К содержанию
РецензированоEN2026

DIZARTRIK BOLALARNING MONOLOGIK NUTQINI RIVOJLANTIRISH

Ismatova Dilso’z

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article explores various aspects of the development of monologic speech in children with dysarthria and addresses the effective organization of correctional pedagogical work. It discusses the stages of establishing a systematic correctional approach and highlights the application of modern speech therapy knowledge and skills throughout the process. Keywords: Dysarthria, monologic speech, thinking, articulatory exercises, phonation, vocabulary, story composition. Bugungi kunda logopediya sohasida nutq buzilishlarini erta aniqlash va ularni tuzatishga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, dizartriya tashxisli bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiylashuv jarayoniga to‘laqonli qo‘shilishini ta’minlash uchun muhim shartlardan biridir. Dizartrik bolalar nutq a’zolarining innervatsiyasi va motorikasi buzilishi sababli, og‘zaki ifoda qilish, ayniqsa monologik nutqni shakllantirishda sezilarli qiyinchiliklarga duch keladilar. Dizartriya — bu markaziy yoki periferik nerv tizimi shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqning talaffuz, tempo, ritm, intonatsiya, nafas va 121 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ovoz chiqarish jarayonlariga ta’sir etuvchi buzilishidir. Bunday bolalarda artikulyatsion apparatning muskullarida kuchsizlik, sust harakat, va koordinatsiyaning buzilishi kuzatiladi. Bu esa monologik nutqni rivojlantirishda jiddiy to‘siqlar kuzatiladi. 2. Monologik nutq va uning ahamiyati Monologik nutq — bu shaxsning mustaqil tarzda fikrini bayon qila olish qobiliyatidir. Bu ko‘nikma bolalarning tafakkur, emotsional va ijtimoiy faolligini rivojlantiradi. Dizartrik bolalarda monologik nutq rivojlanmaganligi sababli, ular o‘z fikrini ifoda etishda qiynaladilar, bu esa maktabgacha va maktab ta’limida muammolarga olib keladi.Bunday hollarda birmuncha ta’lim moslashishda ham muammolar keltirib chiqaradi va bu bolalarning psixologik va ruhiy holatiga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. 3. Monologik nutqni rivojlantirish usullari Dizartrik bolalarda monologik nutqni rivojlantirish uchun logopedik ish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: Artikulyatsion mashqlar: lab, til, yumshoq tanglay harakatlarini faollashtirish.Bunda mashg’ulotlarda artikulyatsion mashqlar yordamida bolaning artikulyatsiyasini tayyorlaymiz turli xil metodikalar o’yinlar orqali. Nafas olish va fonatsiya mashqlari: nutq nafasini boshqarish, ovoz kuchini oshirish.Nafas mashqlariga alohida urg’u beramiz . So‘z boyligini oshirish: mavzuli suratlar asosida hikoya tuzish, bog‘lovchi so‘zlardan foydalanish.Bu bosqichda lug’at boyligini oshirish va kengaytirish ustida ishlanadi . Matn bilan ishlash: kichik matnlarni eshitib qayta bayon qilish, rasm asosida hikoya tuzish. Dialogdan monologga o‘tish: savol-javob shaklida boshlanib, mustaqil hikoya qilishga o‘tish. Bu bosqich ham juda katta ahamiyatga ega ya’ni bola mustaqil ravishda hikoyalarni so’zlab berish ko’nikmasini shakllantirsh. Amaliy tajriba ko‘rsatadiki, tizimli logopedik mashg‘ulotlar orqali dizartrik bolalarda og‘zaki nutq faolligi ortadi, monologik bayon qilishga qiziqish paydo bo‘ladi. Rivojlantiruvchi o‘yinlar, ko‘rgazmali materiallar va vizual tayanchlardan foydalanish metodik samaradorlikni oshiradi. Xulosa Dizartrik bolalarda monologik nutqni rivojlantirish — bu murakkab va bosqichma-bosqich olib boriladigan jarayon. Logopedik ishlar nafaqat artikulyatsiya va fonatsiyani yaxshilaydi, balki bolalarning fikrlash, eslab qolish 122 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference va muloqotga kirishish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shu bois, logopedlar, defektologlar va pedagoglarning uzviy hamkorligi orqali bu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ахутиной Т.В., Тумановой Т.А. «Логопедия. Нарушения речи у детей» – Москва, 2015. 2. Жаркова Н.Е. «Коррекционная работа при дизартрии у детей» – Санкт-Петербург, 2012. 3. Розенберг Л.А. «Методика развития связной речи у дошкольников с речевыми нарушениями» – Москва, 2018. 4. Mamatova S.A. «Logopediya asoslari» – Toshkent, 2020. 5. Qodirova G.T. «Maxsus pedagogika» – Toshkent, 2019. 123

Доказательный фрагмент

«This article explores various aspects of the development of monologic speech in children with dysarthria and addresses the effective organization of correctional pedagogical work.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores various aspects of the development of monologic speech in children with dysarthria and addresses the effective organization of correctional pedagogical work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dysarthria, monologic speech, thinking, articulatory exercises, lug’at boyligi, fonatsiya, tafakkur, monologik nutq, artikulyatsion mashqlar, Dizartriya, hikoya tuzish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники