К содержанию
РецензированоRU2025

SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI

SCIENCE SHINE · VA ISTIQBOLLARI · Xodjayeva Zilola Saidazim qizi · Ilmiy rahbar: Yo’ldoshev Abdumalik

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются сущность оздоровительного туризма, его современные тенденции и перспективы в Узбекистане. Анализируются санаторно-курортные учреждения, спа-центры, бальнеологические комплексы и направления экотерапии. Рассмотрены проблемы и возможности, предложены конкретные рекомендации по развитию отрасли. Ключевые слова: оздоровительный туризм, санаторий, спа, бальнеология, здоровье, реабилитация, инновации. Adabiyotlar tahlili Sog‘lomlashtirish turizmi sohasidagi ilmiy manbalar asosan BMT Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), Global Wellness Institute kabi xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va ilmiy maqolalariga asoslanadi. 85 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 UNWTOning 2023-yildagi Global Report on Health Tourism hisobotida sog‘lomlashtirish turizmining jahon bozoridagi ulushi, davolash va dam olishni birlashtirgan xizmatlarning ko‘payishi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, Global Wellness Institute tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarda sog‘lomlashtirish xizmatlarining 2022–2023 yillardagi o‘sish sur’atlari va eng faol regionlar qayd etilgan. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar, xususan Agzamova N. (2020) va Xalilova D. (2021) o‘z maqolalarida respublikadagi kurortlarning iqtisodiy tahlili, mavjud infratuzilmaning zamonaviy talablarga javob bermasligi, lekin ularda katta tabiiy salohiyat mavjudligini qayd etadi. Xorijiy mualliflardan J. Smith va E. Hall sog‘lomlashtirish turizmining xizmatlar sifati, ruhiy farovonlik va ekologik muhit bilan bog‘liqligini tahlil qilgan. Ularning ishlari sog‘liqni saqlash va turizm integratsiyasi bo‘yicha ilg‘or nazariy yondashuvlarni beradi. Xulosa sifatida, mavjud adabiyotlar sog‘lomlashtirish turizmi global trend sifatida shakllanayotganini, ammo O‘zbekiston sharoitida bu yo‘nalish hali to‘liq o‘z salohiyatini namoyon qilmaganini ko‘rsatadi. Tadqiqot metodologiyasi Ushbu ilmiy maqola yozilishida quyidagi metodologik yondashuvlar qo‘llanildi: 1. Tahliliy-uslubiy yondashuv – sog‘lomlashtirish turizmining asosiy yo‘nalishlari, xizmat turlari, infratuzilma holati, kadrlar tayyorlash tizimi bo‘yicha mavjud holat o‘rganildi. 2. Taqqoslash metodi – O‘zbekiston tajribasi boshqa mamlakatlar tajribasi (Turkiya, Gruziya, Rossiya, Chexiya) bilan taqqoslab baholandi. 3. Adabiyotlar sharhi – xalqaro tashkilotlar va ilmiy jurnallarda chop etilgan hisobotlar va maqolalar tahlil qilindi. 4. Tavsiyaviy yondashuv – muammo va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. 5. Jadvaliy tahlil – maqolada keltirilgan jadval orqali asosiy yo‘nalishlar, muammolar va yechimlar tizimli ko‘rinishda aks ettirildi. Kirish. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi omillardan biridir. Ayniqsa, sog‘lomlashtirish turizmi so‘nggi yillarda salomatlik va sifatli hayotga e’tibor oshgan davrda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu turizm yo‘nalishi insonlarning sog‘ligini tiklash, ruhiy barqarorlikni ta’minlash va stressni kamaytirishda katta rol o‘ynaydi. O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari – issiq 86 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 buloqlar, mineral suvlar, tog‘li hududlar va davolovchi balchiqli yerlari bilan sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Biroq, bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani sezilmoqda. Ayniqsa, sohaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma, kadrlar tayyorlash va marketing sohalarida muammolar mavjud. Sog‘lomlashtirish turizmining asosiy yo‘nalishlari Sanatoriy-kurort turizmi. Sanatoriyalar va kurortlar asosan iqlim-terapiya, balneologik muolajalar (suvda davolash), shifobaxsh balchiq bilan davolash, parhez terapiyasi kabi usullar asosida xizmat ko‘rsatadi. Masalan, Chortoq, Zomin, Obi Hayot, Shohimardon kabi maskanlar o‘zining shifobaxsh resurslari bilan mashhur. Ushbu hududlarning tabiiy xususiyatlari, hududiy infratuzilmaning rivojlanishi, shuningdek, sog‘lomlashtirish bo‘yicha mutaxassislar va tashkilotlar bilan hamkorlik, ushbu turizm yo‘nalishini yanada kuchaytirishi mumkin. SPA va wellness markazlari. Zamonaviy spa va wellness markazlari salomatlikni tiklashda stressga qarshi, kosmetik, fitnes, aromaterapiya kabi xizmatlarni taklif etadi. Wellness xizmatlarining kengayishi, shuningdek, biotexnologiya va innovatsion sog‘lomlashtirish metodlarining qo‘llanilishi, bu sohaning global miqyosda raqobatbardoshligini oshiradi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishning rivojlanishi va zamonaviy usullarning joriy etilishi sog‘lomlashtirish turizmini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Reabilitatsion. Bu yo‘nalish yurak-qon tomir, bo‘g‘im, asab tizimi, operatsiyadan keyingi holatlarda tiklanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘pincha tibbiyot bilan integratsiyalashgan bo‘ladi. Reabilitatsiya muolajalarini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda zamonaviy klinikalar, reabilitatsiya markazlari va tib

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются сущность оздоровительного туризма, его современные тенденции и перспективы в Узбекистане.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются сущность оздоровительного туризма, его современные тенденции и перспективы в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
health tourism, wellness, sanatorium, spa, balneology, balneologiya, sog‘lomlashtirish turizmi, sanatoriy, reabilitatsiya, salomatlik, kurort, innovatsiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники