Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Лингвопоэтический анализ творчества поэтессы Шамс. Классификация обращений, использованных в диване "Самандар"
Makhfuza MADAMINOVA · Doniyor YULDASHEV · Keywords: -/© in Science LLC. (Urgench State University)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 32-35 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются обращения, императив, использованные в диване, их классификация по структуре и предлог, важные аспекты этой классификации в лингвистике. Статья простая форма, подчеркивает, что художественность, выразительность и сложная форма, внутренняя структура, успешность творческого подхода автора проявляются в том, применение в как обращения внедрены в содержание бейтов дивана, и эти лингвистике. аспекты также отражаются в классификации обращений. Undalma — soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur qilingan hodisani bildiradigan so‘z yoki soʻz birikmasi. Undalma, kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. Undalma gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Gap boshida undalma maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. Undalma, kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud. Undalma gapning har erida kela oladi: gapning boshida ham o‘rtasida ham, oxirida ham. Undalmaning o‘rni uning semantik funksiyasiga, stilistik xususiyatiga, tarkibiga, asosiysi, gapning strukturasi va mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Yozuvchilar o‘z asarlarida undalmalarni uch holatda qo‘llaydi: prepozitiv, interpozitiv va postpozitiv. Prepozitiv (odatdagi) holatda, ya’ni undalma gap boshida kelganda so‘zlovchining maqsadi tinglovchining diqqatini tortish bo‘lib, fikr konkret adresatga qaratiladi. Misol uchun: Buncha solur o‘t jahona, Layli, Qo‘ymasmi qadam makona, Layli. El ashkini to‘kkali qilur jazm, Har lahza topib bahona, Layli. Qo‘zg‘otgali ishq elini bir zum, Ko‘z tashlab o‘tar tomona, Layli. Zor o‘ldi ko‘ngul yuzing ko‘ray deb, Oshiq sanga g‘oyibona, Layli. Shoira qalam yo‘ndi bitay deb, Majnun yo‘lida fasona, Layli. Ushbu g‘azalida ijodkor Layli obraziga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilmoqda va bu undalma hisoblanadi. Undalmalar tuzilishi jihatidan ikkiga bo‘linadi: 33 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue –4 (2025) / ISSN 2181-3701 1. Sodda undalmalar. 2. Murakkab undalmalar. Sodda undalmalar bir so‘zdan iborat undalmalardir. Misol uchun: Shams, tildan o‘lsa gar mahrum, otingni debon, Chun “yashab bo‘lmas, degay, ul shahsuvorimdan kechib” . Charx, yig‘latding mani, asroring emdi fosh etib, Nega bunyod etmading avval dilimni tosh etib?! Shoira, ozordin gar ko‘zda ashking qon o‘lur, Ishqda, chun, aylamish bag‘ringni ul gulnor nor. Ko‘ngil ravshan tabassum qilsang, Dilafro‘zim, takallum qilsang. Qara, Shoira, parvo qilmagay ul, Ming oh-u nolani bekora qilding. Ikki va undan ortiq so‘zlar bilan kengaytirilgan undalmaga murakkab undalmalar deyiladi. Misol uchun: Ey falak oynasiga qonimi sochgan habib, Ufq yutdi bag‘rixunim, ulki qonmasdir nega? Oshig‘ing qatlini istar furqating, Qotil o‘lma, Sen Masiho-yu tabib. Faqiring naylasin, voh Ishim oh o‘ldi, yo Rab. Ey maloyik sarvari, dil sanda erdi, bilmading, Gul yuzing deb ikki ko‘z gulshanda erdi bilmading. Tushmidi yoki xayol, men birla erding, ey Hilol, Bog‘ ichida ikki pechak dillashib davri visol. Vatandin ayri dillarga davo yo‘q erkan, ey Bobur, Diyoring bo‘yidek toza havo yo‘q erkan, ey Bobur. Yuqoridagi baytlar mazmunidan anglashiladiki, murakkab undalmalar, yanada badiiy tasvir vositalarini oshiruvchi unsir bo‘lib xizmat qilgan. Bu esa g‘azalni yanada sof va dalillash kabi izohlar bilan ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. 34 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue –4 (2025) / ISSN 2181-3701 Xulosa o‘rnida aytish joizki, undalma va uning tuzilishiga ko‘ra turlari, asnosida, mumtoz adabiyot durdonalarini o‘rganish ta’sirchanlik va ma’noni kuchaytirish kabi qo‘shimcha ma’no anglashilishida hamda bunday tadqiqotlar bilan tilshunoslikning ahamiyati katta ekanligini bildiradi. Baytlar tarbidagi undalmalarning qo‘llanganligi bu shoiraning yutug‘i ,,desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki misralardagi undalmalar mushtariylarning diqqat-e’tiborini jalb qilishga va yanada keng qamrovli mushohada bilan yondashishga undaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. “Samandar” devoni. Shoira Shams/ “Quvonchbek- Mashhura” MCHJ Urganch-2019. 2. “Badiiy asarlarda undalmalar va ularning tasniflanishi” Ergasheva Gulchehra(maqolasidan). Ilmiy tadqiqotlar jurnali 8-son/2022. 3. https://uz.wikipedia.org 35
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются обращения, императив, использованные в диване, их классификация по структуре и предлог, важные аспекты этой классификации в лингвистике.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются обращения, императив, использованные в диване, их классификация по структуре и предлог, важные аспекты этой классификации в лингвистике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-3701/© 2024 in Science LLC, tilshunoslikka tatbiqi, simple form, сложная форма, ichki tuzilishi, предлог, простая форма, murakkab shakli, internal structure, application to linguistics, императив, внутренняя структура, применение в лингвистике, prepositive, prepozitiv, exclamation, sodda shakli, complex form, undalma
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025