К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK XALQINING BOLA TUG‘ISH, TARBIYALASH VA KO‘P BOLALI OILAGA ETNIK MUNOSABATI

SCIENCE SHINE · OILAGA ETNIK MUNOSABATI · Yakubov O‘tkir Shermamatovich · Якубов Уткир Шермаматович (Termiz davlat pedagogika instituti) · Yakubov Utkir Shermamatovich (Термезский государственный педагогический институт) · SCIENCE SHINE (Termez State Pedagogical Institute)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

The article examines the ethnic attitude of the Uzbek people to childbirth, child rearing and having many children, the problem of family and children in national values, the historically established way of life of the Uzbek people in a collective, the importance of having many children from the point of view of labor resources, intergenerational cohesion and financial stability. Key words: family, birth, child, upbringing, large family, ethnography, having many children, communal living, communal work, customs Kirish. O‘zbek xalqi milliy qadriyatlarida oila va bola masalasi alohida o‘rin tutadi. Bolaning tug‘ilishi, uning tarbiyasi va oilaning kengayishi xalqning ma’naviy dunyoqarashi, diniy e’tiqodi va tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, ko‘p bolali oila modeli – nafaqat qadimgi urf-odatlar, balki ijtimoiy barqarorlik va kelajak avlodni asrashga qaratilgan qadriyat sifatida qaraladi. Mazkur maqolada o‘zbek xalqining bola tug‘ish va tarbiyalashga bo‘lgan etnik munosabati, shuningdek, ko‘p bolali oilaning madaniy va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Har bir xalqning ijtimoiy madaniyatida jamoaviylikning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. O‘zbek xalqi tarixan jamoa asosida yashash, o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikka asoslangan turmush tarzini shakllantirgan. Bu holat nafaqat kundalik hayotda, balki milliy o‘zlik, an’ana va urf-odatlarda ham o‘z aksini topgan. Ushbu maqolada o‘zbek xalqining jamoaviy yashashga bo‘lgan etnik qarashlari turli jihatlardan tahlil etiladi. Har bir xalqning ijtimoiy madaniyatida jamoaviylikning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Tadqiqot metodlari. Ushbu maqolani tayyorlashda bibliografik, tarixiy va qiyosiy tahlil hamda omillarni aniqlash usullaridan foydalanildi. Muhokama va natijalar. O‘zbek xalq an’anaviy dunyoqarashida bola – hayotning barakasi, rizq-nasibaning manbai sifatida qaraladi. “Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor” kabi maqollar orqali bolaning qadri ulug‘lanadi[1]. Bu qarash xalqning ko‘p bolali oilaga ijobiy munosabatida ham namoyon bo‘ladi. O‘zbek jamiyatida bola tarbiyasi faqat ota-ona zimmasida bo‘lmay, balki bu jarayonga butun oila, hatto mahalla jamoasi ham jalb etiladi. Kattalarning nasihati, ustozlarning yo‘l- yo‘rig‘i, qo‘shnining maslahati orqali bola jamoaviy muhitda tarbiyalanadi. Bu – milliy tarbiya tizimining muhim xususiyatlaridan biridir. Tarixiy manbalar va etnografik kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p bolali oila o‘zbek xalqi hayotida jamiyatning asosiy tayanchi sifatida e’tirof etiladi[2]. Ko‘p bolali oilalar mehnat resurslari, avlodlar o‘rtasidagi uzviylik va moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan 37 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 ham ahamiyatli sanaladi. Xalq orasida “bir farzand – yolg‘iz, ikki farzand – tor, uchta va undan ko‘p – kenglik” kabi ifoda shakllangan. Islom ta’limotida bola – Allohning ne’matidir. Balog‘atga yetkazish, unga halol rizq topish, yaxshi tarbiya berish ota-onaning eng ulug‘ burchi sifatida belgilangan. «Farzandlarga yaxshilik qilinglar, chunki ularsiz sizning kelajagingiz yo‘q», - degan mazmundagi hadislar xalqning diniy dunyoqarashlarida bolaning o‘rnini mustahkamlagan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida bolalar hayotning quvonchi, kelajakning kafolati sifatida tasvirlanadi. Allalar, ertak va matallarda bola obrazi doimo mehribonlik, umid va baraka bilan bog‘lanadi. Bu – xalqning bolaga bo‘lgan mehrining madaniy ifodasi hisoblanadi. O‘zbek xalqining madaniy an’analarida jamoaviylik asosiy o‘rin tutadi. Xususan, to‘y, xatna, motam marosimlari kabi ijtimoiy tadbirlar jamoa ishtirokida, umumiy manfaat va mas’uliyat asosida o‘tkaziladi. Mahalla instituti – bu jamoaviylikning an’anaviy tizimi bo‘lib, u fuqarolar o‘rtasidagi hamjihatlikni ta’minlaydi. O‘zbek xalqining jamoaviy yashashga bo‘lgan etnik qarashlari ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, milliy an’analar, urf-odatlar, mehnat munosabatlari, diniy qarashlar va og‘zaki ijod orqali uzluksiz ravishda avloddan avlodga o‘tib kelmoqda[3]. Bu qarashlar xalqning jamiyatdagi o‘rnini, birdamligini va barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Jamoaviy yashash madaniyati – o‘zbek xalqining etnik o‘zligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir. O‘zbeklarda katta oila, ya’ni bir necha avlodning bir hovlida yashashi keng tarqalgan. Bu jamoaviy yashashning eng birinchi ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat, keksalarga hurmat va yoshlarga tarbiya berish – milliy qadriyatlar bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi[4]. Qishloq joylarda hanuzgacha saqlanib qolgan hashar an’anasi o‘zbek xalqining jamoaviy mehnatga bo‘lgan yondashuvini ko‘rsatadi. Bu orqali aholi o‘rtasida o‘zaro yordam, ishonch va birdamlik kuchayadi. Hashar – na faqat iqtisodiy foyda, balki ijtimoiy birlikni ta’minlovchi omil hisoblanadi. Islom dinidagi «ummat» konsepsiyasi jamoa birdamligini targ‘ib etadi. Ramazon oyidagi iftorlar, zakot va sadaqa kabi diniy amallar jamoaviylik va o‘zaro yordam as

Доказательный фрагмент

«The article examines the ethnic attitude of the Uzbek people to childbirth, child rearing and having many children, the problem of family and children in national values, the historically established way of life of th…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the ethnic attitude of the Uzbek people to childbirth, child rearing and having many children, the problem of family and children in national values, the historically established way of life of th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, birth, child, upbringing, large family, ethnography, having, tarbiya, ko‘p bolalilik, oila, jamoaviy yashash, jamoaviy mehnat, etnografiya, urf-odat, katta oila, tug‘ilish, bola
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники