К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA XALQARO INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH HOLATI VA TAHLILI

SCIENCE SHINE · Butabaev Mexriddin Shaxabidinovich · Ulugova Nozimaxon Shuxratbek qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article analyzes the system of managing international investment projects in Uzbekistan, existing problems, and proposals for their resolution. Against 58 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 the backdrop of ongoing reforms in the country, improving the effectiveness of projects involving foreign investors, monitoring them, and digitalizing these processes are seen as important directions. The article also delves into the existing shortcomings in project management, particularly bureaucratic barriers, the lack of qualified personnel, and issues of coordination in management. The author also proposes recommendations and suggestions for improvement in this area. Keywords: international investments, project management, Uzbekistan, financial institutions, bureaucratic barriers, monitoring, digitalization, economic reforms, capital, personnel potential. Kirish. Hozirgi davrda globallashuv jarayonlari va xalqaro iqtisodiy hamkorlikning jadallashuvi fonida rivojlanayotgan davlatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ular asosida yirik iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash, biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish va chet el investorlariga qulayliklar yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xalqaro investitsiya loyihalari nafaqat moliyaviy resurslar oqimini ta’minlaydi, balki ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv tajribasi va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshiradi. Shu sababli, ushbu loyihalarni samarali boshqarish, ularni amalga oshirishda tizimli yondashuv va zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda xalqaro investitsiya loyihalarini boshqarishning amaldagi holati, mavjud muammolar, yutuqlar va istiqbolli yo‘nalishlar chuqur tahlil qilinadi hamda bu boradagi taklif va tavsiyalar bayon etiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan islohotlar, xususan, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatda xalqaro investitsiya loyihalarini jalb etish va amalga oshirish bo‘yicha ijobiy sur’atlar berib kelmoqda. Xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy investorlar ishtirokida keng ko‘lamli infratuzilma, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini boshqarish bir necha bosqichlardan iborat: 1. Loyihani rejalashtirish va tayyorlash – bu bosqichda loyiha tashabbuskorlari texnik-iqtisodiy asos (TIA) ishlab chiqadilar, loyiha konsepsiyasi va moliyaviy modeli tayyorlanadi. 59 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 2. Moliyalashtirishni jalb etish – xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti va boshqalar) yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investorlar orqali. 3. Loyihani amalga oshirish – qurilish-montaj ishlari, uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish, boshqaruv tizimlarini yo‘lga qo‘yish. 4. Monitoring va baholash – loyiha bajarilishi ustidan doimiy nazorat, moliyaviy va texnik audit, muammolarni aniqlash va tuzatish choralari. O‘zbekistonda xalqaro investitsiya loyihalarini boshqarish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, bu jarayonda tizimli muammolarni bartaraf etish, professional kadrlarni tayyorlash va boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, mavjud loyihalarni boshqarishda qator muammolar mavjud: Loyihalarning kechikishi – ko‘plab investitsiya loyihalari rejalashtirilgan muddatda yakunlanmayapti, bu esa resurslardan samarali foydalanilmasligiga olib kelmoqda. Byurokratik to‘siqlar – ruxsatnomalar olishdagi murakkab jarayonlar va hujjatlarning ko‘pligi investorlar uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Kadrlar salohiyati – xalqaro standartlarga mos loyiha boshqaruvchilari va moliyaviy mutaxassislarning yetishmasligi. Mahalliy hamkorlar bilan koordinatsiya – xalqaro investorlar bilan mahalliy hokimiyatlar va hamkorlar o‘rtasida ba’zida muvofiqlik yetarli emas. Adabiyotlar tahlili. O‘zbekistonda xalqaro investitsiyalarni jalb etish va ularni samarali boshqarish masalasi so‘nggi yillarda ko‘plab tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Bu borada bir qator ilmiy maqolalar, rasmiy tahliliy hisobotlar hamda strategik hujjatlar chop etilgan. Masalan, R. X. Ortiqxo‘jayev o‘zining ilmiy maqolasida (2021) O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqur tahlil qilgan va loyiha boshqaruvida xalqaro tajribalarni joriy etish zarurligini ta’kidlagan [1]. Muallifning fikricha, samarali loyiha boshqaruvi mexanizmlarini ishlab chiqish orqali investitsion faoliyatning barqarorligini ta’minlash mumkin. Shuningdek, Jahon banki va Os

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the system of managing international investment projects in Uzbekistan, existing problems, and proposals for their resolution.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the system of managing international investment projects in Uzbekistan, existing problems, and proposals for their resolution. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
international investments, project management, Uzbekistan, kadrlar salohiyati., monitoring, loyiha boshqaruvi, raqamlashtirish, sarmoya, O‘zbekiston, iqtisodiy islohotlar, : xalqaro investitsiyalar, byurokratik to‘siqlar, moliyaviy institutlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники