Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY MUSIQANING MA’NAVIY-TARBIYAVIY TA’SIRI YOSHLAR ONGIDA
Jamolova Sabina Odilovna · Umurzoqova Laylo Baxtiyor qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Milliy musiqa – bu faqat kuy va ohanglar yig‘indisi emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati, tafakkurini aks ettiruvchi eng muhim omillardan biridir. U xalqning ruhiy dunyosini, orzu-intilishlarini, dunyoqarashini asrlar osha avloddan avlodga yetkazib beruvchi qudratli vosita. Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida milliy musiqaning roli beqiyos bo‘lib, u yosh ongining shakllanishida, axloqiy-estetik qarashlarining mustahkamlanishida muhim o‘rin tutadi. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning musiqiy didini shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar bilan uyg‘un holda tarbiyalash dolzarb vazifaga aylanmoqda. Chunki begona madaniyat, keraksiz axborotlar oqimi orasida milliy o‘zlikni yo‘qotmaslik — bu faqat kuchli ma’naviy immunitetga ega bo‘lgan yoshlar orqali amalga oshiriladi. Milliy musiqaning esa bu boradagi ta’siri nihoyatda kuchlidir. Kalit so‘zlar: milliy musiqa, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy rivojlanish, musiqiy ta’sir, madaniy meros, xalq ijodi, estetik tarbiya, milliy qadriyatlar, madaniy ong, o‘zlikni anglash. Asosiy qism: Milliy musiqa — bu xalqning ichki dunyosini ifoda etuvchi betakror san’at turi bo‘lib, u asrlar davomida shakllangan. Har bir xalqning milliy musiqasi o‘ziga xos kuy, ohang, ritm, mazmun va uslubga ega. O‘zbek milliy musiqasi esa turli davrlar, tarixiy voqealar, madaniy an’analar ta’sirida boyib, o‘ziga xoslik kasb etgan. Masalan, maqomlar – chuqur falsafiy va ruhiy mazmunga ega bo‘lib, u orqali inson ruhiy poklanishga erishadi. Dostonlar, laparlar, mehnat qo‘shiqlari – xalqning hayoti, mehnati, sevgi-muhabbati, vatanparvarligi haqida hikoya qiladi. Bu asarlar yosh avlodni ota-bobolar yo‘lidan borishga, o‘zlikni anglashga, milliy g‘urur tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi. Yoshlar o‘z hayotiy pozitsiyasini shakllantirayotgan davrda ular nimani eshitadi, ko‘radi va his qiladi — bu juda muhim. Zero, musiqa yoshlarning ruhiy olamiga bevosita ta’sir 29 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qiluvchi qudratli omildir. Aynan shuning uchun ham milliy musiqaning yoshlar ongidagi o‘rni ulkan ahamiyatga ega. Milliy qo‘shiqlar va kuylar orqali yoshlar quyidagi qadriyatlarga ega bo‘ladi: O‘z tarixini anglash — “O‘zbek xalq dostonlari” va tarixiy qo‘shiqlar orqali. Hurmat va sadoqat — ota-ona, ustoz, yurt haqida kuylangan xalq qo‘shiqlari orqali. Milliy musiqaning tarbiyaviy vazifalari Milliy musiqaning yoshlar tarbiyasidagi vazifalari quyidagicha ifodalanadi: 1) Estetik tarbiya: Yaxshi kuy va qo‘shiqlar eshitish orqali musiqiy did, go‘zallikni anglash hissi shakllanadi. 2) Axloqiy tarbiya: Har bir qo‘shiqda halollik, mehr-oqibat, sabr- toqat, sadoqat kabi fazilatlar kuylanadi. 3) Ruhiy barqarorlik: Kuylar ruhiy muvozanatni saqlashga yordam beradi, stressdan chiqishga ko‘maklashadi. 4) Madaniy merosni anglash: Yoshlar milliy kuylarni o‘rgangan sari, o‘z xalqining musiqiy boyligini anglaydi va uni asrashga harakat qiladi. 4. Milliy musiqa va zamonaviy avlod orasida musiqaviy sintez zarurati Bugungi yoshlar ko‘proq zamonaviy texnologiyalar, chet el musiqasiga qiziqish bildiradi. Bu holat milliy musiqani chetga suradi, ammo bu muammoning yechimi bor — milliy va zamonaviy musiqaning uyg‘unlashuvi. Zamonaviy musiqachilar tomonidan yaratilayotgan milliy ohangli pop qo‘shiqlar, remikslar, ansambllar ijrosidagi maqomlar yoshlar orasida qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan: Bir qator san’atkorlar milliy ohanglarni zamonaviy formatda taqdim etmoqda, maqom va folklor asosidagi sahna chiqishlari yoshlar orasida ommalashmoqda, internet platformalar orqali milliy musiqani yosh avlodga yaqinlashtirish imkoniyati kengaymoqda. Bundan tashqari, ta’limda milliy musiqadan foydalanishning integratsiyalashgan yondashuv usullari ham mavjud bo’lib, u milliy musiqa faqat san’at darslarida emas, balki boshqa fanlar bilan bog‘langan holda o‘rgatilishi ham ijobiy samara beradi: tarix darslarida tarixiy qo‘shiqlar orqali voqealarni jonlantirolsa, adabiyotda doston va qo‘shiqlarni tahlil qilishda, texnologiya yoki informatika bilan esa musiqa yaratish dasturlarida milliy kuylarni ishlab chiqishda o’z o’rniga ega. Qolaversa, musiqa 30 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference maktablarida milliy cholg‘u asboblarini o‘rganish, folklor jamoalarida ishtirok etish ham yoshlar tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa: Milliy musiqa – bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi orasidagi bog‘lovchi ko‘prikdir. Uning kuchi yoshlar qalbiga ezgulik, muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik, o‘zlikni anglash kabi yuksak tuyg‘ularni singdirishda namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, milliy musiqani yoshlar orasida targ‘ib qilish, uni o‘quv jarayoniga chuqur singdirish, san’at va madaniyat orqali ularning qalbini boyitish — eng muhim vazifalardan biridir. Zero, milliy musiqasi bilan faxrlanadigan, uni anglaydigan yosh hech qachon yo‘ldan adashmaydi, u chin ma’noda xalqimizning porloq kelajagidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Forobiy A. (1996). Musiqa ilmi. Toshkent: G‘afur G‘
Доказательный фрагмент
«Milliy musiqa – bu faqat kuy va ohanglar yig‘indisi emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati, tafakkurini aks ettiruvchi eng muhim omillardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMilliy musiqa – bu faqat kuy va ohanglar yig‘indisi emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati, tafakkurini aks ettiruvchi eng muhim omillardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’naviy rivojlanish, madaniy ong, o‘zlikni anglash., yoshlar tarbiyasi, musiqiy ta’sir, xalq ijodi, milliy musiqa, estetik tarbiya, milliy qadriyatlar, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025