Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZUBTURUM TARKIBIDAGI ASKORBIN KISLOTASI KIMYOVIY ANALIZI
Ramazonov Akram Akmal oʻgʻli
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Katta zubturum ( Plantago major L.) tarkibidagi foydali moddalar, shu jumladan askorbin kislotasi haqida umumiy ma’lumot, geografik tarqalishi, mahsulot tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi va analizi, qo’llaniladigan qismi hamda dorivor preparatlari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zi: Askorbin kislotasi, katta zubturum (Plantago Major L.) , Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasi, plantoglutsid preparati, nastoyka, teri, kuydurgi, nafas yo’li, me’da-ichak, Askorbin kislotasi (vitamin C) tibbiyotda juda katta ahamiyatga ega, chunki u organizmning ko‘plab biologik jarayonlarida faol ishtirok etadi. Askorbin kislotasi kuchli antioksidant bo‘lib, erkin radikallarni zararsizlantiradi. Bu xususiyati tufayli qarish jarayonini sekinlashtiradi, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi. Askorbin kislotasi kollagen hosil bo‘lishi uchun zarur kofaktor bo‘lib, terining sog‘lomligi va yaralarning tez bitishiga yordam beradi. Immun hujayralar (leukotsitlar) faoliyatini kuchaytiradi. Virus va bakteriyalarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Askorbin kislotasi ovqat tarkibidagi temirning (Fe²⁺) organizmga yaxshi so‘rilishiga yordam beradi. Ayniqsa, temir tanqisligi anemiyasini davolashda foydali. Kollagen sintezini rag‘batlantirganligi sababli, askorbin kislotasi suyak to‘qimalari va tishlar uchun muhimdir. Askorbin kislotasi qora smorodinada 300; Namatak (mevasida) va katta zupturmda 300; Ukropda 135; Limonda 40; Karamda 30; Yangi kartoshkada 35; Ko‘k piyoz 60 mg/100 g bo’ladi. Katta zubturum (Plantago Major L.) Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasiga mansub bo’lib, kalta va yog’on ildizpoyali, poyasiz ko’p yillik o’t o’simlik. Yer ustki qismini ildizoldi barglari va 10-15 sm balandligdagi gul o’qi tashkil qiladi. Barglari uzun, qanotli bargli, keng tuxumsimon yoki keng ellipissimon, tekis qirrali, 3-9 ta yoysimon asosiy tomirli bo’ladi.Gul o’qi bitta yoki bir nechta. Mayda, ko’rimsiz, to’rt bo’lakli gullari o’qi ichidagi boshoqsimon to’pgulga joylashgan. Mevasi-tuxumsimon, ko’p urug’li ko’sakcha. Zubturum iyun-sentabr oylarida gullaydi va mevasi yetiladi. Kimyoviy tarkibi. O’simlikning yer ustki qismi tarkibida 0.1% efir moyi, shilliq moddalar, saponinlar, aukubin glikozidi, C vitamini (300mg% gacha) va K vitamini, 4.5-32.91 mg% karotin, flavonidlar (lyuteolin, apigenin, baykalalien va 30 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ularning glikozidlari), organik kislotalar, oshlovchi va boshqalar) urug’ida 22%gacha yog’, 44%gacha shilliq va boshqa biologok faol moddalar mavjud.Askorbin kislota — kristall modda; skorbutga qarshi vitamin. Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, ignabargli daraxtlar yaproklarida, ayniqsa hoʻl meva va sabzavotlarda koʻp. Bu vitamin issiqqa chidamsiz, yuqori temperaturada buziladi. Askorbin kislota organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashadi. Uning ovqatda yetishmasligi qon tomirlarning shikastlanishi, qon oqishi bilan kechadigan lavsha (skorbut) kasalligiga sabab boʻladi. Katta zubturumning dorivorlik xususiyatlari. Katta zubturumning dorivor preparatlaridan (damlamasi, yangi yig’ib olingan bargi yoki yer ustki qismining konservatsiya qilingan shirasi, shirasidan tayyorlangan plantoglusit preparadi) meda-ichak kasalliklari (gastrit, enterid, enterokolid), yog’on ichakning yallig’lanishi, meda va o;n ikki barboq ichakning yara kasalligini davolashda foydalaniladi. Bundan tashqari, meda shirasining kislotaligini kamayib ketgan holda ham ishlatiladi. Bargi yoki yer ustki qismi shirasi bilan tuzalishi qiyin bo’lgan kolit kasalligi va yaralar davolanadi. Zubturum bargi yo’talga qarshi ishlatiladigan yig’malar- choylar tarkibiga kiradi. Zubturum qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng ishlatib kelingan o’simlik hisoblanadi. Uning bargi bilan Abu Ali ibn Sino o’z vaqtida qiyin bitadigan yaralarni, shishlarni (xavfli shishlarni ham), ko’z yallig’lanishi, jigar, buyrak va boshqa kasalliklarni davolagan hamda qon to’xtatish uchun ishlatgan. Jigar va buyrak kasalliklarini hamda qon tupurishda bemorga zubturum urug’ining qaynatmasini ichirgan. Bargidan tayyorlangan damlamasi yoki quritilmagan barg shirasi xalq tabobatida nafas yo’llari, ko’z, teri, bezgak, yo’g’on ichak yallig’lanishi va turli yuqumli kasalliklarni hamda kuydirgini davolashda ishlatiladgan Zubturum urug’idan tayyorlangan qaynatmasi yoki shakarga aralashtirib qovurilgan urug’i bilan yo’tal, isitma va boshqa kasalliklar davolanadi. Zubturumning yangi yig’ilgan bargini ezib teng miqdorda shakar aralashtiriladi va issiq joyda 3 hafta saqlanadi. So’ng shu aralashmadan ajralib chiqqan shiradan kuniga 3-4 choy qoshiqda o’pka va meda raki kasalligini davolash uchun bemorga ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. E.T.Berdiyev, E.T.Axmedov Tibbiy dorivor o’simliklar. Toshkent-2018 2. H.X.Xolmatov O’.A.Ahmedov Farmakognoziya. Toshkent-2021 3. Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment //European scien
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Katta zubturum ( Plantago major L.) tarkibidagi foydali moddalar, shu jumladan askorbin kislotasi haqida umumiy ma’lumot, geografik tarqalishi, mahsulot tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi va analizi, q…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Katta zubturum ( Plantago major L.) tarkibidagi foydali moddalar, shu jumladan askorbin kislotasi haqida umumiy ma’lumot, geografik tarqalishi, mahsulot tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi va analizi, q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- plantoglutsid preparati, Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasi, nastoyka, kuydurgi, Askorbin kislotasi, teri, katta zubturum (Plantago Major L.), me’da-ichak, nafas yo’li
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024