К содержанию
РецензированоRU2025

BOSHLANG‘ICH SINF TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

SCIENCE SHINE · PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Tozaboyeva Gulhayo

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

в статье рассматриваются конкретные возможности использования передовых педагогических технологий на уроках естествознания в начальной школе. Ключевые слова: методика, технология, природа, преподавание, образование, воспитательная работа, дидактика. Annotation: the article outlines the specific possibilities of using advanced pedagogical technologies in elementary school natural science classes. Keywords: methodology, technology, nature, teaching, education, upbringing, didactics. Boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun eng avvalo dars turi, maqsadi, mavzusiga to‘xtalishimiz tabiiy. Shunday ekan, eng avvalo, darsning texnologik xaritasini tuzib olishimiz darkor, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Uni qay ko‘rinishda tuzish o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi, ijodkorligiga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi, aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija aks etishi lozim. Texnologik xaritaning tuzilishi o‘qituvchini darsning kengaytirilgan ishlanmasini tuzishdan, yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o‘z aksini topadi. O‘qituvchi o‘qitayotgan fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fanni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishga, yaxlit o‘quv jarayonining boshlanishi va maqsadidan tortib, erishiladigan natijasini ko‘ra olishgacha yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning o‘quvchilar imkoniyati va 64 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 ehtiyojidan kelib chiqib tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqishga va bu bilan o‘qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. O‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘qituvchidan juda ko‘p samarali mehnatni talab etadi. Ilg‘or tajribaga ega o‘qituvchilar mahorati quyidagi pedagogik texnologiyada o‘z ifodasini topdi. Birinchidan, dars mazmunidan kelib chiqish, maqsadning aniqligi. Maqsadga ko‘ra darslarni xilma-xil shakllarda tashkil etish: 1. Ijodiy dars. 2. Ertalik darsi. 3. Bahs. 4. Suhbat. 5. Sayohat. 6. Uchrashuvli darslar. Ikkinchidan, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga odatlantirish maqsadida kino, televidenie, ma’naviy o‘yinlar, mushoiralarning qo‘llanilishi. Uchinchidan, o‘quvchilarning bilimi, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida tezkor testlar va reyting kabi pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos shakllaridan foydalanish. Ayniqsa, o‘qituvchining o‘z faoliyatiga yangicha yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatshunoslik darslarida ushbu didaktik texnologiya va mashqlardan tashqari «Bumerang», «Zinama-zina», «6x6x6», «Charxpalak», «Mozaika», «Issiq kartoshka», «So‘z top», «3/4», «Dumaloq stol», «3/3», «FSMU», “Raqamli joylashuv”, «Beshinchisi ortiqcha», «uch haqiqat bir yolg‘on», «Sinkveyn», «Yangi fikriy hujum», «Akvarium», «Insert», “Bilmasvoyni kim yengadi?”, «Rasmlarni to‘g‘ri joylashtir», «Video topishmoq», «Qora quti», «Qarorlar shajarasi», «Zakovat», «Kim ko‘p biladi», «Davra suhbati», «Ven diagrammasi», «To‘xtab o‘qish», «Zanjir» kabi bir necha texnologiyalardan foydalanish mumkin. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, quyida pedagogik texnologiyalar asosida tabiatshunoslik fanidan 1 soatlik darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasi va dars ishlanmasidan namuna keltiramiz: Darsning texnologik xaritasi Mavzu: O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar (4-sinf) Darsning turi: Yangi bilim beruvchi. Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar. Soatlar soni: 1 soat (45 minut) Mavzuning qisqacha ta’rifi: Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: Suhbat, tushuntirish, ko‘rgazmalilik, bahs-munozara, test, didaktik 65 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 o‘yinlar (“Bilmasvoyni kim yengadi?”, «Kim tez bajaradi», «To‘rtinchisi ortiqcha», “Raqamli joylashuv”), “Klaster”, «Bilimdon» (BBB) usullari. Shakl: jamoa, guruh bilan ishlash. Darsning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi: matematika, o‘qish, musiqa, jismoniy tarbiY. Darsda o‘quvchi bilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar: 1) uy va yovvoyi hayvonlar, ularning oziqlanishi va yashash sharoiti, ularni parvarishlash va farqlay olish; 2) inson va tabiat orasidagi munosabatni, tabiatni asrashning muhimligini tavsiflay olish; 3) tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni “Kundalik kuzatish daftari”ga qayd etib borish. Darsning jihozlari: Darslik, mavzuga oid rasmlar, qush va hayvonlarning tarqatma shablonlari, tarqatma test, rebus. Texnik vositalar: Televizor, DVD, proektor, ekran, disklar. Nazorat: O‘quvchilarning

Доказательный фрагмент

«в статье рассматриваются конкретные возможности использования передовых педагогических технологий на уроках естествознания в начальной школе.»

Образец извлечения

Демо-превью

в статье рассматриваются конкретные возможности использования передовых педагогических технологий на уроках естествознания в начальной школе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
methodology, technology, nature, teaching, education, upbringing, tarbiya, tabiat, ta’lim, texnologiya, o‘qitish, Metodika, didaktika.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники