К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABA O‘ZINI RIVOJLANTIRISHIDA TA’LIM JARAYONINING TA’SIRI

Abdurahmonova Movluda Ismoilovna

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishida ta’limning tutgan o‘rni, kelajakda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar hamda zamonga mos fikrlashni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, kreativ fikrlash va kreativ tafakkurning talabalarda rivojlantirish, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etish, zamonaviy bilim berishga qaratilgan bir qancha yondashuvlar haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Kasbiy tayyorgarlik, ko‘nikma, malaka, kreativ tafakkur, kreativ fikr, o‘qituvchi, talaba, pedagogik mahorat. Annotation: This article discusses the role of education in the self-development of students, measures aimed at forming skills and thinking that will be needed in the future, the development of creative thinking and creative thinking in students, solving new problems through new technologies, and a number of approaches aimed at providing modern knowledge. Keywords: Professional training, skills, qualifications, creative thinking, creative thought, teacher, student, pedagogical skills. Ma’lumki, taraqqiyotning barcha bosqichlarida jamiyat qobiliyatli, yuksak ma’naviyatli, intelektual salohiyati yuqori bo‘lgan insonlarga, ishchi va xodimlarga ehtiyoj sezishgan. Bunday shaxslarni tarbiyalashning yagona yo‘li ta’lim-tarbiyani rivojlantirishdan iborat ekanligiga, shubhasiz qarashgan. Ta’lim jarayonida talabalar ilmiy bilimlar bilan qurollanadilar, egallangan bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikma va malakasiga ega bo‘ladilar. Natijada talabalarda ilmiy dunyoqarash shakllanadi, mustaqil o‘qish va bilim orttirishda faollik ta’minlanadi. Darhaqiqat, Respublikamizning birinchi Prezidenti ta’kidlaganlaridek: “Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o‘nglash, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo‘lishni”- istayotgan bir davrda yashayapmiz.13 Bu istak esa yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g’oyaviy- 13 M.M.Axmedjanov, B.Q.Xo‘jaev, Z.D.Hasanova Pedagogik mahorat Toshkent-2010 ~ 141 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63) siyosiy e’tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo‘lish lozimligini talab etmoqda. Aynan talabalik – bu insonning barcha ichki sohalariga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zini o‘zi rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan davrdir. Talabada shaxsiy tanlov asosida mustaqillik, ma’suliyatlilik va ichki faoliyatni rivojlantirish g’oyalari mavjud bo‘lishi lozim. Bu boradagi qarashlar S.T.Shatskiy, A.S.Makarenkolarning faoliyatida o‘z aksini topgan. Pedagogika fanida esa shaxsni shaxs sifatida shakllantirishning nazariy asoslari Y.Komenskiy, A.Disterveg, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy kabi bir qancha olimlar har bir bolaga xos bo‘lgan ichki imkoniyatlarning asosiy manbaasi va pedagogik faoliyatning muhim maqsadi bolani o‘z qobiliyatlarini ochilishiga yordam berishidir deb o‘qtirganlar.14 Shunday ekan, universitet yoki institut talabalarining o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayonining xususiyatlarini tahlil qilish natijasida avvalo, uning kelajakdagi kasbiy faoliyatida o‘zini o‘zi namoyon qilish istagi sifatida kasbiy yo‘nalishini nazarda tutamiz. O‘zini o‘zi rivojlantirish qobiliyati hayotiy muammolarni hal qilish uchun bilim, ko‘nikma, malakalarni mustaqil egallashga qaratilgan shaxsning individual psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi.Albatta, bu borada pedagoglarimizning ko‘magi talabalarga qo‘l keladi.Bu ko‘maklar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - o‘z oldiga haqiqatga yaqin maqsadlar qo‘yishga; - maqsadlarni o‘z imkoniyatlari bilan o‘zaro nisbatini aniqlashga; - o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishga; - aniq hatti-harakatni belgilashga; - sodir bo‘lgan vaziyatni to‘g’ri baholashga; - shaxsiy dasturining bajarilishini, o‘z hatti-harakatlari orqali maqsadiga yaqinlashayotganliginidoimo tahlil qilib borishga. Talabalarning o‘zini hurmat qilishi qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘sish ko‘rsatkichi ham shuncha yuqori bo‘ladi, o‘sishdagi muvaffaqiyatlar esa o‘quv jarayonlarini tezlashtiradi, aksincha muvaffaqiyatsizliklar esa o‘qishni tashlab ketish istagini paydo qilishi mumkin. Ruhiy tetiklik va qiziqish sezgilari o‘sishni yanada osonlashtiradi. Pedagoglar tomonidan keltirilgan motivlar talabalar uchun o‘ta muhimdir. Talabalar ham bunday o‘qituvchilarni ijobiy qabul qilishadi va ular to‘g’risida iliq fikrda bo‘ladilar. Masalan: “O‘qituvchining o‘z fanini yaxshi bilishi va qiziqishi meni hayron qoldirdi”, “Mashg’ulotlarning qiziqarli o‘tishi meni yanada fikrlashga undaydi”, “Ayniqsa, jamoa bo‘lib ishlash, faoliyatimni kuchaytirishga yordam beradi” kabi baholari o‘qituvchiga ham yoqadi, kuch beradi. Shuni ta’kidalab o‘tish joizki, talabalarni o‘z o‘zini shakllantirishda o‘qituvchining roli beqiyosdir. Bunda o‘qituvchi bir qancha talablarni bajarishni taqozo etadi. Masalan: talabalarning ba’zilari muvaffaqiyatli, ba’zilari esa 14 M.M.Axmedjanov, M.Tojiyev, G.D.Tosheva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik m

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishida ta’limning tutgan o‘rni, kelajakda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar hamda zamonga mos fikrlashni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, kreativ fikrlash va…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishida ta’limning tutgan o‘rni, kelajakda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar hamda zamonga mos fikrlashni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, kreativ fikrlash va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Professional training, skills, qualifications, creative thinking, o‘qituvchi, talaba, ko‘nikma, kreativ fikr, Kasbiy tayyorgarlik, malaka, pedagogik mahorat., kreativ tafakkur
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники