К содержанию
РецензированоUZ2026

TIJORAT BANKLARIDA XALQARO PUL O'TKAZMALARI, ULARNING HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Zaripov Sardor Ikrom oʻgʻli · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This scientific thesis highlights the need for effective organization of international money transfer operations of commercial banks, improvement of their accounting and audit processes. The increasing volume of international money transfers requires the digitization of accounting and financial control systems and their compliance with international standards. The study analyzed existing problems, including the lack of accuracy in accounting, low level of automation and the effectiveness of audit audits, and developed practical proposals and recommendations to eliminate them. The thesis focused on international experience, the practice of commercial banks of Uzbekistan and ways of improvement based on modern technologies. Keywords:Commercial banks, international money transfers, SWIFT system, accounting, currency operations, audit, financial control, automation, international standards, cross-border payments. Asosiy qism Bugungi kunda moliyaviy globallashuv jarayonlari kuchaygan sharoitda tijorat banklari faoliyatida xalqaro pul o‘tkazmalari muhim o‘rin tutmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xorijdan kelayotgan pul o‘tkazmalari — 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference remittanslar asosiy valyuta manbalaridan biri bo‘lib, aholining turmush darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘g‘ri hisobga olish va ularni samarali auditdan o‘tkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Tijorat banklarida xalqaro pul o‘tkazmalari turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: SWIFT tizimi orqali banklararo to‘lovlar, Western Union, MoneyGram, Zolotaya Korona kabi tizimlar orqali jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘tkazmalar, valyuta hisobvaraqlari orqali elektron transferlar. Har bir yo‘nalishda o‘ziga xos buxgalteriya hisob uslublari mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisob siyosatiga asoslanadi. Valyuta ayirboshlash, kurs farqlarini hisobga olish, o‘tkazma qiymatini konvertatsiya qilish kabi operatsiyalar to‘g‘ri aks ettirilmasa, bu bank moliyaviy hisobotlarining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro pul o‘tkazmalarining hisobi murakkab texnik va yuridik jarayonlarga bog‘liq. Jumladan, konvertatsiya kurslari har kuni o‘zgarib turadi, o‘tkazmalar turli valuta juftliklari orqali amalga oshiriladi va ko‘pincha kechikishlar bilan kelib tushadi. Bu esa real va hisob-kitobda aks ettirilayotgan sanalar o‘rtasida tafovutlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda bank buxgalterlari kurs farqlarini aniqlik bilan hisoblab, ularni alohida qatorda ko‘rsatishlari lozim. Hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ta’minlashda audit muhim o‘rin egallaydi. Audit jarayonida auditorlar xalqaro o‘tkazmalarning qonunchilik va xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiqligini, ularning manbasi va maqsadini, shuningdek, valyuta kurslari farqlarining to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshiradi. Shuningdek, audit bo‘limlari tomonidan AML/CFT (pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash) talablariga rioya etilishini nazorat qilish ham muhim hisoblanadi. Biroq, hozirgi holatda O‘zbekiston tijorat banklarida ushbu jarayonlar to‘liq raqamlashtirilmagan, hisob va audit tizimlarida inson omiliga bog‘liqlik yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Zamonaviy banklarda xalqaro pul o‘tkazmalarini boshqarish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, masalan, Temenos, FlexCube, va SAP bank modullari keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimlar orqali real vaqt rejimida xalqaro to‘lovlar, kurs farqlari, operatsion xarajatlar va soliq hisob-kitoblari yuritiladi. O‘zbekiston bank tizimida bunday platformalarning to‘liq joriy etilmasligi natijasida hisobotlarda tafovutlar, kechikishlar va aniqlik yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, moliyaviy shaffoflik va hisob yuritishdagi aniqlik bank ishonchliligining asosi hisoblanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi banklari xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha ISO 20022 formati asosida bir xil standartdagi hisob va hujjatlarni yuritadi. Bunday yondashuv nafaqat moliyaviy tahlilni osonlashtiradi, balki audit jarayonini ham tezlashtiradi. O‘zbekiston tijorat banklarida ham xalqaro o‘tkazmalarning hisobini takomillashtirish va audit nazoratini kuchaytirish orqali moliyaviy barqarorlik va xalqaro ishonchlilik darajasini oshirish mumkin. Buning uchun quyidagilar zarur: Buxgalteriya hisob tizimlarini avtomatlashtirish va integratsiyalashgan dasturlarni joriy etish; Audit bo‘limlari faoliyatini raqamlashtirish va xalqaro audit standartlariga moslashtirish; Xalqaro o‘tkazmalarda kurs farqlarini avtomatik tahlil qilish tizimini joriy etish; Pul yuvishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish. Shuningdek, bu sohada kadrlar salohiyatini oshirish, xalqaro standartlar bo‘yicha malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish muhim

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis highlights the need for effective organization of international money transfer operations of commercial banks, improvement of their accounting and audit processes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis highlights the need for effective organization of international money transfer operations of commercial banks, improvement of their accounting and audit processes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Commercial banks, international money transfers, SWIFT, xalqaro pul o‘tkazmalari, transchegaraviy to‘lovlar., xalqaro standartlar, SWIFT tizimi, avtomatlashtirish, buxgalteriya hisobi, Tijorat banklari, audit, moliyaviy nazorat, valuta operatsiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники