Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OMBORXONA JARAYONLARIDA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION RAQAMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALAR
SCIENCE SHINE · RAQAMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALAR · Boymatov O‘tkirbek Tilovmurod o‘g‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
this article discusses the theoretical and practical aspects of introducing innovative approaches and technologies in warehouse management. The economic efficiency of introducing modern technologies in warehouse operations, increasing the speed of product movement, and their role in increasing the efficiency of warehouse operations through modern logistics tools, reducing costs, and improving the quality of customer service are analyzed. Keywords: logistics, warehousing, innovation, management system, automation, innovation, WMS, RFID, automation digitalization. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy oʻsishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiya jarayonining doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot oʻzgarishiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Innovatsiya ishlab chiqarishni va barcha sohalarni modernizatsiyalashga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Samarali innovatsion faoliyat nafaqat ishlab chiqarish strategiyasi, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishni ham belgilaydi. Innovatsiya deb yangi koʻrinishda mahsulot, tovar, ish, xizmat, uslub yaratilishini yoki takomillashtirilishini, ishlab chiqarish jarayonining yangi koʻrinishi joriy qilinishini yoki ushbu jarayonning takomillashtirilishini, biznesni yuritishda yangi marketing 192 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishini, ish oʻrinlari tashkil etishni, boshqaruvni yoki tashqi aloqalar oʻrnatilishini oʻzida mujassamlashtirgan innovatsiyaviy faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi. Bugungi globallashuv va raqobat sharoitida logistika sohasi har bir korxona uchun muhim strategik ustuvorlikka aylanmoqda. Ayniqsa, omborxona xoʻjaligini samarali boshqarish logistik tizimning markaziy boʻgʻini hisoblanadi. Anʼanaviy ombor tizimlarining cheklovlari, ortiqcha xarajatlar va inson omiliga bogʻliq xatoliklar korxona samaradorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu sababli, ombor boshqaruvida innovatsion logistik yondashuvlardan foydalanish zaruratga aylanmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning raqobatbardoshligini ta'minlashda logistikani samarali tashkil etish muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, omborxona xoʻjaligi logistik tizimning muhim bo‘g‘ini sifatida mahsulotlarni saqlash, yetkazib berish va tarqatish jarayonida markaziy rol o‘ynaydi. Innovatsion yondashuvlar bu jarayonlarni optimallashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot mavzusidagi mavjud muammolar. Omborxona tizimida yuk harakatini o‘rganish bunda asosan, omborxona tizimida xalqaro yuk tashuvlarini to‘g’ri yo‘lga qo‘yish, yuk harakatini nazorat qilish, yuklarni yetib borishidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish, xalqaro yuk tashish qoidalarini o‘rganish, xalqaro konvensiya va hujjatlar asosida yuk harakatini to‘g’ri tashkil qilish. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barcha sohalarida innovatsiyalar keng qo‘llanilayotganini va samarali ishlayotganini hisobga olgan holda, omborxona logistikasida xalqaro yuk tashuvlarini innovatsiyalar asosida boshqarish asosiy maqsad qilib belgilab olinishi muhim rol kasb etadi. Shuningdek, transport-logistika, ixtiro, sanoat namunalari, tovar va xizmat belgisi obyektlarining patent qobilyati, shartlari va foydali modellarning himoyalanuvchanligi, xalqaro patent tasnifi, patent axboroti, ma’lumotlar ba’zasi, Yevropa, AQSH, MDH mamlakatlarining innovatsiya bo‘yicha qonunchiligi va ulardan foydalanish, qiyosiy tahlil o‘tkazish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Omborxona xoʻjaligi – bu mahsulotlarni vaqtincha saqlash, ularni tartibga solish, belgilangan holatda saqlab turish va keyinchalik taqsimlashga mo‘ljallangan tizimdir. U samarali ishlamasa, butun logistika zanjiri ishdan chiqishi mumkin. Shu sababli, ombor faoliyatini boshqarishda zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanish zarur. Omborxona xoʻjaligi mahsulotlarni vaqtincha saqlash, tovar aylanmasini taʼminlash, yuklamalarni optimallashtirish va ehtiyot zaxiralarini boshqarish orqali taʼminot zanjirida muhim rol oʻynaydi. Samarali tashkil 193 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 etilgan ombor korxonaning umumiy logistik xarajatlarini 20-30% gacha kamaytirishi mumkin. Omborlar mahsulotlar harakati zanjirida quyidagi funksiyalarni bajaradi: Saqlash va zaxiralash; Yuklarni saralash va komplektatsiya qilish; Tovarlarni jo‘natishga tayyorlash. Muammoni hal qilish usullari. Logistika bosh maqsadiga erishish vositalari bo‘lib ikkinchi darajali maqsadlar hisoblanadi va asosiy maqsadlarga xizmat qiladi; ularni logistika sohasidagi korxonaning faoliyati aniqlab beradi. Innovatsiya ishlab chiqarishni va barcha sohalarni modernizatsiyalashga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Samarali innovatsion faoliyat nafaqat ishlab chiqarish strategiyasi, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishni ham belgilaydi. Inn
Доказательный фрагмент
«this article discusses the theoretical and practical aspects of introducing innovative approaches and technologies in warehouse management.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article discusses the theoretical and practical aspects of introducing innovative approaches and technologies in warehouse management. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- logistics, warehousing, innovation, management system, omborxona xoʻjaligi, RFID, innovatsiya, avtomatlashtirish, avtomatlashtirish raqamlashtirish., WMS, logistika, boshqaruv tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025