К содержанию
РецензированоRU2025

Эшкобил Шукур в творчестве древнетюркских памятников: образ и способы его выражения

Nargiza NORMURODOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 253-259 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается творчество поэта образ, Эшкобила Шукура, который вносит значительный вклад в манера выражения, узбекскую поэзию своими плодотворными умение использовать произведениями, и его стихи, проникнутые своеобразной слова, древние писцовые камни, народной мелодичностью. Обращаясь к прекрасным, сила слова, неповторимым стихотворениям Эшкобила Шукура о магастви. надписях на каменных плитах, хранящихся на золотых страницах древней истории, проводится художественный анализ его творчества. Biz bilamizki, mustaqilligimiz tufayli har jabhada juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa, ma’naviyatimizning asosi bo‘lgan o‘zbek adabiyotiga, so‘z san’atiga bo‘lgan qarashlar, munosabatni yaratilgan badiiy asarlarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mustaqilligimiz ma’naviy qadriyatlarimizning tiklanishi, o‘zligimizni yanada yaqqolroq anglashimiz uchun juda katta zamin yaratib berdi. Bu yangi davr adabiyot tarixiga ham boshqacha nazar bilan qarash imkonini berdi. Bu esa, albatta, zamonaviy-badiiy jarayonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ayniqsa, o‘zbek she’riyatida bu tub tarixiy evrilishlarning akslarini ko‘ra boshladik. O‘zbek she’riyati yetarli darajada ma’naviy miqyosdan, badiiy salohiyat nuqtai nazaridan ham o‘sdi. Bu she’riyatning alohida ajralib turadigan jihati shu ediki, bunda shoir qalbidagi his-tuyg‘ularini ko‘proq aks ettira boshladi. Yangi mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida xalqimizning har bir a’zosida bo‘lgani kabi ijodkorlar, xususan, shoirlar qalbida ham mustaqillikka shukronalik tuyg‘usi bo‘lishi bilan birga buyuk kelajagimizga bo‘lgan ishonch ham bor edi, albatta. Bu davrda sermahsul ijod qilgan shoirlar Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Azim Suyun, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid, Oydin Hojiyeva, Iqbol Mirzo, Abduvali Qutbiddin, Salim Ashur, Faxriyor, Xosiyat Xusanova, Qo‘chqor Norqobil, Omon Matjon kabi shoirlar orasida o‘z yo‘li va ovoziga ega shoir Eshqobil Shukurning ham alohida o‘rni bor, albatta. “Osha tanish ohang shoirni boshqalardan ajratib “Bu Eshqobil Shukur she’ri” deb shivirlagan ohang va rangin tuyg‘ular, yangi ohanglar bilan o‘rangan. Bu she’rlardan ufurib turgan harirlik, osha ko‘xna she’rni she’r qilib kelgan hech qachon baqirmaydigan, faqat shivirlaydigan hazinlik, kishini tushkunlikka emas, yorug‘likka chorlaydigan hazinlik, yorqin tus olgani va tozaligi, Ibrohim muallim aytmoqchi “jadidiy” ma’nosi bilan ajralib turadi..” [1]. Darhaqiqat, Eshqobil Shukur she’riyati hazin ohanglar emas, qalbni yashnatuvchi, ruhni davolovchi nozik bir tizmalardir. Eshqobil Shukur she’riyati ozining ohangdorligi, go‘zallikni tarannum etuvchi, goh tarixning eng buyuk, qadimiy davrlariga murojaat eta olgan, o‘sha qadim navolarni qalblarimizda uyg‘ota olgan inja bir she’riyatdir. Ayniqsa, shoir ijodini bezab turuvchi xalqona ohang va qadimiy navolar Eshqobil Shukurning xalq va vatan taqdiri, kelajagi, tarixi oldida naqadar burchli ekanligidan dalolat beradi. Eshqobil Shukur o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rnini topa olgan, o‘z ovoziga ega bo‘lgan shoirdir. Shoirning ilk she’riy to‘plami “Yurakni o‘rganish” (1984) nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng uning “Sochlari sumbul” (1988), “Yashil qushlar” (1995), “Hamal 254 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701 ayvoni” (2000) she’riy kitoblari va 2005-yilda “Ko‘xna bog‘ rivoyatlari” nasriy kitobi nashr etilgan. “Naqshband”, “Ibtido xatosi” kabi dostonlari “Nasoyim-ul muhabbatga sayr” turkumi, shuningdek, “Oqibat oqshomi”, “Dunyoning ko‘chishi” kabi qissalari ham keng kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanib ulgurgan. 2022-yil nashr etilgan “Bobosoz izidan” nomli qayta to‘ldirilgan nashri tez fursatda o‘zbek ziyolilarining e’tiborini qozondi. Ijobiy ma’nodagi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Bobosoz izidan” kitobi yozuvchi Eshqobil Shukurning ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatidan darak beradi. Kitobning bosh sahifasidagi “mehr va muhabbat bilan, azizim, mehribonim, suyuklim ona tilimga bag‘ishlayman” degan jumlalari fikrimiz dalilidir. O‘zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biriga aylangan Eshqobil Shukur ijodida o‘ziga xos ohanglarni, ezgulikka yo‘g‘rilgan misralarni, Vatan tarixining eng ko‘xna davrlariga murojaat etib, ularni bugungi kun nigohi bilan ko‘ra olgan shoir qalbini sezgandek bo‘lamiz. Shoirning qalb istagi, ko‘ngil amri bu she’r yozmoqdir. She’r yozganda ham insonning qalbiga, yuragiga ta’sir eta oladigan, uni mushohadaga chorlab, junbishga keltira oladigan misralarni topib yozishdir. Eshqobil Shukur ijodining mavzu ko‘lami rang-barang.Unda momolarimiz dildan kuylagan o‘sha qadim yor-yor ohanglarini ham, keng dalada javlon urgan bolakay o‘yinqaroqliklari-yu, hammaga tanish sevgi-muhabbat ohanglarini ham bot-bot uchratish mumkin. Fikrimiz dalili sifatida shoirning “Ko‘ngil yoshi” she’ridagi mana bu misralarga quloq solaylik-chi: “Ko‘nglim gulg

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается творчество поэта образ, Эшкобила Шукура, который вносит значительный вклад в манера выражения, узбекскую поэзию своими плодотворными умение использовать произведениями,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается творчество поэта образ, Эшкобила Шукура, который вносит значительный вклад в манера выражения, узбекскую поэзию своими плодотворными умение использовать произведениями,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3/S-pp253-259, магастви, style of expression, image, древние писцовые камни, сила слова, манера выражения, ancient inscriptions, so‘z qudrati, ifoda uslubi, so‘z qo‘llash mahorati, qadimgi bitiktoshlar, образ, mastery of word usage, magastvi, power of words, obraz, mag‘astvi, умение использовать слова
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники