Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARIXIY OBIDALARNI RESTAVRATSIYA QILISH USULLARI: ILMIY YONDASHUV VA AMALIY TAJRIBA
Dimitriy Lamonasov
Современная наука и исследования · 65 · 2025
Аннотация
Tarixiy obidalar – har bir xalqning o‘ziga xos milliy o‘zligini, madaniy merosini va estetik tafakkurini namoyon etuvchi betakror yodgorliklardir. Bu obidalar nafaqat o‘z davrining me’moriy va badiiy yutuqlarini aks ettiradi, balki ularning yaratilgan ijtimoiy, siyosiy va dini muhitini o‘rganishga imkon beradi. Shu bois, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, ularni keyingi avlodlarga sog‘lom holda yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston hududida qadimdan buyuk sivilizatsiyalar shakllangan bo‘lib, ular o‘zidan ko‘plab nodir me’moriy inshootlarni meros qoldirgan. Samarqanddagi Registon majmuasi, Buxorodagi Poyi-Kalon ansambli, Xivadagi Ichan-Qal’a, Termizdagi Zurmala stupasi, Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi – bularning barchasi o‘ziga xos me’moriy echimlar, bezaklar va tarixiy qadriyatlar jamlanmasidir. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu obidalar tabiiy ofatlar, inson omili va ekologik ta’sirlar tufayli yemirilib, o‘z asl holatini yo‘qota boshlaydi. Tarixiy yodgorliklarni tiklash jarayoni esa oddiy ta’mirlash emas, balki chuqur ilmiy asoslangan, tarixiy, estetik va texnologik bilimlarni o‘z ichiga olgan kompleks faoliyatdir. Bu faoliyat – restavratsiya – har bir detalga e’tibor bilan qarashni, milliylik va tarixiylikni saqlab qolgan holda zamonaviy yondashuvlardan foydalanishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, restavratsiya jarayonida an’anaviy hunarmandchilik tajribasi bilan bir qatorda zamonaviy texnologiyalar va xalqaro me’yorlar uyg‘unlashtirilishi zarur. Ushbu maqolada tarixiy obidalarni restavratsiya qilishda qo‘llaniladigan usullar, ularning nazariy asoslari, zamonaviy texnologiyalar, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan amaliyotlar tahlil qilinadi. Maqola yakunida esa mavjud muammolar va istiqbolli takliflarga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: restavratsiya, konservatsiya, rekonstruksiya, madaniy meros, tarixiy obida, me’moriy uslub, xalqaro tajriba.
Доказательный фрагмент
«Tarixiy obidalar – har bir xalqning o‘ziga xos milliy o‘zligini, madaniy merosini va estetik tafakkurini namoyon etuvchi betakror yodgorliklardir.»
Образец извлечения
Демо-превьюTarixiy obidalar – har bir xalqning o‘ziga xos milliy o‘zligini, madaniy merosini va estetik tafakkurini namoyon etuvchi betakror yodgorliklardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- me’moriy uslub, xalqaro tajriba., madaniy meros, konservatsiya, restavratsiya, rekonstruksiya, tarixiy obida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014