К содержанию
РецензированоUZ2025

AMIR TEMUR SALTANATIDA HARBIY TIZIM

SCIENCE SHINE · Jahongir Usmanov Xujaqulovich

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Amir Temur saltanatida qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi, harbiy qismlardagi tartib-intizom, harbiy lavozimlar, qo‘shinni o‘ntalik harbiy birikmalarga bo‘linishi va janggi kirish usullari haqida so‘z boradi. Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi sifatida Temurbek o‘ta intizomli armiya tuzishga, jang chog‘ida qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qanday to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o‘tishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo‘ldi. Amir Temur qo‘shinida qat’iy tartib va intizom o‘rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo‘l-yo‘riqlarni uning o‘zi ishlab chiqardi. Qo‘shinning yuragi va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi. Amir Temur o‘z qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bermagan. Aksariyat hollarda masalani tinchlik yo‘li bilan yechishga harakat qilgan. Sohibqiron o‘zga davlatlarga savdogar, shayx, darvish va boshqalar niqobi ostida o‘z ayg‘oqchilarini ham yuborib, tegishli ma’lumotlarni to‘plab olgan. Ayg‘oqchilar olib kelgan ma’lumotlar yopiq (maxfiy) majlislarda muhokama etilgan. Har bir joyda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilingan, mas’ul shaxslar har qanday vaziyatda ham xavfsizlikni saqlashga tayyor bo‘lib turganlar. Аmir Temur saroy va devonni qo‘riqlash xizmatiga birinchi galda e’tibor bilan qarab, o‘n ikki ming askar urush va tinchlik bo‘lishidan qat’i nazar, uni to‘rt tomonlama qo‘riqlab turgan. Har kecha esa ming nafar qurolli askar soqchilikni amalga oshirgan. Har yuz soqchi ustidan bir yuzboshi mas’ul etib qo‘yilgan. Bunday qo‘riqchi soqchilar shahar va qishloqlarga, chegara postlariga, muhim karvon yo‘llariga ham qo‘yilgan. Urush vaqtida esa o‘n ikki ming qurollangan otliq o‘z boshliqlari (amirlar, mingboshilar, o‘nboshilar) rahbarligida to‘rt qismga bo‘linib, o‘ng (barong‘or), chap (javong‘or), saroyning oldi va orqa qismlariga joylashtirilganlar. Hali bironta ham xalq qo‘shinini to‘g‘ri saflashni bilmay, tartibsiz va taktik harakatlarsiz, faqat o‘zidagi jasorat darajasi bilan uzuq-yuluq jang qilayotgan bir paytda Temurning to‘g‘ri saflangan, bir necha yo‘nalishda muntazam tartib bilan jangga kiruvchi, kuchli zaxiraga ega mustahkam armiyasi bor edi. 207 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 M. Ivanin, XIX asr rus harbiy tarixchis Аmir Temur harbiy siyosatining asosiy maqsadi mamlakatni ichki va tashqi xavfdan himoya etish, xalqaro maydondagi parokandalik va beqarorlikning oldini olish, hududda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, geosiyosiy maydondagi vaziyatni to‘la nazoratga olish hisoblangan. Аmir Temur kuchli markazlashgan davlat barpo etgach, avvalo uning harbiy salohiyatini kuchaytirishga katta ahamiyat berdi. U qo‘shin tuzilishiga alohida e’tibor qaratib, uning tarkibiy joylashuvi, taktik usullariga yangiliklar kiritishga harakat qildi. U Turon tarixida ilk bora o‘z qo‘shiniga o‘tochar qurol, ya’ni to‘p – ra’dni olib kirdi. Tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qo‘shinni ham tashkil qildi. Amir Temur jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib qo‘shinni jang maydonida yettita qo‘l (korpus)ga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy qildi. Аmir Temur qo‘shini Chingizxon qo‘shinidagi kabi o‘nlik, yuzlik, minglik va o‘n minglik (tuman) qismlarga bo‘lingan. Qo‘shinni bu tariqa bo‘lishdan ko‘zlangan maqsad boshqaruvni osonlashtirish, tezkor harakatni ta’minlash, tartib-intizomga qat’iy rioya etish va uni kuchaytirish, zarur vaqtda esa darhol qo‘shin safini tuzish hisoblangan. Аmir Temur qo‘shinning tezlik bilan saflanish mexanizmini ham ishlab chiqqan. Qo‘shinga jang sir-asrorini yaxshi biladigan, mard, dovyurak va sadoqatli 313 nafar amir rahbar etib tayinlangan. Ularning har biri o‘rinbosarga ega bo‘lgan. Аgar amir urush vaqtida halok bo‘lsa, uning o‘rnini darhol o‘rinbosari egallashi kerak bo‘lgan. Amir Temur qo‘shin yig‘ish ishlariga alohida e’tibor bilan qaragan. Ma’lum jismoniy va harbiy yuklamalarni bajara olgan yigitlar qo‘shin safiga jalb etilgan. Harbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratdan so‘ng tunkal e’lon qilingan. Tunkal tegishli joylarga bosh qo‘mondonning yordamchisi – tavochi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan. Tavochining zimmasiga askar jam etishdan tashqari, qo‘shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o‘rni, jangovar tartib hamda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi. Tunkalga ko‘ra, viloyat hokimlari, tegishli hudud beklari, qal’a, qo‘rg‘on dorug‘alari Аmir Temur tomonidan tuzilgan ro‘yxat asosida o‘z jangchilari, zarur ot-ulovi, qurol-yarog‘i, oziq-ovqati, yemxashagi bilan belgilangan joyga o‘z vaqtida yetib kelishi shart bo‘lgan. Belgilangan vaqtda lashkargohga yetib kelgan askarlar qat’iy tartib va intizom bilan o‘z o‘rinlarini egallagan hamda yurish oldidan o‘tkazilajak an’anaviy ha

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Amir Temur saltanatida qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi, harbiy qismlardagi tartib-intizom, harbiy lavozimlar, qo‘shinni o‘ntalik harbiy birikmalarga bo‘linishi va janggi kirish usullari haqida so‘z b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Amir Temur saltanatida qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi, harbiy qismlardagi tartib-intizom, harbiy lavozimlar, qo‘shinni o‘ntalik harbiy birikmalarga bo‘linishi va janggi kirish usullari haqida so‘z b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
аmir temur, amir temur, qat tartib, tartib intizom, ikki ming, urush vaqtida, hisoblangan аmir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники