К содержанию
РецензированоUZ2025

ENERGETIKA MUHANDISLIGI YO‘NALISHLARIDA INGLIZ TILI O‘QITISHDA LEKSIK KOMPETENSIYANI INTERFAOL MASHQLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

SCIENCE SHINE · ASOSIDA RIVOJLANTIRISH · Xidirova Zarina Nuriddin qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article investigates the effectiveness of using interactive exercises to develop lexical competence in students of energy engineering. Lexical competence is seen as a key skill for professional communication. Interactive tasks improve students’ vocabulary acquisition, critical thinking, and the ability to use professional terminology in practice. Keywords: English language, energy engineering, lexical competence, interactive exercises, ESP, professional language. Аннотация: В данной статье исследуется эффективность использования интерактивных упражнений в формировании лексической компетенции у студентов, обучающихся по направлению «Энергетическая инженерия». Лексическая компетенция рассматривается как ключевой навык для профессионального общения. Интерактивные упражнения способствуют развитию словарного запаса, критического мышления и способности применять профессиональную лексику на практике. Ключевые слова: английский язык, энергетическая инженерия, лексическая компетенция, интерактивные упражнения, профессиональный язык. 289 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 Hozirgi kunda ingliz tili global kommunikatsiya vositasi sifatida barcha fan va sohalarda, xususan texnik va muhandislik yo‘nalishlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Energetika muhandisligi esa doimiy yangilanish va ilmiy-texnik taraqqiyot talab qiluvchi soha bo‘lib, unda ingliz tilidagi texnik matnlar, xalqaro normativ hujjatlar va ilmiy maqolalarni o‘qish, tushunish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish muhim hisoblanadi. Shu sababli, muhandislik sohasida o‘qiyotgan talabalar uchun ingliz tilini, ayniqsa leksik kompetensiyani rivojlantirish zarurati kundan kunga ortib bormoqda. Leksik kompetensiya — bu o‘quvchining kasbiy mavzularda kerakli atama va iboralarni to‘g‘ri tushunishi, eslab qolishi va amalda qo‘llay olishi ko‘nikmasidir. Ushbu maqolada interfaol mashqlar orqali ushbu kompetensiyani qanday samarali rivojlantirish mumkinligi tadqiq etiladi. Tadqiqot quyidagi metodlarga asoslangan: 1. Eksperimental tadqiqot – ikki guruhga ajratilgan talabalar bilan ishlash: nazorat guruhi (an’anaviy uslub) va tajriba guruhi (interfaol mashqlar). 2. Kuzatuv – dars jarayonidagi talabalar faolligini baholash. 3. Test sinovlari – o‘quv yili boshida va yakunida talabalar bilim darajasini aniqlash. 4. So‘rovnoma – talabalar interfaol mashqlarga munosabatini o‘rganish. 5. Suhbat – o‘qituvchilar va talabalar bilan suhbatlar orqali muammolar va takliflarni aniqlash. Tajriba Toshkentdagi texnika universitetining 2-kurs talabalarida olib borildi. Eksperimental guruhda darslar davomida ingliz tilining kasbiy terminologiyasiga oid interfaol usullar qo‘llanildi: rolli o‘yinlar, texnik muammolarni hal qilish, matn asosidagi so‘z topish, diagramma va grafiklar bilan ishlash. Tahlil natijalariga ko‘ra, interfaol metodlar qo‘llanilgan guruhdagi talabalar quyidagi o‘zgarishlarga erishdi: • Leksik birliklarni yodlash ko‘rsatkichi 35% ga oshdi; • Texnik atamalardan foydalangan holda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari yaxshilandi; • Mustaqil ishlash va jamoa bilan muammoli topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalari rivojlandi; • Ingliz tilidagi texnik matnlarni o‘qish va mazmunini tushunish darajasi yuqoriladi. 290 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 Nazorat guruhi esa ko‘proq passiv yondashuv bilan cheklangan bo‘lib, ularning bilim o‘zlashtirishi barqaror bo‘lsa-da, interfaol guruh bilan solishtirganda ancha sust natijalar qayd etildi. Quyida energetika muhandisligi yoʻnalishida ingliz tili oʻqitishda leksik kompetensiyani rivojlantiruvchi interfaol mashqga toʻliq bir misol keltiraman: Mashq nomi: “Power Plant Simulation” (Elektr stansiyasi simulyatsiyasi); Mashq turi: Rolli o‘yin (Role-play) + Muammoli vaziyatni hal qilish (Problem- solving); Dars mavzusi: Types of Power Plants and Safety Procedures (Elektr stansiyalari turlari va xavfsizlik qoidalari); Maqsad: • Talabalarni kasbiy leksikani amaliy faoliyatda ishlatishga o‘rgatish; • Texnik atamalar (masalan: turbine, generator, voltage, transformer, fossil fuel, renewable energy, grid, shutdown protocol) ni mustahkamlash; • Og‘zaki muloqot ko‘nikmasini rivojlantirish. Mashq tafsiloti: Vaziyat: Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi (4–5 kishilik). Har bir guruhga “elektr stansiyasi xodimlari” roli beriladi. Simulyatsiya qilinadigan vaziyat: zavodda favqulodda elektr uzilishi ro‘y beradi. Rollar: • Zavod bosh muhandisi (Chief Engineer) • Xavfsizlik bo‘yicha mas’ul (Safety Officer) • Energiya taqsimoti bo‘yicha muhandis (Grid Distribution Engineer) • Elektronika texnigi (Electronics Technician) Topshiriq: Guruh ichida ingliz tilida muloqot qilib, vaziyatni baholashadi va quyidagi masalalarni hal qilishga harakat qilishadi: • Nosozlikni aniqlash va tushuntirish • Xavfsizlik choralarini ingliz tilida bayon qilish • Kerakli texnik uskunalarni atamalari bilan nomlash • Rasmiy ogohlantirish xat

Доказательный фрагмент

«This article investigates the effectiveness of using interactive exercises to develop lexical competence in students of energy engineering.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article investigates the effectiveness of using interactive exercises to develop lexical competence in students of energy engineering. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
English language, energy engineering, lexical competence, ESP, interfaol mashqlar, leksik kompetensiya, kasbiy til., energetika muhandisligi, ingliz tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники