Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALAR NUTQIY KOMPETENSIYASINI O’YIN ORQALI RIVOJLANTIRISH USULLARI
SCIENCE SHINE · RIVOJLANTIRISH USULLARI · Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna · Rayimova Shahnoza Sodiqovna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
The article presents information on the use of game methods in the correct formation and development of speech competence of preschool children, including creative activities carried out through movement, musical-rhythmic and repetition. Ideas and suggestions are expressed using examples. Keywords: Child, speech, communication, movement, game, imagination. 185 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy kompetentsiyasini shakllantirish va rivojlantirish taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonlarning nechog‘liq puxta va aniq rejalashtirilishi, amalga oshirilishiga bog‘liq. Inson uchun hayotda eng muhim sanalgan nutq ustida ishlashga yuzaki qarash yoki kichik bir eʼtiborsizlik ham keyinchalik oʻz aksini koʻrsatishi mumkin. Bolaning tovushlar, soʻzlar, sekin-asta soʻz birikmasi va gaplarni hosil qilish jarayonidagi ishtirok tarbiyachidan ham, oilada ota-onadan birdek masʼuliyat, majburiyatni talab etadi. Аtrof-olamdagi oʻzgarish va yangiliklarni birma-bir, katta qiziqish va hayrat, hayajon va baʼzan qoʻrquv bilan qabul qiladigan, tanishadigan, atrofdagilarga qiziqish, xohish va kayfiyatini imkon qadar tushuntirish va yetkazishga harakatdagi bolaning nutqini toʻg‘ri shakllantirish, avvalo, bolaning psixologiyasini toʻg‘ri tushunib olishni maqsad etadi. Bolaning tug‘ilgandan 1,5 yoshgacha boʻlgan davri faol muloqotga ehtiyoj davri sifatida tasniflanadi. Bolaning goʻdaklik davridagi eshituvchanligi uning nutq apparatlariga ham oʻz ijobiy taʼsirini beribgina qolmay, muloqot yoki munosabatga “javob qaytarish” ishtiyoqini ham shakllantiradi. Bir boʻg‘inli va asosan unli harflardan iborat soʻzlarning tez-tez aytilishi, talaffuzga oson jumlalarning shoshmasdan oʻrgatilishi, ortiqcha shovqin va chalg‘ituvchi muhitsiz oʻrgatiladigan har bir soʻz bolaning talaffuzidan oʻtib ongiga va sekin-astalik bilan nutqiga oʻrnashib boradi. Goʻdaklik chog‘ida olib borilgan faol muloqot sababli bolada tez soʻzlab ketish malakasini yuzaga keltirishga xizmat qiladi. Psixolgik nuqtayi nazaridan qaralganda ham bu amaliyot oʻz isbotini topgan holda, 2 yoshli bola soʻzlarni aniq va ravon talaffuz qilish qobiliyatiga egaligini koʻrishimiz mumkin. Аynan goʻdaklik davri bolaning kelgusidagi nutqiy kompetensiyasi qanchalar toʻg‘ri va chiroyli boʻlishini taʼminlashga hissa qoʻshadi. Bu borada bolaning atrofida koʻpchilikning boʻlishi, faol muloqot muhitining mavjudligi bolaning soʻzlab ketish malakasini taʼminlab beradi. Unutmaslik kerakki, maktabgacha yoshdagi, yaʼni 3-7 yoshni oʻz ichiga olgan davr bola bilan faol muloqot davrini nazarda tutadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o‘zlashtirganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, hissiy tomonlama rivojlanish darajasini aks ettiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: -nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayon ekani; 186 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 -nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emasligi; -bola nutqшni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga tasir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim. Bolalarning nutqiy kompetensiyasini toʻg‘ri shakllantirish birinchi navbatda ulardagi diqqat va xotirani mustahkamlashni talab etadi. Bu borada oʻyinga asoslangan taʼlimiy yonlashuvlar asosiy usullardan biridir. Bolaga biror sheʼrni yodlatishda yoki monolgik nutq ustida ishlashda aynan harakatli usullarni qoʻllash, soʻzda yoki matnda ifodalangan maʼnoning harakatlar bilan ifodalanishi bolada bir vaqtning oʻzida talaffuz va xotirani rivojlantirib boradi. Tabiat hodisalari, hayvonlar, hasharotlar haqidagi sheʼrlardagi “qahramon”larning holatini ifodalovchi yengil harakatlarni takrorlash bolaning lug‘at boyligini oshirish uchun xizmat qiladi. Buni quyidagi tavsiyalar orqali koʻrishimiz mumkin: 1. Harakat bilan bog‘liq usul: Jismoniy harakatlar bilan nutqni bog‘lash, tez yodlash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish maqsad etiladi. Masalan, “Soʻz va harakat” – tarbiyachi soʻz aytadi (masalan, qush), bolalar esa bu soʻzga mos harakatni koʻrsatishadi, qoʻllarini qoqib, qush kabi harakat qiladilar). “Harakatli hikoya” – tarbiyachi hikoya aytadi, bolalar esa undagi vaziyatlarga mos harakatlarni bajarishadi. Masalan, “sher oʻrmonda yuribdi”–bolalar sher kabi yurishadi. Bu usulning foydani jihati shundaki, soʻz va harakatni bog‘lash orqali bola soʻzlarni tezroq eslab qol
Доказательный фрагмент
«The article presents information on the use of game methods in the correct formation and development of speech competence of preschool children, including creative activities carried out through movement, musical-rhyt…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents information on the use of game methods in the correct formation and development of speech competence of preschool children, including creative activities carried out through movement, musical-rhyt… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Child, speech, communication, movement, game, imagination, oʻyin, takrorlash., tasavvur, harakat, muloqot, nutq, Bola
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026