К содержанию
РецензированоEN2026

QAYTA MOLIYALASHTIRISH STAVKASI.

QAYTA MOLIYALASHTIRISH STAVKASI. · Mutalibova Nigora Nodirbekovna · CТАВКА РЕФИНАНСИРОВАНИЯ · REFINANCING RATE (понятие ставки рефинансирования, устанавливаемой Центральным банком, и её влияние)

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the historical origins of credit and its role in economic development. It also explores the concept of the refinancing rate set by the Central Bank and its impact on the economy, particularly on the interest rates of loans issued by commercial banks and the inflation rate. The article provides a detailed explanation of the economic processes that occur as a result of increases and decreases in the refinancing rate. Keywords: Refinancing rate, inflation, monetary policy, loan interest rates, commercial banks. Kirish. Qadimdan insoniyat iqtisodiy aloqalarda qarz va kredit munosabatlarini qo‘llab kelgan. Zamonaviy iqtisodiyotda esa kreditlar, ayniqsa tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar muhim moliyaviy vosita sifatida faoliyat yuritadi. Kreditlar orqali aholining va biznesning moliyaviy ehtiyojlari qondiriladi, bu esa o‘z navbatida umumiy iqtisodiy o‘sishga 2348 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, kreditlarning qiymati, ya’ni foiz stavkalari markaziy bankning pul-kredit siyosatiga, xususan, qayta moliyalashtirish stavkasiga bog‘liq. Ushbu maqolada kreditlarning iqtisodiyotdagi roli, qayta moliyalashtirish stavkasining ularning foizlariga va inflyatsiya darajasiga ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Qayta moliyalashtirish stavkasi — bu markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasidir. Bu stavka mamlakatdagi umumiy foiz siyosatiga, inflyatsiya darajasiga va iqtisodiy faollikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qayta moliyalashtirish stavkasi va uning ahamiyati: Markaziy banklar, odatda, pul-kredit siyosati vositasi sifatida qayta moliyalashtirish stavkasidan foydalanadilar. Agar inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lsa, markaziy bank stavkani oshiradi, bu esa kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada, iqtisodiyotda pul hajmi qisqaradi va inflyatsiya bosimi kamayadi. Aksincha, iqtisodiy inqiroz yoki pasayish davrida stavkaning tushirilishi orqali iqtisodiy faollik rag‘batlantiriladi. Bilamizki, inflyatsiyani tartibga solish, bozor iqtisodiyoti uchun qulay muhit yaratish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash har bir davlatda muhim masala hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bankning pul-kredit siyosati, qayta moliyalash stavkasining ta'siri juda katta. “O’zbekiston Respublikasining Markaziy bank to’g’risida”gi qonuniga ko’ra Markaziy bank pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari belgilab beradi.[1] Материал ва метод. Material va metod. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunga (2019 y.) muvofiq, Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari boʻlib, inflyasiyaga qarshi kurashish, mamlakat bank tizimi va toʻlov tizimlarining barqarorligini ta'minlash boʻlgani holda, inflyasiyaning maqsadli koʻrsatkichi va pul massasining oʻsish sur'ati pul-kredit siyosatining taktik maqsadlari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi rasmiy organ hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotni bajarishda statistik guruhlash, induksiya va deduksiya, ekspert baholash, qiyosiy va trendli tahlil usullaridan foydalanildi. Ilmiy maqolani yozishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma'lumotlaridan, xalqaro ekspertlarning ilmiy-tadqiqotlari ma'lumotlaridan foydalanildi. [2] Adabiyotlar sharhi. Markaziy bank monetar siyosatini amalga oshirishda uning anʼanaviy instrumentlaridan yaʼni dastaklaridan foydalanishi muhim oʼrin tutadi. -qayta moliyalash siyosati; 2349 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 -majburiy zaxira siyosati; -ochiq bozor siyosati; -valyuta siyosati; -depozit siyosat. АQShlik taniqli iqtisodchi olim J. Sinki [3] tijorat banklarining likvidliligini tartibga solishda quyidagi uch moliyaviy instrumentning rolini katta deb hisoblaydi: * federal fondlar; * depozit sertifikatlari; * Repo bitimlari V.Usoskinning xulosasiga koʼra, foyda ketidan quvib bankning yuqori riskka duchor qilish uning barqarorliligiga nisbiy taʼsirni yuzaga keltiradi.[4] V. Usoskinning ushbu xulosasi juda oʼrinlidir. 1933 yilda jahonda yuz bergan Buyuk Depressiya davrida (tarixda shunday nomlangan) АQShda banklarining ommaviy tarzda inqirozga yuz tutishining asosiy sababi deb oʼsha vaqtda banklar katta daromad olish maqsadida mijozlarga yirik miqdorda toʼlov majburiyati yuzasidan kafolatlar bergani ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Iqtisodchi olimlarning xulosasicha, Xalqaro Bazelь qoʼmitasi tomonidan ishlab chiqilgan likvidlilikni qoplash meʼyori koʼrsatkichining xalqaro darajada bank faoliyatiga tadbiq etilishi banklarining likvidlilik darajasini oshishiga koʼmaklashdi va Markaziy banklarni “oxirgi bosqichdagi kreditor”ga aylanishining oldini oldi.[5] U. Soto yozadiki, ssudalarning bahosini pasayishi kapital oqimlarining joriy qiymatini keskin oshishiga olib keladi, chunk

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the historical origins of credit and its role in economic development.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the historical origins of credit and its role in economic development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Refinancing rate, inflation, monetary policy, loan interest rates, commercial, Pul-Kredit siyosati, Qayta moliyalashtirish stavkasi, Inflatsiya, Tijorat banklari., Kredit foizlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники