К содержанию
РецензированоRU2026

JADID MA’RIFATPARVARLAR ASARLARIDA TAʼLIM VA TARBIYANING O‘RNI

JADID MA’RIFATPARVARLAR ASARLARIDA · Ibragimova Zulayxo Karimbayevna · Ибрагимова Зулайхо Каримбаевна

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

В статье дается философский анализ некоторых взглядов современных просветителей на образование и воспитание. Ключевые слова: жадид, просвещенный, образование, воспитание, религия, светские науки. THE PLACE OF EDUCATION AND UPBRINGING IN THE WORKS OF THE NEW ENLIGHTENMENTALISTS Ibragimova Zulaykho Karimbayevna Head of Department, Khorezm Regional Legal Technical School Annotation. This article provides a philosophical analysis of some of the views of the modern enlighteners on education and upbringing. Keywords: jadid, enlightened, education, upbringing, religion, secular sciences. Ma’rifatparvar jadidlar xalqning ma’naviyati va madaniyati darajasini zamonaviy sa’viyaga ko‘tarishni orzu qilganlar, buning uchun esa kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlarni Yevropaning eng nufuzli o‘quv dargohlarida ta’lim olishini istaganlar. Ma’rifatparvar jadidlar yurt kelajagi bunyodkor yoshlar qo‘lidaligiga ishonib, millat taraqqiyotining poydevorlari deb hisoblangan yosh avlodni millatning taraqqiyoti uchun mardonavor kurashishga chaqirganlar. Til, tarix, din, yurt, el, kelajak uchun bir otashnafas shoir nima qilishi zarur bo‘lsa, Hamza shularning hammasini qoyillatib bajargan. Uning she’rlari bir yoki ikki emas, o‘nlab oliy maqsadlarga xizmat etgan. Bizni tashvishlantirayotgan, kundan- kunga harakatni kuchaytirishga undayotgan muammolarning yechimini Hamza alohida-alohida misra va baytlarida ham bayon etib ketgan. Aql nima, zavq nima, ilm https://scientific-jl.org/index.php/wsrj 3 4 Volume-36_Issue-1_February-2025 World scientific research journal nima, ma’rifat nima, mushohada nimayu, mukoshafa nima – bizda bularni farqlaydiganlar nihoyatda oz. Jadid ma’rifatparvarlari tomonidan diniy qadriyatlar va kategoriyalar dunyoviy mazmunda qayta ishlab chiqildi. Masalan, jadidlarning otasi Mahmudxoʻja Behbudiy shunday yozadi: “dinsiz dunyoda yashash insoniyat va madaniyatdan mahrum. Imonsiz madaniy bo‘lish qiyin” [1]. Mahmudxoʻja Behbudiyning so‘zlariga ko‘ra, imon inson psixologiyasi bilan bog‘liq va imonsiz odam yo‘q. Turli konfessiyalar vakillari o‘z e’tiqodlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu o‘z davrining juda ilg‘or va hatto inqilobiy g‘oyalari edi. Jadidlar diniy bag‘rikenglikni, vijdon erkinligini targ‘ib qildilar va ularga rioya qildilar. Ular dinlararo nikohlarga sodiq edilar: “har bir musulmon boshqa e’tiqodli xalqlar bilan turmush qurishga haqli” [1]. Jadid ma’rifatparvarlari tomonidan ilgari surilgan milliy ta’lim tizimini rivojlantirish g‘oyalari orqali jamiyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof etilgan diniy va dunyoviy ilmlarning nisbati haqidagi qarashlar keyingi davr ijtimoiy-falsafiy qarashlarning bosh yo‘nalishi tarzida butun Turkiston hududida keng quloch yozganining guvohimiz. Ta’kidlab o‘tish joizki, jadidchilikning vujudga kelishida islom dinidagi diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi tamoyili, taraqqiyotga bo‘lgan intilish, ilm-fan va diniy amallar muhim o‘ringa ega bo‘lgan. Jadidlarning yangilik yaratishga bo‘lgan ehtiyoji, dunyoviy ilmlarni targ‘ib etishda Payg‘ambarimiz Muhammad salloallohu alayhi vassallamning ushbu hadisi shariflari ma’naviy jihatdan negiz bo‘lgan: “Oxiratini deb dunyosini tark qilgan ham, dunyosini deb oxiratini tark qilgan ham sizlarning yaxshingiz emas”, “Dinda o‘rtacha yo‘l tutinglar, chunki ushbu din amallarini kim og‘irlashtirib yuborsa uni amal yengib qo‘yadi” [2]. Demak, jadidchilik islom dinida ulug‘langan taraqqiyparvarlik, ilm- fanni o‘rganishga bo‘lgan rag‘bat va dunyoviy bilimlarning yangi zamondagi yangicha ko‘rinishi sifatida tashkil topgan. Jadidlar o‘sha davrda mavjud bo‘lgan islomiy bilimlarni har xil mutaassiblik bid’atlardan asrab rivojlantirishga urindilar. Bizning nazarimizda jadidlarning johillik va diniy muttassiblikni tanqid qilganliklari, davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi mulohazalari muhim ahamiyatga egadir. Ularning fikricha, yaratiladigan barcha qonunlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar bu hududda yashovchi hamma millat va elatlarning manfaatlarini aks ettirishi va himoya qilishi zarur. Ularning din va millatga zulm o‘tkazish, tahdid qilish johilllikning namoyon bo‘lishi, ularning daxlsizligini ta’minlash yuksak ma’naviyat nishonasi ekanligi to‘g‘risidagi fikrlari bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Shu boisdan ham “Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab jadidlar, ilm fan fidoyilari o‘zlarining huzur- halovatlari, o‘z manfaatini o‘ylamasdan, millatning manfaati, Turkistonni rivojlantirish maqsadini ko‘zda tutib qilgan ishlari avlodlar xotirasidan aslo o‘chmaydigan xotira bo‘lib qoladi” [3]. https://scientific-jl.org/index.php/wsrj 3 5 Volume-36_Issue-1_February-2025 World scientific research journal Mahmudxo‘ja Behbudiy qarashlaridan ma’lumki, kishilik jamiyati o‘z taraqqiyoti davomida ham diniy, ham dunyoviy ilmlarning barobar rivojlanishi uchun yetarli darajada

Доказательный фрагмент

«В статье дается философский анализ некоторых взглядов современных просветителей на образование и воспитание.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье дается философский анализ некоторых взглядов современных просветителей на образование и воспитание. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jadid, enlightened, education, upbringing, religion, secular sciences, tarbiya, din, ta’lim, ma’rifatparvar, dunyoviy ilmlar., Kalit so‘zlar: jadid
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники