К содержанию
РецензированоRU2025

Анализ сходств и особенностей традиций в развитии культурных связей между Узбекистаном и Китаем

Zarina BAKHRONOVA · February between Uzbekistan (Samarkand State Institute of Foreign Languages)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 240-248 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: Цель данной работы – проанализировать сходные и 孝道 (сыновняя уникальные черты традиций в развитии культурных почтительность), связей между Узбекистаном и Китаем. туризм, ценности, праздники, одежда, воспитание, семейные ценности, обряды помолвки и свадьбы. Oʻzbekiston va Xitoyni uzoq tarixiy aloqalar bogʻlab turadi. Ikki davlat munosabatlari miloddan avvalgi davrlarga borib taqalib, Buyuk Ipak yoʻli orqali savdo, madaniyat va ilm-fan almashinuvi sodir boʻlgan. Aynan shu yoʻnalish orqali Markaziy Osiyo va Xitoy oʻrtasida ipak, qimmatbaho toshlar, ziravorlar, qogʻoz, chinni buyumlar va boshqa mahsulotlar savdosi rivojlangan. Bu jarayon nafaqat iqtisodiy, balki madaniy ta’sirning ham o‘zaro almashinuviga olib kelgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik iqtisodiyot, infratuzilma, ta’lim va madaniyat sohalarida jadal rivojlanmoqda. Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik iqtisodiy hamkorlaridan biri boʻlish bilan birga, madaniy hamkorlik yoʻnalishida ham muhim rol oʻynamoqda. Xitoyda oʻzbek madaniyatiga qiziqish ortib borayotgan boʻlsa, Oʻzbekistonda ham xitoy tiliga, urf-odatlariga va san’atiga qiziqish oshmoqda. Xususan, 最有中国味儿的字和词kitobi mualliflari L.L. Vetrujeskaya va M.B. Xatdapova o‘z kitobida chuqur tushuntirib o‘tgan xitoy urf-odatlari, madaniyati va an’anaviy bayramlarini misollar bilan juda ham keng yoritib berishgan, aynan mana shu kitobda berilgan madaniy bayram va urf-odatlarni O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlari bilan solishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari xitoy tili o’rganuvchilari orasida juda ommabop o‘qib o‘rganiladigan HSK Standart Course kitobida xitoyliklarning ovqatlanish vaqtida ishlatadigan 筷子 (kuaizi) va bayram ovqati hisoblangan 饺子 (jiaozi)ya’ni chuchvaralar haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Mana shunday qiziqarli ma’lumotlarga tayangan holda mazkur maqolada Oʻzbekiston va Xitoy madaniy an’analarining oʻxshash va oʻziga xos jihatlari tahlil qilinadi hamda ularning ikki tomonlama aloqalar rivojiga ta’siri koʻrib chiqiladi. Madaniy jihatdan oʻxshashliklar ikki xalq oʻrtasidagi tushunishni yanada mustahkamlashga xizmat qilsa, oʻziga xos jihatlar esa turli tadbirlarda bir-birining madaniyatidan o‘rganish imkonini yaratadi. Biz bu maqolada ikki davlatning o‘xshash va farqli jihatlarini quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rib chiqamiz: An’anaviy oilaviy qadriyatlar Oila har bir jamiyatning asosi hisoblanadi va Oʻzbekiston hamda Xitoyda oilaga boʻlgan munosabat madaniy qadriyatlarning eng muhim qismini tashkil etadi. Ikkala xalq ham oilaviy an’analarga katta e’tibor qaratadi, katta avlodni hurmat qilish, oilaviy birdamlik va farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish bu madaniyatlarning umumiy jihatlaridan biridir. 241 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701 Katta avlodga hurmat va oilaviy ierarxiya. Oʻzbekiston va Xitoyda ota-onalar va keksa avlodga hurmat qilish qadimdan muhim an’ana hisoblanadi. Oʻzbek jamiyatida oiladagi katta yoshli insonlar, xususan, bobolar va buvilar hurmat bilan e’zozlanadi, ularning hayotiy tajribasi va maslahatlariga quloq solish odat tusiga kirgan. Oʻzbek oilasida ota-onaning duosi va roziligi har qanday qaror qabul qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu singari, Xitoyda ham Konfutsiy ta’limotining ta’siri kuchli boʻlib, "Xiaodao" (孝道) yoki "filial piety" tushunchasi keng tarqalgan. Bu tushuncha ota-onaga va katta avlodga sadoqatli boʻlishni, ularni hurmat qilishni va qarilik chogʻida ularga gʻamxoʻrlik qilishni nazarda tutadi. Xitoy oilalarida katta yoshdagilar oila boshlig‘i hisoblanadi va ularning so‘zi e’tiborga olinadi. Oila birligi va birdamlik. Oʻzbekistonda ham, Xitoyda ham oilaning birdamligi muhim qadriyat hisoblanadi. An’anaviy o‘zbek oilalarida ko‘pchilik aka-uka va opa-singillar birga yashaydi yoki doimiy aloqada bo‘lib, bir-biriga yordam berishadi. Ayniqsa, qishloq joylarda kengaytirilgan oilalar, ya’ni bir necha avlod vakillarining bir uyda yashashi hanuz saqlanib qolgan. Xitoyda ham bu an’ana uzoq yillar davomida mavjud bo‘lib kelgan. An’anaviy xitoy oilalari uch avlod vakillarining bir joyda yashashi bilan ajralib turgan. Garchi zamonaviy urbanizatsiya va iqtisodiy o‘zgarishlar sababli bu model biroz o‘zgargan bo‘lsa ham, oilaviy birdamlik va qarindosh-urug‘chilik aloqalarini mustahkamlash Xitoy jamiyatida hamon muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi va ta’limga bo‘lgan munosabat. Oʻzbekiston va Xitoy oilalarida farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Oʻzbek oilalarida ota-ona bolani nafaqat yaxshi odob-axloq bilan tarbiyalashga, balki unga mehnatsevarlik, kattalarni hurmat qilish va milliy qadriyatlarni singdirishga harakat qiladi. Ta’lim Oʻzbekistonda muhim o‘rin tutadi, ota-onalar farzandlarining yaxshi bilim olishiga intiladi va ularning kelajagi uchun katta sarmoya kiritishadi. Xuddi shu holat Xitoy jamiyatida ham kuzatiladi. Xitoy oilalarida ta’limga bo‘lgan

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Цель данной работы – проанализировать сходные и 孝道 (сыновняя уникальные черты традиций в развитии культурных почтительность), связей между Узбекистаном и Китаем.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Цель данной работы – проанализировать сходные и 孝道 (сыновняя уникальные черты традиций в развитии культурных почтительность), связей между Узбекистаном и Китаем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
孝道 (filial piety), turizm, tourism, праздники, 孝道 (сыновняя почтительность), воспитание, clothing, обряды помолвки и свадьбы, nikoy va to‘y marosimlari, туризм, bayramlar, одежда, liboslar, ценности, семейные ценности, tarbiya, upbringing, family values, oilaviy qadriyatlar, engagement and wedding ceremonies, 孝道, qadriyatlar, values, holidays
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники