К содержанию
РецензированоUZ2026

OLIY TA’LIMDA BAHOLASH: XORIJIY TAJRIBA VA O‘ZBEK MODELI

Qudratova Muxlisa To‘lqin qizi · THE UZBEK MODEL

Talqin va tadqiqotlar · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida baholashning nazariy va amaliy jihatlari, xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslangan baholash yondashuvlari hamda ularning O‘zbekistondagi ta’lim tizimi bilan qiyosiy tahlili yoritilgan. O‘zbek modeli doirasida baholashda an’anaviy va zamonaviy usullarning uyg‘unligi, mezonli yondashuv va milliy ta’lim strategiyasi bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari baholash tizimini takomilllashtirishda xorijiy ilg‘or tajribalardan oqilona foydalanish zarurligini asoslaydi. Kalit so‘zlar: xorijiy tajriba, o‘zbek modeli, formativ baholash, summativ baholash, ta’lim sifati, baholash mezonlari. ASSESSMENT IN HIGHER EDUCATION: FOREIGN EXPERIENCE AND THE UZBEK MODEL Annotation: This article examines the theoretical and practical aspects of assessment in the higher education system, assessment approaches based on foreign countries' experiences, and their comparative analysis with the education system of Uzbekistan. The harmony of traditional and modern assessment methods within the framework of the Uzbek model, the criteria-based approach, and its integral connection with the national education strategy are elucidated. The research results substantiate the necessity of rationally utilizing advanced foreign experiences in improving the assessment system. Keywords: foreign experience, uzbek model, formative assessment, summative assessment, quality of education, assessment criteria. Oliy ta’lim tizimida baholash talabalarning bilim, ko‘nikma, kompetensiyalarini aniqlash, o‘qitish jarayonini tartibga solish, ta’lim sifatini monitoring qilish hamda o‘qituvchi va talaba o‘rtasida samarali aloqa o‘rnatish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon tajribasiga asoslanadigan bo‘lsak, baholash jarayoni nafaqat bilim darajasini aniqlash, balkii ta’lim oluvchining intellectual va kasbiy rivojlanishini rag‘batlantirishning muhim pedagogik vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. ~ 53 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63) Rivojlangan mamlakatlarda baholash jarayoni izchil rejalashtirilgan, tizimlashtirilgan va innovatsion yondashuvlar bilan boyitilgan. AQSH ta’lim tizimida baholash formativ va summativ ko‘rinishlarda olib boriladi. Formativ baholash dars jarayonida talabani kuzatish, unga vaqtida mulohaza berish va uning rivojlanishiga yo‘naltirilgan yondashuv bo‘lib, bu o‘quv faoliyatini shaxsiylashtirishga xizmat qiladi. Buyuk Britaniyada o‘rganish uchun baholash (assessment for learning) tamoyili asosida baholash talabaning o‘zini baholashi, guruhda muhokama qilishi, baholash mezonlarini bilishi orqali ta’lim jarayonida faol ishtirokini ta’minlaydi. Bu usulda talaba faqat natija emas, balki jarayonni ham anglaydi. Finlandiya ta’lim tizimida esa baholash kuchli insonparvarlik, ijtimoiy tenglik va psixologik yengillik tamoyillariga asoslanadi. Baholashda stressdan xoli, motivatsion va ko‘makchi muhit yaratiladi. Shuningdek, Avstraliya, Kanada, Germaniya kabi mamlakatlarda baholashda kompetensiyaviy yondashuv asosiy o‘rinda bo‘lib, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va jamoaviy ish ko‘nikmalari baholash mezonlariga kiritiladi. “Yevropa mamlakatlarida baholash tizimi turlicha. Avstriyada 1 dan 5gacha bo‘lgan baholar qo‘llniladi, bunda 1 a’lo va 5 qoniqarsiz hisoblanadi. Ba’zi Yevropa mamlakatlarida baholar 0 dan 100 gacha bo‘lgan foizlarda, boshqalarida esa A dan F gacha yoki 1 dan 10 gacha belgilanadi. AQSHdagi kollej va universitetlarda baholash tizimi A dan F gacha bo‘lgan 4.0 shkalasiga asoslangan, bunda “A” eng yuqori baho, “F” esa eng past baho sanaladi”.5 Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tilgan. Bu tizimda baholashning asosiy shakllari sifatida joriy oraliq va yakuniy nazoratlar belgilangan bo‘lib, talabaning fan bo‘yicha umumiy reytingi ushbu bosqichlardagi faoliyatiga ko‘ra aniqlanadi. Baholash mezonlari, odatda, 1 dan 5 gacha bo‘lgan an’anaviy ballik tizim asosida belgilanadi. Mazkur tizimning tatbiqi ijobiy natijalarni yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, amaliyotda ayrim muammoli holatlar ham mavjud. Kredit-modul tizimi talabaning mustaqil o‘quv faoliyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Har bir modul bo‘yicha o‘rnatilgan reyting mezonlari talabalarda mas’uliyat hissini kuchaytiradi, o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, baholashning modulli shakli o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ochiq va shaffof munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Baholashning har bir komponenti bo‘yicha ballar oldindan aniqlanadi, bu esa subyektivlikni kamaytirishga yordam beradi. Biroq tizimning amaliyotdagi ayrim jihatlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, joriy va oraliq nazoratlar orqali to‘plangan ballar yakuniy bahoga kuchli ta’sir ko‘rsatmayotgani kuzatiladi. Aksariyat hollarda, talabaning umumiy bahosi 5 Higher education in Europe - European Education Area ~ 54 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida baholashning nazariy va amaliy jihatlari, xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslangan baholash yondashuvlari hamda ularning O‘zbekistondagi ta’lim tizimi bilan qiyosiy tahlili yorit…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida baholashning nazariy va amaliy jihatlari, xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslangan baholash yondashuvlari hamda ularning O‘zbekistondagi ta’lim tizimi bilan qiyosiy tahlili yorit… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foreign experience, uzbek model, formative assessment, summative, o‘zbek modeli, baholash mezonlari., xorijiy tajriba, formativ baholash, ta’lim sifati, summativ baholash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники