К содержанию
РецензированоUZ2026

“ELEKTRON HUKUMAT”NI KUCHAYTIRISHNING BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

“ELEKTRON HUKUMAT”NI KUCHAYTIRISHNING · Muallif: Toshtemirov Muhammaddiyor Halimjon o‘g‘li · Ilmiy rahbar: Doniyor Xolmirzayev

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada davlat xizmati va uning rivojlanishi, davlat boshqaruvidagi ahamiyati, davlat xizmatchisining roli, elektron davlat xizmatining yangi yondashuvi va uning avzalliklari haqida yoritilgan. Kirish. “Elektron hukumat to‘g‘risidagi” qonunga muvofiq “Elektron hukumat” – bu davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatni, shuningdek idoralararo elekctron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir. Elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi, axborot xavfsizligining ta’minlanishi hamda «bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi elektron hukumatning asosiy prinsiplari hisoblanadi. Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunga muvofiq mamalakatning butun hududida ariza beruvchilar va davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirishirilishi, davlat organlarining ma’lumotlar bazalari yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilishi elektron hukumatning asosiy vazifalari sifatida belgilangan. Ta’kidlash lozim, bugungi kunda davlat xizmatlari agentligiga fuqarolar tomonidan qilinadigan murojaatlar ko‘lami kundan-kunga ortib borayotgan bo’lsada, fuqarolarning elektron hukumat bo’yicha to’liq bilim va ko’nikmalarga ega emasligi, ularning mamlakatimizda elektron hukumat bo’yicha yaratilgan imkoniyatlardan to’laqonli foydalanishiga to’sqinlik qilmoqda. Natijada, davlat xizmatlari markazlarida uzundan-uzun navbatlar ko’payib ketmoqda. Buning eng asosiy sabablaridan biri sifatida, elektron hukumat va elektron saytlar mavjudligi haqida davlat organlari xodimlari tomonidan targ‘ibot tashviqot ishlarining sayozligi, yetarli darajada yo’lga qo’yilmaganligini keltirishimiz mumkin. Fuqarolar qonuniy qilib belgilab qo‘yilgan imkoniyalardan samarali foydalanishi uchun elektron hukumat haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Masalan, birgina (2013-yil 13-iyulda ishga tushirilgan) Yagona interaktiv davlat xizmatlar portal (my.gov.uz) dan mobil telefon orqali shahar yoki tuman markazidagi Davlat xizmatlari agentligiga murojaat etmasdan ham 606 turdan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy (license.gov.uz) sayti mavjud bo‘lib, ushbu platforma orqali turli faoliyat yoki tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziyalar olish mumkin. Shuningdek, 2015-yil 17-martdan O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar https://scientific-jl.org/index.php/wsrj 2 8 Volume-36_Issue-1_February-2025 World scientific research journal portali(data.gov.uz)sayti ishga tushirilgan bo’lib, ushbu portalning ishga tushirilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ma‘lumotlar ochiqligini taminlashdan iborat. Asosiy qism. Elektron hukumatning rivojlanishi va uning taraqqiy etishi, ushbu sohada vakolatli bo‘lgan organga ko‘p jihatdan taalluqli hisoblanadi. Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo‘lishi mumkin. Fuqarolar qonuniy qilib belgilab qo‘yilgan imkoniyalardan samarali foydalanishi uchun elektron hukumat haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi lozimdir. Elektron hukumat va davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha jahon tajribasiga ham e’tibor qaratishimiz maqsadga muvofiqdir. “Davlat xizmatlari ko’rsatish bo‘yicha eng ilg‘or tajribaga ega Gruziyada amalga oshirilgan ishlar bunga yorqin misol bo’la oladi. Xususan, 2004-yildan boshlab bu mamlakatda davlat boshqaruvi tuzilmasida tub islohotlar davri boshlangan. Gruziyada Adliya uyining mamlakat bo’ylab 117 ta filiali mavjud bo’lib, ularga kuniga 20mingdan ortiq mijoz tashrif buyuradi. Bu juda katta ko‘rsatkich. Adliya uyining o’ziga xos jihati shundaki, fuqarolar davlat xizmatlari va qo’shimcha xizmatlardan bir joyda turib foydalanish mumkin. Shuningdek, Adliya uyida o‘z-o‘ziga xizmat ko’rsatish burchaklari, o‘z-o‘zini sur’atga olish kabinkalari, har bir xona va eshik oldida ko’zi ojizlar uchun zal haqidagi ma’lumotlar maxsus taxtasi o‘rnatilgan bo‘lib, mahalliy aholi vakillari va chet elliklar uchun alohida- alohida yo‘laklar tashkil etilgan. Shuningdek, Gruziyada Davlat davlat xizmatlari hududlariga nafaqat filiallari orqali, balki sayyor tarzda chiqish orqali ham hizmat ko’rsatiladi. Sayyor xizmatga maxsus jihozlangan mikroavtobuslarda boriladi va ariza yuborish bilan birga, javobini ham shu joyning o’zida taqdim etish imkoni yaratilgan. Shuningdek, Janubiy Koreya onlayn xizmatlarni ko‘rsatishda dunyoda yetakchi o'rinlarga egadir. Hukumatning elektron hukumat strategiyalari har besh yilda joriy etiladi va ushbu sohani rivojlantirish rejalari bilan mustahkamlanadi. Ushbu davlatning elektron hukumati bo'yicha 2020-yilgi bosh rejasi asosan davlat siyosatining asoslangani, ilmiy asosga qurilgani, fuqarolar uchu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada davlat xizmati va uning rivojlanishi, davlat boshqaruvidagi ahamiyati, davlat xizmatchisining roli, elektron davlat xizmatining yangi yondashuvi va uning avzalliklari haqida yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada davlat xizmati va uning rivojlanishi, davlat boshqaruvidagi ahamiyati, davlat xizmatchisining roli, elektron davlat xizmatining yangi yondashuvi va uning avzalliklari haqida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davlat xizmatlari, elektron hukumat, elektron davlat, interaktiv davlat, elektron hukumatning, hukumat risidagi, risidagi qonunga
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники