekti sifatida emas, balki ijtimoiy-falsafiy konstruksiya sifatida ham tushunishga olib keladi. Keyinchalik T. van Dayk diskursni lingvistik, ijtimoiy va kognitiv jarayon sifatida o‘rganishga e’tibor qaratdi. U nutqni shunchaki tuzilishi, grammatik qurilishi yoki lingvistik xususiyatlari orqali emas, balki uning ijtimoiy konteksti, psixologik jarayonlari va mavzuli xususiyatlari orqali ko‘rib chiqishni taklif qildi. Diskurs tahlili metodlari shu tariqa tilshunoslikning tor yo‘nalishidan chekinib, ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq, ko‘p sohali (multidissiplinar) tadqiqot metodiga aylandi. Masalan, diskurs tahlili siyosiy matnlarning siyosiy manipulyatsiyasi, ijtimoiy yoki media matnlarning ijtimoiy konstruksiyasi, adabiy matnlarning estetik talqini kabi ko‘plab masalalarni o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Diskurs atamasi, avvalo, sof lingvistik mavzu emasligiga qaramasdan, uning zamonaviy lingvistik qarashlardagi o‘rni muhimdir. Hozirgi tilshunoslikda diskurs, nutqiy faoliyatning ma’lum bir sharoitdagi kognitiv, ijtimoiy, madaniy, psixologik omillar bilan o‘zaro aloqadorligi orqali o‘rganiladi. Masalan, N. Fairklaf kritikal diskurs tahlilini ishlab chiqib, diskursning ijtimoiy kuch bilan bo‘lgan munosabatini tushuntirishga e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra, diskurs – ijtimoiy hayotni ifoda etish vositasi bo‘libgina qolmay, balki uni o‘zgartirish, kuchaytirish yoki yangi shaklga keltirish qudratiga ham ega. Diskurs ijtimoiy munosabatlarni ifodalash barobarida ularni idora qiladi ham. Shuning uchun diskurs tahlilida nafaqat matnni lingvistik jihatdan tahlil qilish, balki ijtimoiy yoki siyosiy ma’nolarni ham ochish muhimdir. Bugungi lingvistik qarashlarda diskurs terminining tahlili bir necha yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, interaktiv yoki kommunikativ diskurs tadqiqi. Bunda suhbatdoshlarning nutqiy xatti-harakatlari, muloqot jarayoni, replikalar, kontekst va vaziyat hisobga olinadi. Qisqasi, diskurs – so‘zlashuv jarayonida ishtirokchilarning nutqiy qarorlarini, strategiya va taktika usullarini, xulq-atvorini ifoda qiluvchi tushuncha. Ikkinchidan, madaniy va ijtimoiy zamindagi diskurs tahlili. Bu yo‘nalishda diskurs jamiyatdagi ijtimoiy ro‘llar, ijtimoiy kuchlar, ide

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada diskurs tushunchasining tarixi va zamonaviy lingvistik qarashlardagi tahlili ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada diskurs tushunchasining tarixi va zamonaviy lingvistik qarashlardagi tahlili ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy kontekst, diskurs tahlili, Diskurs, ijtimoiy konstruksiya, madaniy fenomen, lingvistika, intertekstuality., M. Fuko, kritik tahlil, til va jamiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники