Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI
NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI · Reymbaeva Roza Saparbaevna · RESPIRATORY PHYSIOLOGY
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the concept of respiration. The process by which an organism takes in oxygen from the atmosphere and releases carbon dioxide and water vapor is called respiration. As a result of respiration, energy is generated that ensures the vital activity of the organism, which is used in the resynthesis of macroergic substances. Keywords: Respiration, Organism, atmospheric, Organic, substances-carbohydrates, fats and proteins, oxide. ФИЗИОЛОГИЯ ДЫХАНИЯ Аннотация. В данной статье обсуждается понятие «дыхание». Процесс, посредством которого организм поглощает кислород из атмосферы и выделяет углекислый газ и водяной пар, называется дыханием. В результате дыхания образуется энергия, обеспечивающая жизнедеятельность организма, которая используется в ресинтезе макроэргических веществ. Ключевые слова: Дыхание, Организм, атмосферный, Органический, вещества - углеводы, жиры и белки, оксид. Nafas haqida tushuncha Organizmning atmocferadagi muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv bug'larini chiqarishini nafas olish deyiladi. Nafas bir qancha jarayonlar yig'indisi bo'lib, organizm tirikligi uchun zarur bo'lgan moddalar almashinuvining muhim bir qismi-gazlar almashinuvidan iborat. Organik moddalar-uglevod, yog' va oqsillarning oksidlanish jarayoni nafas bilan chambarchas bog'langan. Nafas natijasida organizmning tiriklik faoliyatini ta'min etadigan energiya hosil bo'ladi, qaysiki makroergik moddalarning qayta sintezlashida ishlatiladi. 2408 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Nafas quyidagi bir-biri bilan bog'langan qismlardan iborat: 1) tashqi nafas, yoki o'pka ventilatsiyasi (tashqi muhit va o'pka alveolalari orasidagi gazlar almashinuvi); 2) alveolyar havo bilan qon kapilyarlari orasidagi gazlar almashinuvi; 3) qon tomonidan kislorod va karbonat angidridini tashilishi; 4) qon kapillarlari va organizmning to'qimalari orasidagi gazlar almashinuvi; 5) hujayralarda yoki to'qimalardagi nafas olish. Nafas apparatining tuzilishi Odamning nafas yo'llari (35-rasm) ko'krak bo'shlig'ida joylashgan o'pka, nafas yo'llari (burun bo'shlig'i, traxeya, bronxlar) dan tashkil topib, o'pka bo'shlig'ini atmosfera havosi bilan bog'laydi. Unga ko'krak qafasi va nafas mushaklari ham kiradi. Havo burun orqali og'iz va traxeyaga kirib, undan o'ng va chap bronxlarga o'tadi. Bronxlar daraxtsimon tarmoqlangan bo'lib, havoni bronxiolalar va ulardan o'pka pufakchalari-alveolalarga yetkazib beradi. Alveolalar devori epitelial va tayanch biriktiruvchi hujayralardan tashkil topgan bo'lib, qon kapillarlar to'ri bilan o'ralib olingan. Bu kapillarlar va alveolalar devorlari orqali alveolalar va qon orasida gazlar almashinuvi muntazam o'tib turadi. Havoning alvelolarda yangilanishi ko'krak qafasi harakati tufayli o'tadi, bu harakatlar qovurg'alararo nafas mushaklar va diafragma gumbazi tufayli amalga oshiriladi. O'pka ko'krak qafasining qariyb hamma sathini egallab olgan. Ko'krak bo'shlig'ining ichki sathi va o'pkaning tashqi sathi seroz parda-plevra bilan qoplangan. O'pkani qoplab olgan plevraning visseral varaqi bevosita ko'krak bo'shlig'i devorini qoplovchi - pariyetal varaqqa o'tadi. Bu varaqlar o'rtasida germetik yopiq oraliq bo'shlig'i - plevral bo'shliq mavjud va uning ichida suyuqlik ham bor. Nafas olish mexanizmi Odam nafas olganda (inspiratsiya) oldingi tomondagi tashqi qovurg'alararo mushaklar qisqarib, qovurg'alarni ko'tarib turadi. Ular ko'tarilar ekan, o'z o'qi tevaragida bir oz buriladi, yon tomonga va bir oz oldinga qarab suriladi. To'sh suyagi ham oldinga turtib chiqadi (36, 37 rasmlar). Nafas olish paytida diafragmaning mushak tolalari qisqaradi, natijada diafragma yassilanib, pastga tushadi; qorin bo'shlig'idagi a'zolar pastga, ikki yonga va oldinga itariladi; ko'krak bo'shlig'i ayniqsa vertikal yo'nalishda kengayadi. Turli odamlarning yoshiga va jinsiga, kiyimiga va mehnat sharoitisha qarab nafas olish yo qovurg'alararo mushaidar hisobigarqovurg'a, yoki ko'krak bilan (ayollarda) nafas 56 olish tipi - yo bo'lmasa diafragma hisobiga-diafragma, yoki qorin bilan (erkaklarda) nafas olish tipi -yuzaga chiqadi. Nafas olish tipi mutlaq doimiy bo'lmay, shu paytdagi sharoitga moslanishi mumkin. Masalan, odam ancha yuk orqalab ketayotganda ko'krak qafasi yuk uchun tayanch bo'lib xizmat qiladi, shuning uchun ham uni tana mushaklari va qovurg'alararo mushaklar umurtqa pog'onasi bilan birgalikda qimirlatmay ushlab turadi; faqat diafragma harakatlari tufayli nafas olinadi va chiqariladi. Homilador ayollarda diafragmaning pastga siljishi qiyinlashadi, shuning uchun ularda qovurg'alar bilan nafas olish tipi ustun turadi. 2409 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Jismoniy mashqlar paytida, masalan halloslashda bir qancha qo'shimcha yoki yordamchi nafas mushaklari: yuqoridagi qovurg'alarni ko'taruvchi mushaklar, yelka kamarini va orqaga tortadigan yelka mushaklar nafas olish fazasida qatnashadi. Nafas olishda o'pkalarning nafas sathi oshadi, bosim esa tushadi va 0,26 kPa (2 mm sim.u
Доказательный фрагмент
«This article discusses the concept of respiration.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the concept of respiration. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Respiration, Organism, atmospheric, Organic, substances-carbohydrates, fats, Nafas, Organik, moddalar-uglevod, oksid., yog' va oqsillar, atmocferadagi, Organizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024