К содержанию
РецензированоUZ2025

SAHIH AL-BUXORIYNING "ILM KITOBI": ILMGA TERANG YONDASHUVNING ASOSIY MANBASI

SCIENCE SHINE · YONDASHUVNING ASOSIY MANBASI · Korabayev Nurpeys

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning “al- Jomi‘ as-Sahih” asaridagi “Kitab ul-Ilm” bobining ilmiy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Islomda ilmga bo‘lgan yondashuv Qur’oni karim va hadisi shariflar asosida yoritilgani, ayniqsa, “Ilm kitobi”da ilmni o‘rganish, uni niyat bilan bog‘lash, yozib borish, boshqalarga yetkazish, ayollar va bolalar ta’limi hamda foydasiz ilmning salbiy oqibatlari kabi dolzarb masalalar keng qamrab olingani asosli dalillar bilan ko‘rsatib beriladi. Imom al-Buxoriyning ilmga oid hadislarni maxsus bobda jamlagani uning bu mavzuga nisbatan chuqur e’tibor bilan yondashganini ifodalaydi. Maqolada, shuningdek, “Kitab ul-Ilm”ning bugungi zamon ilmiy-ma’naviy muhitida tutgan o‘rni va har bir inson uchun tutgan ahamiyati tahliliy yondashuv asosida yoritiladi. Tadqiqotda zamonaviy jamiyatda foydali ilmga intilish va uni amaliyotda qo‘llash zaruriyati alohida ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Imom al-Buxoriy, al-Jomi‘ as-Sahih, Kitab ul-Ilm, ilmning fazli, foydali ilm, hadis ilmi, islomda ta’lim, diniy-ma’naviy qadriyatlar, ilmga niyat. Islom dini o‘zining ilk kunlaridan boshlab ilmga, bilim olish va uni boshqalarga yetkazishga alohida e’tibor bergan. Bu jihat Qur’oni karimda va Rasululloh alayhissalomning hadisi shariflarida aniq namoyon bo‘lgan. Bu boradagi eng asosiy manbalardan biri Imom Buxoriy (rahimahulloh)ning “Sahih” to‘plamidir. Ushbu sahih hadislar to‘plami islom ilmlarining ko‘p tarmoqlarida asosiy dalil bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, “Kitab ul-Ilm” – ya’ni “Ilm kitobi” – bilimning qadri, uni o‘rganish va tarqatishdagi odoblar, niyat va ahamiyatini yoritib beruvchi eng muhim boblardan biridir. Imom Buxoriy (810–870 milodiy; 194–256 hijriy) musulmon olamidagi eng yirik muhaddislardan biridir. U yoshligidan hadis ilmini chuqur o‘rganib, minglab roviylardan ilm olgan. Uning “al-Jomi‘ as-Sahih” asari faqat sahih (ishonchli) hadislarni jamlagani bilan ajralib turadi. Asarning ilk boblaridan biri sifatida “Kitab ul-Ilm”ni keltirishi Imom Buxoriy uchun ilmning naqadar ustuvor mavqeʼda ekanidan dalolat beradi. “Kitab ul-Ilm”da koʻplab boblar mavjud bo‘lib, har biri ilmning bir jihatini yoritishga qaratilgan. Bu boblarda quyidagi mavzular yoritiladi: -Ilmning fazli va unga bo‘lgan targ‘ib 100 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 -Ilmni o‘rganish niyati -Ilmni yozib borishning ahamiyati -Ayollarning ilm o‘rganish huquqi -Bolalar va yoshlarning ilmga jalb qilinishi -Ilmni yashirishning gunohi -Amal qilinmaydigan ilmning xavfi -Ilmni boshqalarga yetkazish va unga amal qilish Bu boblar orqali Imom Buxoriy ilmni faqat nazariy bilim emas, balki hayot tarziga aylanishi kerak bo‘lgan amaliy qadriyat sifatida taqdim etadi. Imom Buxoriy “Ilm kitobi”da ilm olishda niyatning to‘g‘riligiga alohida e’tibor beradi. Ilm faqatgina dunyo manfaati yoki mansab uchun emas, balki Alloh rizoligi uchun bo‘lishi kerak. Bu jihat hadislar orqali keng yoritiladi, masalan: "Kimki ilmi bilan Allohning roziligini istasa..." mazmunidagi hadislar orqali ilmga bo‘lgan iymoniy yondashuv mustahkamlanadi. “Ilm kitobi”da ilmning asl qiymati — unga amal qilishda ekani ta’kidlanadi. Ilm egasining uni boshqalarga yetkazishi, o‘rgatishi va nasihat qilishi bu ilmlarning barakali bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Hadisda aytilganidek: "Sizlardan eng yaxshilaringiz – Qur’onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganlaringizdir." (Buxoriy rivoyati) Imom Buxoriy keltirgan hadislar ichida foydali ilm uchun duo qilish va foydasiz ilmning zarari haqida ogohlantiruvchi dalillar ko‘p. Rasululloh alayhissalomning: “Allohim, foyda bermaydigan ilm, qo‘rqmaydigan qalbdan panoh so‘rayman” degan duolari ilmning qaysi turi biz uchun qimmatli ekani haqida chuqur tafakkurga chorlaydi. Islom tarixida ayollar ilmda faollik ko‘rsatganlar. A’isha (r.a.) kabi muhaddisalar Imom Buxoriy keltirgan hadislar orqali yodga olinadi. “Ilm kitobi”da bolalarning ilmga jalb qilinishi yoshligidan targ‘ib etiladi. Bu islomda ilm olish umumiy, jins va yoshdan qat’iy nazar, barcha uchun farz ekani haqidagi tasavvurni mustahkamlaydi. Imom Buxoriyning “Kitab ul-Ilm” bobini o‘rganish orqali biz nafaqat ilmning fazilatlarini, balki uni qanday niyat bilan o‘rganish, qanday amal qilish va boshqalarga qanday yetkazish lozimligini ham o‘rganamiz. Bugungi kunda, ilmning ko‘paygan davrida, “foydali ilm”ga intilish, uni hayotimizga tadbiq etish va jamiyatga yetkazish har bir musulmonning zimmasidagi ulkan mas’uliyatdir. “Kitab ul-Ilm” bizga bu borada aniq yo‘l-yo‘riq va ilhom beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: Sahihi Buxoriy sharhi 3 jild: Hilol nashr, 2024 101

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning “al- Jomi‘ as-Sahih” asaridagi “Kitab ul-Ilm” bobining ilmiy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning “al- Jomi‘ as-Sahih” asaridagi “Kitab ul-Ilm” bobining ilmiy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
al-Jomi‘ as-Sahih, islomda ta’lim, hadis ilmi, ilmga niyat., ilmning fazli, Kitab ul-Ilm, foydali ilm, diniy-ma’naviy qadriyatlar, Imom al-Buxoriy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники