К содержанию
РецензированоUZ2025

SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIM: IMKONIYATLAR VA TAHDIDLAR

Dimitriy Lamonasov

Современная наука и исследования · 65 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi roli, imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan tahdidlari tahlil qilingan. Sun’iy intellekt o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, avtomatlashtirish va inklyuzivlikni oshirishda samarali vosita sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, pedagogik aloqa yo‘qolishi, axborot xavfsizligi, texnologik tengsizlik kabi muammolar ham mavjud. Maqolada SI’ning ta’limdagi istiqboldagi yo‘nalishlari, ularni pedagogik yondashuv bilan uyg‘unlashtirish, etik me’yorlar asosida rivojlantirish zaruriyati asoslangan. Xulosa sifatida, sun’iy intellekt inson omiliga asoslangan ta’lim tizimining yordamchisi sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, raqamli ta’lim, pedagogik yondashuv, shaxsiylashtirilgan o‘qitish, etik muammolar, avtomatlashtirilgan baholash, raqamli kompetensiya, axborot xavfsizligi, inklyuziv ta’lim. Kirish. XXI asr boshidan boshlab sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari global miqyosda turli sohalarning rivojlanishida muhim o‘rin egallamoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimi bu texnologiyalar ta’sirini eng yaqqol his qilayotgan sohalardan biridir. Raqamli ta’lim platformalari, intellektual tahlil tizimlari, virtual o‘qituvchilar va avtomatik baholash tizimlari – bularning barchasi SI imkoniyatlaridan dalolat beradi. Biroq, SI faqatgina imkoniyatlar manbai bo‘lib qolmasdan, ta’lim sohasida ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada SI’ning ta’limga integratsiyalashuvi, bu jarayondagi ijobiy va salbiy jihatlar, shuningdek, istiqboldagi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Asosiy qism 1. Sun’iy intellektning ta’limdagi ijobiy ta’siri 1.1. Individual yondashuv imkoniyatlari An’anaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi barcha o‘quvchilarga yagona yondashuv asosida dars o‘tadi. Bu esa o‘quvchilarning bilim darajasi, qobiliyati va o‘rganish uslubidagi farqlarni e’tiborga olishda cheklov tug‘diradi. Sun’iy intellekt bu muammoni yechishga xizmat qilmoqda. Masalan, adaptiv o‘quv tizimlari (DreamBox, Smart Sparrow, Carnegie Learning) har bir o‘quvchining faoliyatini real vaqt rejimida tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan mashg‘ulotlarni taklif etadi. 87 Aprel, 2025-Yil 1.2. O‘quv jarayonining avtomatizatsiyasi SI yordamida test natijalarini tezkor tekshirish, baholash tizimini ob’yektiv yuritish, o‘quvchilarning qatnashuvi va faoliyatini doimiy kuzatish imkoniyati yaratiladi. Bu o‘qituvchining vaqtini tejab, uni ko‘proq metodik va ijodiy ishlarga jalb etadi. 1.3. Inklyuziv ta’lim uchun imkoniyatlar Sun’iy intellekt texnologiyalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham ta’lim olish imkoniyatini oshirmoqda. Masalan, nutqni tanish dasturlari eshitish qobiliyati cheklangan bolalarga, avtomatik matn o‘qish dasturlari esa ko‘zi ojiz o‘quvchilarga yordam beradi. 1.4. Til va fanlarni o‘qitishda interaktivlik Chatbotlar, virtual yordamchilar va ovozli tarjimonlar orqali til o‘rganish samaradorligi oshadi. SI o‘quvchi bilan muloqotga kirishib, u bilan individual ishlashga qodir. 2. Sun’iy intellektning ta’limdagi tahdidlari 2.1. Pedagogik aloqa va ijtimoiy kompetensiyalarni cheklash SI asosidagi platformalar bilim berishi mumkin, ammo ular insoniylik, empatiya, hissiyotlarni anglash va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish borasida cheklovga ega. Ta’lim faqat fakt va ma’lumotlar uzatish emas, balki axloqiy, ijtimoiy va madaniy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Bu esa o‘qituvchining bevosita ishtirokini talab qiladi. 2.2. Sun’iy intellektga haddan ortiq ishonch Ba’zi hollarda SI ga ortiqcha ishonch natijasida inson omili ikkinchi darajaga tushib qoladi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2.3. Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiylik Sun’iy intellekt tizimlari o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘adi va saqlaydi. Ushbu ma’lumotlar noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki uchinchi tomonlarga berilishi axborot xavfsizligi muammolarini keltirib chiqaradi. 2.4. Texnologik tengsizlik Raqamli ta’lim vositalari hamma uchun birdek mavjud emas. Internetga ulanganlik darajasi, zamonaviy qurilmalarga ega bo‘lmaslik ayrim o‘quvchilarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu esa ijtimoiy tafovutlarni chuqurlashtirishi mumkin. 3. Istiqboldagi yo‘nalishlar va tavsiyalar 3.1. SI texnologiyalarini pedagogik yondashuv bilan uyg‘unlashtirish 88 Aprel, 2025-Yil Sun’iy intellekt hech qachon o‘qituvchining o‘rnini bosa olmaydi, lekin uning kuchli yordamchisiga aylanishi mumkin. Shu sababli, SI’ni dars jarayoniga integratsiyalashda pedagogik maqsadlar asosida harakat qilish zarur. 3.2. O‘qituvchilarni raqamli kompetensiyalar bilan ta’minlash SI texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish uchun o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi yuqori bo‘lishi lozim. Maxsus malaka oshirish kurslari, treninglar orqali ularni zamonaviy vositalarni samarali qo‘llashga o‘rgatish kerak. 3.3. Etik me’yorlar va qonunchilik asoslarini yaratish SI asosidagi ta’lim vo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi roli, imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan tahdidlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi roli, imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan tahdidlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
etik muammolar, pedagogik yondashuv, shaxsiylashtirilgan o‘qitish, axborot xavfsizligi, inklyuziv ta’lim., sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan baholash, raqamli kompetensiya, raqamli ta’lim, ta’lim texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники