Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR BOG’LANGAN NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA OLIB BORILADIGAN KORREKSION - LOGOPEDIK ISH TIZIMIDA ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI
ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI · Shakirova Salima Yusipbay qizi · Ajiniyoz nomidagi NDPI Maktabgacha tarbiya
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article examines the characteristics of speech in children with underdeveloped speech, connected speech, developing aesthetic taste for children's mental development using fairy tale therapy, types of fairy tale therapy, and their impact on children's overall development. Ключевые слова: речь, сказкотерапия, связная речь, дидактика, коррекция, диалог, монолог, лексический, грамматический Keywords: speech, fairy tale therapy, coherent speech, didactics, correction, dialogue, monologue, lexical, grammatical Nutq bu - murakkab psixologik faoliyatdir. Nutqning to'liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo'lishi, lug'atning kambag'alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari, bog‘langan nutqdagi buzilishlar kuzatiladi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o'zining kelib chiqishi bo'yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko'rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi nuqtayi nazarga asoslanadi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g'oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish logoped zimmasidadir. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik kо‘rinishlari mavjudligini kо‘rsatdi. Mamlakatimizda nutq kamchiligiga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion –pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borishda katta e’tibor berilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichida butun bir yo‘nalish pedagogikaning o‘yin usullari shakllangan bo‘lib, ular ertak terapiyasiga yondashuvni maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishning yetakchi usuli sifatida ko‘rib chiqadi. [3] 141 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bog‘langan nutq nutq faoliyatining eng murakkab shaklidir. U izchil tizimli kengaytirilgan bayon etilgan xarakteriga ega. Bog‘langan nutqning asosiy vazifasi kommunikativlik hisoblanadi. U ikki asosiy shaklda - dialog va monologda amalga oshiriladi. Dialog nutq shakli sifatida replika, nutqiy reaksiyalar zanjiridan iborat bo‘lib, u yo bir-birini almashtiruvchi savol-javoblar shaklida, yoki ikki yoki undan ortiq ishtirokchilarning suhbati tarzida amalga oshiriladi. Dialog suhbatdoshlar idrokining umumiyligiga, vaziyatning umumiyligiga, gap nima haqida ketayotganini bilishga tayanadi. Monologik nutq bir shaxsning bog‘lanishli nutqi sifatida tushuniladi, uning kommunikativlik maqsadi voqelikning ba’zi faktlarini xabar qilishdir. Monolog nutqning eng murakkab shakli bo‘lib, ma’lumotni maqsadga muvofiq yetkazishga xizmat qiladi. Monologik nutqning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: bayonotning bir tomonlamaligi, ixtiyoriyligi, mazmunning tinglovchiga yo‘naltirilganligi. Bog‘langan nutqning har ikkala shaklini (dialog va monolog) rivojlantirish bolaning nutqini o‘stirish jarayonida yetakchi o’rin egallaydi va maktabgacha ta’lim muassasalarida korreksion logopedik ishlarda umumiy tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Bog‘lang’an nutqqa o‘rgatishni ham maqsad, ham tilni amaliy egallash vositasi sifatida qarash mumkin. Nutqning turli tomonlarini o‘zlashtirish bog‘langan nutqni rivojlantirishning zaruriy sharti hisoblanadi va shu bilan birga bog‘langan nutqni rivojlantirish bolaning alohida so‘zlar va sintaktik tuzilmalardan mustaqil foydalanishiga yordam beradi. Nutqning to’liq rivojlanmaganligini R.E. Levina (1961) uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo’q bo’lishidan to fonetik- fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bo’lgan mukammal nutq buzilishigacha. Nutq to’liq rivijlanmaganligining I darajasi nutqning bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug’at boyligi kambag’al, noaniq bo’ladi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo’ladi. Narsa va hodisalarni farq qilmagan holda ifodalash, so’zlarning ko’p ma’noga ega bo’lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: «tu-tu»-mashina, parovoz, samalyot, qayiq; «taq»-yiqildi, tushurib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu bolalarning passiv lug’ati aktiv lug’atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni tushunish pasaygan bo’ladi, ular ko’p so’zlarning ma’nosini tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg’unlik bo’lmaydi, tovushlar bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o’quv buzilgan 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bo’ladi. Nutq to’liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bo’lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo’yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo’ladi. Nutq to’liq rivojlanmaganligining II darajasi-dastlabki keng qo’llanadigan odatdagi nutqning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug’at boyligiga ega bo’ladilar. Ular narsalar, xodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing qo’pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo’lad
Доказательный фрагмент
«This article examines the characteristics of speech in children with underdeveloped speech, connected speech, developing aesthetic taste for children's mental development using fairy tale therapy, types of fairy tale…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the characteristics of speech in children with underdeveloped speech, connected speech, developing aesthetic taste for children's mental development using fairy tale therapy, types of fairy tale… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech, fairy tale therapy, coherent speech, didactics, речь, лексический, диалог, дидактика, грамматический, коррекция, связная речь, сказкотерапия, монолог
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024