Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBASI BO’LGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING TAHLILI
Xudoynazarova Nasibaxon
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqoladan ko’zlangan maqsad o’zbek tili leksikasining boyish manbasi bo’lgan neologizmlar va ularning tahlili haqida gap boradi.Bir qancha tilshunosh olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadbiq etish borasida bir qancha vazfalar belgilangan bo’lib, keying vazifa o’zbek tilining sistemaviy lug’atini tuzish etib belgilandi.Maqolada o’rganish obyekti etib o’zbek tili leksikasidagi o’zlashma so’zlar- neologizmlar olindi. Materiallar ,asosan ,eski va yangi nashrdagi “O’zbek tilining izohli lug’ati” dan hamda bir qancha lug’atlardan to’plandi.Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi. Kalit so’zlar:Leksikologiya, leksika, leksema, o’zlashma so’zlar, neologizmlar, terminlar, lug’at, individual neologizm, ichki manbalar, tashqi manbalar Til -millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqini keltirishimiz mumkin: “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”.Tilning jamiyat bilan hamnafas yuradigan,undagi o’zgarishlarni o’zida aks ettiradini talab etadigan muhim bo’limi leksika hisoblanadi.Leksika tildagi o’zgarishlarni o’zidan boshqa doiralarga kengroq aks ettiradi. Fan hamisha rivojlanishda va taraqqiyotda. Bugungi kunda u misli ko’rilmagan darajada jadal tus oldi. Agarda hozirgi zaminga nazar soladigan bo’lsak, bizni o’rab turgan kurrai zamin zamonaviy texnologiyalar qurshovida ekanligini guvohi bo’lamiz.Texnologiya tobora rivojlangani sari nutqimizda yangi so‘zlar ham ko‘payib bormoqda. Neologizmlarning yaralishi va tarqalishi asosan fan-texnikaning rivojlanishi bilan bog‘liq.Ayni damda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlarning siyosiy,iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida tillararo so’zlarning biridan 27 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference boshqasiga o’tishi jadallashmoqda.Hozirgi kunda nafaqat fan-texnika, balki ilmiy, rasmiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida va barcha sohalarda, shuningdek iqtisodiy sohada ham bir qancha neologizmlarni uchratmoqdamiz.Bu jarayon ha bevosita o’zbek tiliga ta’sir qilmoqda va o’zbek tili leksikasi o’zlashma so’zlar-neologizmlar hisobiga boyishiga xizmat qilmoqda. S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko‘p qirralidir. . Uning vazifasi, bir tomondan,jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so‘z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir. Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi. 1 Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi Neologizm'''( qadimgi yunon tilidan - néo- , "yangi" va lógos , "so'z, nutq") nisbatan yangi va kam qoʻllanadigan atama, so'z yoki ibora bo'lib, umumiy foydalanish jarayonida bo'lishi mumkin, lekin hali ham mavjud emas. to'liq qabul qilingan. umumiy tilga. Neologizm ko'pincha madaniy va texnologik o'zgarishlar bilan bog'liq. Tilning shakllanish jarayonida neologizmlar protologizmlarga qaraganda ancha etukroqdir . Rivojlanish bosqichi protologiya (yangi yaratilgan) va neologizm (yangi so'z) o'rtasida bo'lgan so'z prelogizm deyiladi . O‘zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelish hisobiga o‘zgarib, rivojlanib boradi. O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o‘z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi. O‘zbek tilining birinchi yo‘l bilan boyib borishi imkoniyatlari juda kengdir. Masalan: ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor) va boshqalar; dialektal (shevadagi) so‘zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) 1 28 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online c
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqoladan ko’zlangan maqsad o’zbek tili leksikasining boyish manbasi bo’lgan neologizmlar va ularning tahlili haqida gap boradi.Bir qancha tilshunosh olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadbiq etish borasida…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqoladan ko’zlangan maqsad o’zbek tili leksikasining boyish manbasi bo’lgan neologizmlar va ularning tahlili haqida gap boradi.Bir qancha tilshunosh olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadbiq etish borasida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lug’at, individual neologizm, Leksikologiya, terminlar, ichki manbalar, neologizmlar, tashqi manbalar, o’zlashma so’zlar, leksika, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025