К содержанию
РецензированоRU2026

DEVID RIKARDO: KLASSIK IQTISODIYOTDAGI O‘RNI VA NAZARIY MEROSI

Tursunov Alisher Muxamadnazirovich

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada klassik siyosiy iqtisod maktabining yetuk vakili Devid Rikardoning iqtisodiy qarashlari, u ilgari surgan nazariyalar va metodologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Muallif олимнинг iqtisodiy nazariyaga qo‘shgan hissasini, xususan, qiymat, ish haqi, foyda, renta, xalqaro savdo, kapital jamg‘arilishi, pul tizimi va davlat siyosati kabi muhim yo‘nalishlarda olib borgan tadqiqotlarini yoritadi Kalit so‘zlar: Devid Rikardo, klassik iqtisodiyot, qiyosiy ustunlik nazariyasi, iqtisodiy nazariya, mehnat qiymat nazariyasi, er renta nazariyasi, tashqi savdo, kapital, bozor mexanizmi. Devid Rikardo (1772–1823) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktabning yetuk vakillaridan biri. U dastlab 1793–1812 yillar oralig‘ida tijorat faoliyati bilan shug‘ullanib, moliya sohasidagi yuqori salohiyati tufayli o‘z davrining London moliya doiralarida eng muvaffaqiyatli va badavlat shaxslaridan biriga aylangan. Rikardo keyinchalik ilmiy izlanishlarga kirishib, iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan. U 1819–1823 yillar davomida Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi sifatida ham faoliyat yuritgan. Devid Rikardo oʻzining iqtisodiy tadqiqotlarida aniq va toʻliq metodologiyasi shziga xosligi bilan ajralib turadi. Olimning tadqiqot mavzusi — jamiyatdagi boyliklarni taqsimlash qonuniyatlari va ushbu taqsimotning ishlab chiqarish oʻsishiga ta'sirini aniqlashdan iborat boʻlgan. U, asosan, qiymat, ish haqi, foyda, renta, kapital, xalqaro savdo, soliq siyosati va pul tizimiga oid masalalarni tadqiq qilgan. Uning tadqiqot obektlari iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish jarayonlari va iqtisodiy subektlar (ishchilar, kapital va er egalari) oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni oʻz ichiga oladi. Rikardoning tadqiqot metodologiyasi obektivlik, mantiqiy asoslanish va iqtisodiy tamoyillarga tayanishi bilan ajralib turadi. U oʻz fikrlarini ilmiy nuqtai nazardan shakllantirgan va iqtisodiy jarayonlarni tabiiy qonunlarga asoslanib tahlil qilgan. Olim siyosiy manfaatlardan mustaqil ravishda real iqtisodiy hayotga mos keladigan nazariyalarni ishlab chiqqan. Olim har qanday iqtisodiy masalaga alohida va umumiy nazariy nuqtai nazardan qarash imkonini beruvchi usulni qoʻllagan. Bu esa unga iqtisodiy tizimlarning ~ 35 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63) umumiy tamoyillari aniqlash, shuningdek, turli iqtisodiy subektlar oʻrtasidagi muammolarni chuqur tahlil qilish imkonini bergan. Shuni alogʻida ta'kidlash joizki, D. Rikardoning metodologiyasining asosini davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va xoʻjalik yurituvchi subektlarning erkin faoliyatiga asoslangan iqtisodiy liberalizm gʻoyasi tashkil etgan. Bu yondashuv klassik siyosiy iqtisod maktabiga xos hisoblanadi. Rikardo iqtisodiyotning obektiv iqtisodiy qonunlar amal qiladigan murakkab tizim ekanligini oʻrgangan va bu qonunlarning ishlashini ta'minlovchi mexanizmlar mavjudligini ta'kidlagan. U siyosiy iqtisodni qiymat qonuniga boʻysunuvchi yaxlit tizim sifatida asoslab bergan. Rikardoning intellektual jozibasi oʻsha paytda va hozirda uning jasur abstraksiyalarga boʻlgan taassurotli qobiliyatiga bogʻliq: u keng miqyosdagi muhim muammolarni faqat bir necha strategik oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga olgan oddiy analitik model orqali birlashtirgan va elementar manipulyasiyalardan soʻng, amaldagi ahamiyatga ega boʻlgan taassurotli xulosalarga kelgan. Muxtasar qilib aytganda, u Keyns keyinchalik muvaffaqiyat qozongan san'atni birinchi boʻlib oʻzlashtirgan. Bu uning fikrlash uslubi Adam Smitning uslubidan ancha farq qilar edi va u iqtisodiy diskurs uchun toʻliq yangi standartni oʻrnatdi.[1] Olim “Siyosiy iqtisod va soliqka tortishning boshlanishi” (1817) asarida iqtisodiy jarayonlarning tabiiy qonunlarga asoslanganligini koʻrsatadi. Asar soʻzboshisida u siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi sifatida yaratilgan mahsulotning jamiyatda qanday taqsimlanishini belgilaydigan qonuniyatlarni aniqlashni koʻrsatadi. Bu esa obektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan olishdir. "Iqtisodiy qonun" tushunchasini ilmiy muomalaga aynan D. Rikardo kiritgan. Shunga qoʻshimcha, olim iqtisodiy jarayonlarga miqdoriy yondashuvni qoʻllagan va tahlilda abstraksiya usulidan foydalangan. U individual holatlarni istisno qilgan holda umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qilgan. D. Rikardo Smitning “Millatlar boyligi” asaridagi moddiy ishlab chiqarish mahsuli — mehnat ijtimoiy boylikning asosiy manbai degan fikriga qoʻshildi. Biroq qiymatning mehnat nazariyasini ishlab chiqishda D. Rikardo Smitga nisbatan izchilroq yondashdi va qiymat faqat mehnat bilan belgilanadi, deb ta'kidladi. Olimning qiymat haqidagi nazariyasi qat'iy ravishda yagona manba — mehnatga asoslanadi. Istisno faqat takror ishlab chiqarib boʻlmaydigan tovarlar — san'at asarlari, oʻziga xos ta'mga ega vinolar va boshqa noyob ne'matlar uchungina qoʻllaniladi. Bunday tovarlarning qiymati ularning noyobligi bilan belgilanadi. Olim jamiyatni uch tabaqaga — er egalari, kapital egalari (tadbirkorlar)

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada klassik siyosiy iqtisod maktabining yetuk vakili Devid Rikardoning iqtisodiy qarashlari, u ilgari surgan nazariyalar va metodologik yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada klassik siyosiy iqtisod maktabining yetuk vakili Devid Rikardoning iqtisodiy qarashlari, u ilgari surgan nazariyalar va metodologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kapital, qiyosiy ustunlik nazariyasi, klassik iqtisodiyot, bozor mexanizmi., mehnat qiymat nazariyasi, er renta nazariyasi, tashqi savdo, Devid Rikardo, iqtisodiy nazariya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники