К содержанию
РецензированоUZ2026

JADID MATBUOTI: MA’RIFATPARVARLIK HARAKATI VA UNING BUGUNGI AHAMIYATI

BUGUNGI AHAMIYATI · Aytmuratova Gulchehra Bahadir qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada jadidchilik harakati va uning matbuotdagi aks-sadosi tahlil qilinadi. XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik harakati Turkiston xalqlarining ma’rifiy, ijtimoiy va siyosiy uyg‘onishida muhim rol o‘ynagan. Ushbu harakat vakillari xalqni ilm-fan, taraqqiyot va milliy ong sari yetaklashga intildilar. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan gazeta va jurnallar – “Tarjimon”, “Taraqqiy”, “Sadoyi Turkiston”, “Hurriyat” va boshqalar – millatni uyg‘otish vositasiga aylandi. Mustaqillikdan keyin jadidlarning merosi qayta o‘rganilib, ularning faoliyati va matbuotdagi ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada jadid matbuoti, uning zamonaviy jurnalistikaga ta’siri va bugungi ahamiyati xronologik va tahliliy yondashuvlar asosida yoritiladi. Kalit so‘zlar Jadidchilik, matbuot, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, jurnalistika, O‘zbekiston, jadid gazetasi, zamonaviy media. Jadidchilik harakati Turkiston va butun O‘rta Osiyoning madaniy va ma’rifiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shakllangan bu harakatning asosiy maqsadi xalqni savodsizlikdan xalos etish, ta’lim va ilm- fanni rivojlantirish, milliy ongni shakllantirish edi. Jadidlar yangi maktablar ochish, ilg‘or ta’lim metodlarini joriy qilish, san’at va madaniyat orqali xalqni yangicha tafakkur sari yetaklashga intildilar. Jadidchilikning eng muhim vositalaridan biri matbuot bo‘ldi. Gazeta va jurnallar orqali milliy uyg‘onish, taraqqiyot va ma’rifat g‘oyalari targ‘ib qilindi. Ismoiyl Gasprinskiy tomonidan nashr etilgan “Tarjimon” gazetasi butun musulmon dunyosiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek jadidlari tomonidan “Taraqqiy” (Munavvarqori), “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Hurriyat” kabi nashrlar chop etildi. Ushbu gazetalar orqali xalq savodxonligini oshirish, 19 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference siyosiy va ijtimoiy masalalarni yoritish, jamiyatni yangicha fikrlash sari yo‘naltirish maqsad qilingan. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda jadidchilik merosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. 2024-yilda chop etila boshlangan “Jadid” gazetasi aynan shu harakat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan nashr bo‘ldi. Ushbu gazeta milliy matbuot an’analarini davom ettirib, millatning o‘zligini anglash va taraqqiyot sari intilishida muhim rol o‘ynamoqda. Jadidlar harakati o’zining turli jabhalarda olib borgan islohotlar bilan tanilgan. Jadidchilik faqat ta’lim sohasida emas, balki siyosiy va iqtisodiy sohalarda ham katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Ularning eng asosiy maqsadlaridan biri – o’zgarishlarni amalga oshirishda xalqni tarbiyalash va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish edi. Jadidlar ta’lim tizimini yangilashga alohida e’tibor qaratishgan. Ular eski madrasalardagi ta’lim uslubini tanqid qilgan, chunki bu uslub zamon talablariga javob bermas edi. Jadidchilar zamonaviy pedagogik metodlarni joriy qilishni, ilm-fan va matematika kabi fanlarni o’rgatishni maqsad qilishgan. Jadidlar o’zlari tashkil qilgan maktablar va madrasalarda yangi o’quv dasturlari asosida ta’lim berishga harakat qilishgan. Jadidchilik harakati, shuningdek, o’zining siyosiy va ijtimoiy xususiyatlari bilan ham ajralib turardi. Ular, musulmonlarning huquqlarini himoya qilish va mustamlakachilikka qarshi kurashish uchun ijtimoiy faollikka kirishgan. Jadidlar uchun erkinlik, tenglik va adolat masalalari muhim edi. Ular o’zgarishlarni amalga oshirish uchun siyosiy himoya topishga harakat qilishgan. Jadidchilik faqat ta’lim bilan cheklanmagan, balki ijtimoiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishga ham qaratilgan edi. Jadidchilik harakatining iqtisodiy jihatdan ta’siri ham katta bo’ldi. Jadidchilar, o’z davrida iqtisodiy taraqqiyot va sanoatni rivojlantirishga katta e’tibor qaratishgan. Ular, musulmonlar orasida to’lov tizimini yaxshilash, savdo- sotiqni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish kabi masalalarda islohotlar qilishga harakat qilishgan. Jadidchilikning bu sohadagi faolligi, o’ziga xos iqtisodiy boshqaruvni rivojlantirishga olib keldi. Bundan tashqari, jadidlar ayollar huquqlarini himoya qilishga ham katta e’tibor berganlar. Ular, ayollarni ta’lim olishga undagan, ularning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga intilgan. Jadidchilik harakati ayollarni ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda faollashishlariga ko’maklashgan. Jadidchilik harakati, albatta, o’z davrida ko’plab qarshiliklarga duch keldi. Ammo, ularning g’oyalari va islohotlarga bo’lgan intilishi, keyinchalik turli 20 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference siyosiy va ijtimoiy harakatlarga asos bo’ldi. Jadidchilikning ta’siri nafaqat Turkistonda, balki boshqa musulmon mamlakatlarida ham sezildi. Jadidlarning ilmi va g’oyalari bugungi kunda ham ko’plab ijtimoiy va siyosiy jarayonlarda o’z aksini topmoqda. Jadidchilik harakati va matbuotning roli Jadidchilik harakati – milliy uyg‘onish, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi muhim intellektual jarayonlardan biri

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada jadidchilik harakati va uning matbuotdagi aks-sadosi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada jadidchilik harakati va uning matbuotdagi aks-sadosi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifatparvarlik, jurnalistika, matbuot, milliy uyg‘onish, O‘zbekiston, Jadidchilik, jadid gazetasi, zamonaviy media.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники